Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483642 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:40:40

Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar kuni eshak go‘shti yeyishdan qaytardilar, ammo ot go‘shti yeiishga ijozat berdilar».

Ibn Abu Avfo bunday deydilar «Xaybar kuni ocharchilik bo‘ldi. Bir necha qozonlarda eshak gushti qaynatilib, pishay deb qolganda Janob Rasulullohning jarchilari «Eshak go‘shtidan bir tishlam ham yemangizlar, qozonlarni ag‘darib to‘kib tashlangizlar! —deb ovoza qildi. Shunda biz o‘zimizcha « Eshak go‘shtining harom qilinishi uning o‘lja sifatida taqsimlanmasligida yoxud uning tezak yeyishida bo‘lsa kerak» — deb taxmin qildik».

Barro va Abdulloh ibn Abu Avfo raziyallohu anhumo rivoyat qilgan hadislar ham eshak go‘shti Xaybarda harom qilinganligidan dalolat beradi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:40:58

Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday deydilar: «Janob Rasululloh eshak naqliyot vositasi bo‘lgani uchun go‘shtini harom qildilarmi yoki haqiqatan ham go‘shti harom bo‘lgani uchun harom qildilarmi, buni bilolmadim».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh Xaybar kuni otliqqa ikki hissa, piyodaga bir hissa o‘lja taqsim qildilar».

Jubayr ibn Mut’im rivoyat qiladilar: «Men va Usmon ibn Affon Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga borib, u kishiga: «Siz Xaybar o‘ljasidan Banu Muttalib qabilasi kishilariga berdingiz, bizni ersa unutdingiz, vaholanki biz sizga yaqinlikda ular birlan teng darajada-miz»,— dedik. Janob Rasululloh bizga: «Ha, albatta, Banu Hoshim birlan Banu Muttalib bir narsa»,— dedilar». Jubayr: «Janob Rasululloh Banu Abdi Shams va Banu Navfal qabilalariga ham hech narsa taqsim qilmadilar»,— deydilar. (G’azotlarda tushgan o‘ljaning beshdan bir qismi Baytulmolga qoldirilib, qolgani lashkar o‘rtasida taqsimlangan. Baytulmol (o‘sha davr davlat xazinasi)ga qoldirilgan qismidan muhtojlarga nafaqa berilgan. Janob Rasululloh o‘shanda ham faqat muhtojlarga bergan erdilar).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:41:08

Abu Muso al-Ash’ariy raziyallohu anhu bunday deydilar: «Biz Yamanda erkanligimizda Payg‘ambar alayhissalomning yo‘lga chiqqanlari haqida xabar yetdi. Biz vatanimizni tark qilib Janob Rasululloh tomon jo‘nadik. Men, birodarlarim Abu Burda va Abu Rahm qavmimizdan ellik ikki yoki ellik uch kishi birlan birga kemaga mindik. Kemamiz bizlarni Najoshiy podshohlik qilayotgan Habashistonga eltdi. U yerda biz Ja’far ibn Abu Tolib birlan uchrashib qoldik, u birlan birga istiqomat qilib, keyin birgalikda qaytdik. Xaybar fath qilingan kuni biz Payg‘ambar alayhissalom birlan uchrashdik. Ba’zi odamlar: «Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz!» — deb bizni, ya’ni kema ahlini kamsitar erdi. Ushanda biz birlan birga Yamandan Asmo binti Umays ismli ayol ham kelgan bo‘lib, u Habashistonga hijrat qilgan erdi. U Janob Rasululloh-ning xotinlari Hafsa raziyallohu anhoning ziyoratlariga kirganda, Hazrat Umar ham kirdilar, Asmoni ko‘rib: «Kim bu ayol?» — deb so‘radilar. Hafsa: «Bu ayol Asmo binti Umays» —deb javob berdilar. Umar raziyallohu anhu: «Bu habashistonlik ayolmi, bu dengiz orqali kelgan ayolmi?» — dedilar. Asmo o‘zi: «Ha»,— deb javob berdi. Umar raziyallohu anhu. Biz sizlardan oldin hijrat qilganmiz, biz Janob Rasulullohga sizlardan ko‘ra haqliroqmiz!»— dedilar. Asmo achchig‘lanib. «Io‘q, Olloh haqi! Sizlar Janob Rasululloh birlan birga erdingizlar, ochlaringizni tuyg‘azardilar, johillaringizga pandu nasihat qilardilar, biz ersak dindan uzoq bo‘lgan bir yerda — Habashistonda erdik. Bizning islom yo‘liga kirganimiz Olloh taolo va uning rasuli uchundur. Olloh taolo haqi, toki sen aytgan gapni Janob Rasulullohga aytmagunimcha, yeb-ichmagayman! Biz doim shunday gaplardan ozor chekib, xavfda yurar erdik, endi buni Janob Rasulullohga aytaman. Olloh taolo xaqi. yolg‘on qo‘shmayman, qisqartmayman, bor gapni qanday bo‘lsa, shundayligicha yetkazaman!—dedi-da, Rasulullohning xuzurlariga kelib, yo Rasulalloh, Umar menga bunday dedi, deb shikoyat qildi. «Sen nima deding'»— dedilar Janob Rasululloh. Asmo o‘zining nima deganini aytib berdi. Janob Rasululloh: «Umar sendan va sheriklaringdan ko‘ra menga haqliroq ermas, chunki Umar va uning sheriklari bir hijrat sohibidurlar, sizlar, yani kema ashoblari ersangiz ikki hijrat sohibidursizlar, ya’ni Yamandan Habashistongacha va undan Madinagacha-»,- -dedilar. «Abu Muso va boshqa kema ashoblari to‘p-to‘p bo‘lib oldimga kelishib mazkur hadisni mendan so‘rashardi, keyin Janob Rasulullohning ular hakida aytgan so‘zlaridan shunday quvonishardiki, dunyoda ular uchun Janob Payg‘ambarimizning ana shu gaplaridan ulug‘roq va quvonarliroq hech narsa yo‘q erdi!» — deydilar Asmo. Abu Burda: «Asmoning gapiga qaraganda Abu Muso bu hadisni qayta-qayta aytkizar erkan»', — deydilar. Abu Musoning gaiiga qaraganda Payg‘ambar alayhissalom bunday degan erkanlar. «Men ash’ariylar jamoasining ovozini kechasi masjidga kirib qilgan qiroatlaridan taniymai. Ularning yashaydirgan joylarini kunduzi ko‘rmagan bo‘lsam ham. kechasi Qur’on o‘qigan ovozlaridan manzillarini bilib olaman. Ularning ichida Hakim ismli bir kishi bo‘lib, u dushmanga yo‘liqqanda: «-Do‘stlarim ularni kutib turmog‘ingizni sizlarga amr qiladilar!» — deydi». (Bu birlan Hakimning nihoyatda jur’atli ekaniga, hatto u yo‘lda ketayotgan dushmanni to‘xtatib, sheriklari kelguncha yakka o‘zi jang boshlayverishiga ishora qilinadi).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:41:30

