5- bob «Bugun jonlig‘ qurbonqiladirgan kundur!» — deb aytgan kishi haqida
Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar:
«Zamon Olloh taolo osmonlar birlan yerni yaratgan kundagidek (hech bir o‘zgarishsiz yana) bir davra aylandi. Yil o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, ulardan to‘rttasi muqaddasdur. To‘rttadan uchtasi—Zulqa’da, Zulhijja, Muharram ketmaket keladi, turtinchisi ersa Rajab (Muzar) oyi bo‘lib, Jumodassoniy birlan Sha’bon oylari oralig‘idadur. (Aytingizlarchi), hozir qaysi oy?» Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!» — dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, shunda biz bu oyning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh: «Bu oy Zulhijja oyi ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. Janob Rasululloh: «Bu qaysi shahar?»— dedilar. Biz «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu shaharning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Bu al-Balda (Makka) ermas-mi?»—dedilar. Biz «Ha», — dedik. Janob Rasululloh «Bugun qanday kun?»—dedilar. Biz: «Olloh taolo va uning rasuli yaxshiroq bilur!»—dedik. Janob Rasululloh biroz sukut qildilar, biz bu kunning biror boshqa nomini ayqalar kerak, deb o‘yladik. Janob Rasululloh «Nahr kuni ermasmi?»—dedilar. Biz «Ha»,—dedik. (Keyin), Janob Rasululloh (bizga) bunday deb aytdilar: «Qoningiz, mol-dunengiz, obro‘yingiz mana shul shahringizdagi kuningiz va oyingiz hurmati kabi bir-biringizga muqaddasdur! Oxiratda parvardigoringizga ro‘baro‘ bo‘lganingizda sizlardan qilgan amallaringiz xususida so‘ragaydur. Mendan keyin bir-biringizning bo‘g‘zingizga tig‘ uradirgan gumroh bo‘lib ketmangizlar! (Mening bu vasiyatimni) eshitganlar eshitmaganlarga yetkazsin, chunki ba’zi bir birovdan eshitganlar ul qulog‘i birlan eshitganlardan ko‘ra zehnliroq bo‘lur!»
(Roviy) Muhammad Janob Rasulullohning o‘shal kungi vasiyatlari xususida eslaganda: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (dillaridagi bor gapni) ro‘y-rost aytib, so‘ng «Tushuntira oldimmi? Tushuntira oldimmi?» — dedilar»,— der erdilar.