Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483644 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 107 108 109 110 111 112 113 114 B


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:00:10

10-bob. Agar mast qiladirgan bo‘lsa, xom xurmolarni pishgan xurmolarga yoki (mevalardan tayyorlangan) ikki xil nonxurushni bir-biriga qo‘shmaslik lozim, deb hisoblagan kishi xususida

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Abu Talha, Abu Dajjona va Suhayl ibn al-Bayzoga xom va pishgan xurmolar omuxtasidan quyib berayotgan erdim. Shu asnoda xamr (mast qilguvchi ichimlik) harom qilinganligi haqida xabar kelib qoldi. Shunda men ularning eng kichigi bo‘lishimga qaramay, uni uloqtirib yubordim. Biz o‘sha vaqtlarda xom va pishgan xurmolar omuxtasini «xamr» deb hisoblar erdik».

Jobir raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mayizdan hamda quritilgan, xom va yangi uzilgan xurmolardan (sharob tayyorlamoqdan) qaytardilar».

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam quritilgan xurmo birlan endigina rang kirgan xurmoni hamda quritilgan xurmo birlan mayizni bir-biriga qo‘shmoqdan qaytarganlar. Bularning har biridan alohida sharbat tayyorlanadi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:00:28

11-bob. Sut ichmoq haqida

Olloh taoloning qavli: «(Oshqozon) axlati va qon ichidan ichuvchilar uchun musaffo xushta’m sut (hosil qilgaymiz)»

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Isro’ kechasi Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir qadah sut va bir qadah xamr (mast qilguvchi ichimlik) keltirildi».

Ummulfazl rivoyat qiladilar: «Odamlar Janob Rasulullohning arafa kuni ro‘za tutgan yoki tutmaganlaridan shubha qilishdi. Shunda men ul zotga bir idishda sut yubordim, ichdilar».

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Abu Humayd Naqi’ degan yerdan Janob Rasulullohga bir qadah (idish) sut keltirdi. Shunda Janob Rasululloh unga: «Bir cho‘p birlan bo‘lsa ham, ustini yopib olib kelmadingmi?!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:00:54

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu Bakr birlan birga Makkadan keldilar. Abu Bakr bunday deydilar: «Biz (kelayotib) bir podachining yonidan o‘tib qoldik, Janob Rasululloh chanqab qolgan erdilar. Men bir idishga sut sog‘ib qonib ichdim. Shu payt Suroqa ibn Ja’sam oldimizga ot minib kelib qoldi. Janob Rasululloh (otni kechikib olib kelgani uchun) uni duoi bad qildilar. Shunda Suroqa: «Meni duoi bad qilmangiz, qarg‘ishingizni qaytarib olingiz!» — deb Janob Rasulullohga yolvorib erdi, ul zot shunday qildilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eng yaxshi sadaqa — sersut sog‘in tuya bo‘lib, u atoi xudodur, sersut qo‘y ham atoi xudodur, u yoqqa borsang ham, bu yoqqa borsang ham, (sut to‘la) idishing o‘zing birlan!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:01:10

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sut ichgach, (suv birlan) og‘izlarini chayqab tashladilar-da: «Sutda yog‘ bor»,— dedilar (ya’ni, tahoratli kishi tarkibida yog‘ bor biror ichimlik yoki taom iste’mol qilgach, og‘zini suv birlan chayqab tashlab, so‘ng namoz o‘qishi lozim)».

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Men (osmondagi) Sidrat al-Muntaho degan joyga ko‘tarildim, qarasam ul yerda to‘rt daryo mavjud erkan. Ikkitasi — ko‘zga zohir va ikkitasi — ko‘zdan pinhon. Ko‘zga zohiri — Nil birlan Furot bo‘lib, ko‘zdan pinhoni (Salsabil va Kavsar) jannatda erkan. Ul yerdan menga uchta qadah keltirildi, birida sut, birida asal va yana birida xamr (mast qilguvchi ichimlik). Men sut quyilgan qadahni olib, sutni ichdim. Shunda menga: «Sen va sening ummating islom va hidoyat ramzi bo‘lmish qadahni topdingiz!» — deyildi».

Hishom, Sa’id va Hamom Qatodadan, ul kishi ersalar Anas ibn Molikdan, ul kishi ersalar Molik ibn Sa’sa’adan naql qilgan rivoyatda: «Uchta qadah» xususida eslatib o‘tilmagan.

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:01:28

12- bob. Chuchuk (totli) suv ichib lazzatlanmoq haqida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Abu Talha Madina ansorlari ichida eng xurmozori ko‘p kishi erdi. U xurmozorlaridan ko‘proq «Bayruhoni» yaxshi ko‘rar erdi. «Bayruho» masjid qarshisida bo‘lib, Janob Rasululloh kirib ul yerdagi chuchuk (totli) suvdan ichib turar erdilar. Olloh taoloning «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa (ehson) qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!» degan oyati karimasi nozil bo‘lganda Abu Talha o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh! Olloh taolo: «Uzingiz yaxshi ko‘rgan narsalardan nafaqa qilmaguningizga qadar taqvoga erishmaysizlar!»—deydi. Mening eng yaxshi ko‘rgan molim ersa «Bayruho»dur, o‘sha molim Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘la qolsin! Men uning tag-tugi birlan Olloh taolo yo‘lida sadaqa bo‘lmog‘ini istayman. Yo Rasulalloh, uni Olloh taolo o‘zingizga amr qilgan joyga sarf qilingiz!» — dedi. Janob Rasululloh: «Bayruho ajoyib (bozori chaqqon) mulkdur. Men sening ne deganingni eshitdim. yaxshisi uni qarindosh-laringga ehson qila qolgil!»—dedilar. Abu Talha: «Shunday qilgum, yo Rasulalloh!» — dedi-da, uni o‘z tug‘ishganlari birlan amakisining farzandlariga bo‘lib berdi».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:01:55

