Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483614 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 106 107 108 109 110 111 112 113 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:57:08

1- bob Uzumdan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlik haqida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilingan vaqtda Madinada uzumdan qilinadirgan hech qanday (mast qilguvchi) ichimlik yo‘q erdi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Mast qilguvchi ichimlik uning harom erkanligi haqidagi oyat nozil qilingan vaqtda bizga harom qilindi va biz o‘sha vaqtda uzumdan qilinadirgan mast qilguvchi ichimliklarni Madinada juda kam uchratar erdik, mast qilguvchi ichimliklarimiz, asosan, xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar minbarga chiqib «Ammo ba’d, mast qilguvchi ichimliklarning harom erkanligi haqida oyat nozil bo‘ldi, ular besh narsadan — uzum, xurmo, asal, bugdoy va arpadan tayyorlanadi. Mast qilguvchi ichimlik — aqlni ozdiruvchi narsadur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:57:34

2- bob Mast qilguvchi ichimlikning harom erkanligi haqidagi oyatning nozil bo‘lishi va mast qilguvchi ichimlikning xom va pishgan xurmodan tayyorlanganligi haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Ubayda, Abu Talha va Ubay ibn Ka’bga xom va pishgan xurmodan tayyorlangan (mast qilguvchi) ichimlikdan quyib berib o‘ltirgan erdim. Nogahon, bir chopar kelib (mast qilguvchi) ichimlikning harom qilinganligini ma’lum qildi. Shunda Abu Talha: «Turgil, ey Anas, uni to‘kib tashla!» — dedilar, men uni to‘kib tashladim»

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men mahallada amakilarimga xom xurmodan tayyorlangan ichimlik quyib berib turgan erdim, (ularning orasida eng kichigi men erdim). Shunda odamlar mast qilguvchi ichimlikning harom qilinganligini aytishib: «Uni to‘kib tashlangizlar!» — deyishdi, biz uni to‘kib tashladik.

Mu’tamirning otalari bunday deydilar: «Men Anasga: «Ular qanday ichimlik ichishayotgan erdi'»—deb aytdim. Anas: «Pishgan va xom xurmodan tayerlangan ichimlik»,— dedi».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Mast qilguvchi) ichimlik harom qilindi, o‘shanda u xom va pishgan xurmodan tayyorlanar erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:57:51

3- bob Asaldan tayyorlanadirgan (mast qilguvchi) ichimlik haqida

Muoz raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Molik ibn Anasdan «fuqqo’» (arpa yoki mevalardan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rab erdim, ul kishi: «Mast qilmasa, zarari yo‘q»,— dedilar».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Odamlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan «bit» (asaldan tayyorlanadirgan ichimlik) haqida so‘rashdi, bu ichimlikni yamanliklar ichishar erdi. Janob Rasululloh.: «Mast qilguvchi har qanday ichimlik haromdur!»—dedilar».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Dubbo’ va muzaffatda sharob tayyorlamangizlar!» — dedilar». Abu Hurayra (avvalgi jildlardagi) o‘z rivoyatlarida bunga xintam va naqirni ham qo‘shib aytganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:58:08

4-   bob. Xamrning (musallasning) aqlni ozdiruvchi ichimliklardan erkanligi haqidagi hadislar

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Hazrat Umar Janob Rasulullohning minbarlariga chiqib bunday deb xutba qildilar: «Xamrning harom qilinganligi xususida oyat nozil bo‘ldi. Xamr besh narsadan — uzum, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanib, u aqlni ozdirguvchi ichimlikdur. Men sizlarga yana uch narsani aytmoqni istayman: «Janob Rasululloh aka-uka va ularning farzandlari o‘rtasidagi oqibaqizlik hamda sudxo‘rlik borasida nozil bo‘lgan oyatlar hukmlarini bizlarga tushuntirib berib, so‘ng dunyodan ko‘z yumdilar».

Sha’biy rivoyat qiladilar: «Ey Abu Umar! Gurunchdan ham biror ichimlik tayyorlanar erdimi?» — dedim. Ul kishi: «Bunday ichimlik Janob Rasulullohning (yoki Hazrat Umarning) davrlarida sira ham bo‘lmagan»,— dedilar».

Abu Hayyon: «Uzum o‘rniga mayiz(dan foydalanilar) erdi»,— deydilar.

Ibn Umar Hazrat Umardan nakl qilib: «Xamr besh narsadan — mayiz, xurmo, bug‘doy, arpa va asaldan tayyorlanar erdi»,— deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:58:22

5-   bob. Xamrni (mast qilguvchi ichimlikni) halol deb hisoblab, uni boshqa nom birlan atovchilar haqidagi hadis

Abu Omir (yoki Abu Molik) al-Ash’ariy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «Mening ummatim orasidan chinni idish, harir kiyim, xamr (mast qilguvchi ichimlik) va ayshu ishratni halol deb bilguvchi qavmlar chiqadi va (bir kuni o‘shal) qavmlar bir tog‘ etagiga kelib manzil tutishadi. Kechki payt (bir odam) ular uchun bir cho‘pon ayolni boshlab keladi, u bir zarurat birlan ularning oldiga kelgan bo‘ladi. Ular (ayolni olib qolib), unga: «(Sen hozir ketaver), oldimizga ertaga qaytib kelarsan!»—deb aytishadi. Shunda Olloh taolo ularni uyquga ketkazib, (ustlariga) tog‘ni qulatadi va (omon) qolganlarini qiyomatga qadar maymunu to‘ng‘izlarga aylantirib qo‘yadi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:58:41

6- bob Xum hamda tosh, mis va yog‘och idishlarga mevalarni solib ezib suvini chiqarib qo‘ymoq haqida

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy kelib Janob Rasulullohni o‘z nikoh to‘yiga taklif qildi. To‘yda kelin bo‘lmish (uning xotini) shaxsan o‘zi mehmonlarga xizmat qildi. Bir kishi: «Bilasizlarmi, kelin Janob Rasulullohga nima quyib berdi? U tunda bir qancha xurmolarni tavrga (tosh, mis yoki yogoch idishga) solib ezib suvini chiqarib qo‘ygan erdi, ana o‘shani quyib berdi»,— dedi»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:59:05

7- bob Janob Rasulullohning xum va meshlardan foydalanmoqdan qaytarib, so‘ng (yana) unga ruxsat berganlari haqida

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meshdan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda ansorlar «Bizning undan foyda-lanmaslikka hech ilojimiz yo‘q, u bizga juda zarur!» — deyishdi. Janob Rasululloh «Ichimlik tayyorlashdan bo‘lak maqsadlarda foydalansangizlar, mayli! — dedilar»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi  va  sallam  meshdan  foydalanmoqdan  qaytarganlarida,  ul zotga «Hamma ham meshkobchini uchratavermaydi!»—deyishdi. Shunda ul zot chinni ko‘zadan foydalanmoqqa ruxsat berib, mumlangan idishdan foydalanmoqqa ijozat bermadilar».

Hazrat Ali «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qovoqdan yasalgan va mumlangan idishlardan foydalanmoqdan qaytardilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:59:18

Ibrohim rivoyat qiladilar: « Men Asvadga «Sen mo‘minlar onasi Oisha raziyallohu anhodan qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytarilgani haqida so‘radingmi?» — dedim. U: «Ha, so‘radim. Men mo‘minlar onasiga: «Janob Rasululloh qanday idishlarda sharob tayyorlashdan qaytardilar?»—deb aytdim. Mo‘minlar onasi: «Janob Rasululloh bizni, ya’ni barcha xonadon a’zolarini qovoq va mumlangan idishlarda sharob tayyorlamoqdan qaytardilar»—dedilar»,— dedi. Men unga «Ammo, chinni va ko‘k ko‘zalar xususida aytmading-ku!» — dedim. U «Nimaiki eshitgan bo‘lsam, senga aytib berdim, endi eshitmagan narsam xususida ham aytib beraiinmi?!» — dedi»

Abdulloh ibn Abu Avfo roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ko‘k ko‘zadan foydalanmoqdan qaytardilar. Shunda men «Oq chinni ko‘zada ichsak bo‘lurmi?»—dedim. Ul zot «Yo‘q!» — dedilar (Ko‘za xoh oq va xoh ko‘k bo‘lsin, undagi meva suvi achib, mast qiladirgan bo‘lib qolgan bo‘lsa, ichish mumkin ermas!)»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:59:38

8-bob. Mast qilmaydirgan xurmo suvi haqida

Bu yerda 6-bobdagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 07:59:55

9-bob. Boziq to‘g‘risida va har qanday mast qilguvchi ichimliklardan qaytargan kishi haqida

Hazrat Umar, Abu Ubayda va Maoz tiloni (biroz qaynagach, uchdan biri buglanib ketgan uzum suvini) ichsa bo‘ladi, deb xisoblaganlar. Barro va Abu Juhayfa qaynab yarmi buglanib ketgan uzum suvini ichishgan. Ibn Abbos «Uzum (meva) suvini muzdakligida ichgil!»—deydilar. Hazrat Umar «Men gaplashayotib Ubaydullohdan sharob hidi kelayotganini sezdim. Agar mast bo‘lib qolganida darra urgan bo‘lur erdim!» —deydilar.

Abu al-Juvayriyya rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosdan boziq (qaynatilgan uzum suvi) haqida so‘radim. Ul kishi «Janob Rasululloh boziq haqida o‘z hukmlarini aytib ketganlar, nimaiki mast qilsa, u haromdur!» — dedilar». Shunda Abu al-Juvayriyya «Uzum suvi halol va pokizadur!» — debdilar. Ibn Abbos: Halol bo‘lgandan keyin, «pokiza» deyish ortiqcha, zero harom — o‘z-o‘zidan ma’lumki, nopokdur!»—deb aytibdilar.

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yaxshi ko‘rur erdilar».

Qayd etilgan