13- bob Sutga suv qo‘shmoq haqida

Zuhriy rivoyat qiladilarki, Anas ibn Molik raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sut ichganlarini ko‘ribdilar. Ushanda Janob Rasululloh uning uyiga borgan erkanlar. Uyidagilar bir sovliqni sog‘ib sutga quduq suvidan qo‘shishibdi-da Janob Rasulullohga uzatishibdi, ul zot qadahni olib ichibdilar. Shunda chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq, o‘ng yonlarida ersa bir badaviy turgan erkan, sutning qolganini o‘sha badaviyga beribdilar. So‘ng: «(Avval) o‘ng(dagi), so‘ng yana o‘ng (dagi odamga uzatish lozim)!» — debdilar.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir sahobalari birlan birga bir kishining uyiga kirdilar-da, unga «Agar bu kecha meshda saqlagan (tindirilgan) suving bo‘lganida erdi! Bulmasa hovuzdan ham ichib ketavera-miz»,— dedilar. Shunda xonadon egasi bog‘ini sug‘orib turgan erdi, Janob Rasulullohga: «Yo Rasulalloh, menda tindirilgan suv bor chorpoyaga chiqaveringiz!»—dedi. So‘ng, o‘zi ham ular birlan chorpoyaga chiqib, (meshdan) qadahda suv oldi-da, unga sut qushdi. Janob Rasululloh uni olib ichdilar, keyin ul zot birlan birga kelgan kishi ham ichdi»

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:02:13

14- bob Shirinlik (halvo) va asal yeyish haqida

Zuhriy bunday deydilar: «Inson peshobini ichish qat’iyan man’ qilinadi chunki u nopokdur! Olloh taolo «Sizlar uchun pokiza ne’matlar halol qilindi»,— deydi»

Ibn Mas’ud ichkilikbozlik xususida bunday deydilar: «Olloh taolo o‘zingizga harom qilingan narsalarni iste’mol qilishingiz oqibatida sodir bo‘ladirgan dardlardan sizlarni xalos qiladirgan davoni yaratmadi»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam halvo birlan asalni yoqtirar erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:02:30

15-bob. Tik turgan holda (suv) ichmoq haqida

Nizol ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu masjid maydoni eshigi oldiga keldilarda, tik turgan hollarida (suv) ichdilar. So‘ng, odamlarga Ba’zi kishilar tik turib (suv) ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki men Janob Rasulullohning hozir ne qilganimni ko‘rgan bulsangiz, shunday qilganlarini ko‘rganman»,— dedilar».

Abdulmalik ibn Maysara rivoyat qiladilar: «Hazrat Ali raziyallohu anhu peshin o‘qib, so‘ng odamlar ishini hal qilmoq uchun Kufa maydonida asrga qadar qolib ketdilar. Keyin, ul kishiga suv keltirishib erdi, ichdilar yuz-qo‘llarini yuvdilar va boshlari birlan ikki oyoqlarini esladilar (ya’ni, boshlari birlan oyoqlariga mash tortishni unutgan erdilar, keyin ularga mash tortdilar) So‘ng, o‘rinlaridan turib tik turgan hollarida ortib qolgan suvni ichdilar. Keyin odamlarga «Ayrim odamlar tik turgan holda suv ichmoqlikni rad qilurlar, vaholanki Janob Rasululloh men qilgandek qilganlar»,— dedilar»

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tik turgan holda Zamzam suvidan ichdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:02:53

16- bob Tuyasini minib (Arafotda vuquf qilib) turgan holda sut ichgan kishi haqida

Ibn  Abbosning mavlolari   Umayr rivoyat   qiladilar:   «Ummulfazl  Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga, ul zot kechqurun (tuyalariga minib) Arafotda (vuquf qilib) turganlarida, bir qadah sut yubordilar. Shunda Janob Rasululloh uni qo‘llariga olib ichdilar».

Abunnazr raziyallohu anhu «tuyalariga minib» deb qo‘shimcha qiladilar

Qayd etilgan


Doniyor  25 Oktyabr 2006, 08:03:07

17-bob. Ichishning (avval) o‘ngdagi, so‘ng (yana) o‘ngdagi (odamdan) boshlanmog‘i haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga suv qo‘shilgan sut keltirildi, shunda ul zotning o‘ng yonlarida bir badaviy va chap yonlarida Abu Bakr as-Siddiq turgan erdilar. Janob Rasululloh sutni ichib, so‘ng (qolganini) badaviyga uzatdilar-da «(Avval) o‘ngdagi so‘ng (yana) o‘ngdagi (kishiga uzatmoq lozim)!» —dedilar»

Qayd etilgan