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Biz Xaybar fatx, etilgandan so‘ng Janob Rasulullohning zieratlariga keldik. Uljalardan bizga ham taqsim qildilar. G’azotda qatnashmagan kishilarga o‘ljadan nasiba bermadilar.

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xaybarni zabt etdik. Oltin, kumush o‘lja olmadik. mol, tuya,mato’ va xurmozorlarni o‘lja qildik. Keyin. Janob Rasululloh birlan birga Vodiyul-Quroga keldik. Banu Zabob qabilasidan bir kishi ul zotga bir qul hadya qilgan bo‘lib, ismi Mid’am erdi Mid’am Janob Rasulullohning tuyalarini yetaklab ketayotgan vaqtda daydi o‘q tegib yiqildi. Hamma barobariga «Shahidlik muborak bo‘lsin!» deb tabrik aytishdi. Shu payt Janob Rasululloh kelib «Yuq, aslo, Olloh taolo haqi, bu qulning ustidagi libos Xaybarda o‘lja olingan liboslardan bo‘lib, biz unga taqsim vaqtida bergan ermasmiz, u buni o‘g‘irlab olgan. Ana shu libos uni do‘zaxda kuydirgay'» — dedilar. Shunda bir kishi kovush ko‘tarib kelib «Mana buni topib olgan erdim, lekin ko‘rsatmagandim»,— dedi Janob Rasululloh «Unday bulsa bu kovush ham seni do‘zaxda kuydirgay» - dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:41:42

Zayd ibn Aslam bunday deydilar «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu aytar erdilarki, «Agar kelajakda odamlarning hech narsasiz, faqir bo‘lib qolishini o‘ylamaganimda, qaysi qishloqni fath eqam uning yerlarini mujohidlarga taqsimlab bergan bo‘lur erdim, xuddi Janob Rasululloh Xaybarni bo‘lib berganlaridek. Lekin, men fath etilgan yerlarni vaqf qilib qoldiryapman hosilidan teng foidalansinlar deb»

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Anbasa ibn Sa’id bunday deydilar «Abu Xurayra raziyallohu anhu Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib, Xaybar o‘ljasidan nasiba bermoqlarini so‘radilar. Shu yerda hozir bo‘lgan Banu Sa’id ibn al-Os qabilasi kishilaridan biri: «Yo Rasulalloh, Abu Hurayraga hech narsa bermangiz1» — dedi. Shunda Abu Xurayra «Bu odam Ibn Qav-qalning qotilidur»,— dedilar. Boyagi odam: «Vo ajabo, bizga tog‘dan vabr (mushukka o‘xshash xayvon) tutib kelibdi-da» — dedi» (Abu Hurayraning qavmlari tog‘lik yerda yashagan).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:41:53

Sa’id ibn al-Os bunday deb xabar bergan erkanlar. «Janob Rasululloh Abon ibn Saidni bir guruhga bosh qilib Madinadan Najd tarafga yubordilar. Xaybar fath qilingandan keyin, Abon qaytayotib Janob Rasululloh birlan uchrashdi. Ularning otlarining ayili xurmo novdasidan qilingan erdi (ot ayilining xurmo novdasidan qilinganligi ularnit kambag‘alliklarini anglatadi) Abu Hurayra Janob Rasulullohga «Yo Rasulalloh, Abonga o‘ljadan ulush bermangiz» - dedilar. Abon (g‘azablanib) «Shu gapni sen aityapsanmi ' Ey tog‘dan tushib kelgan vabr »— dedi Janob Rasululloh «Ei Abon, o‘ltir!» — deb uni tinchlantirdilar, lekin ularga o‘ljadan nasiba bermadilar». Sa’id ibn Amr rivoyat qiladilar: «Abon ibn Sa’id Janob Rasulullohning qoshlariga kelib u kishiga salom berdi. Uni ko‘rib Abu Hurayra: «Yo Rasulalloh, bu odam Ibn Qavqalning qotili-ku'»—dedilar. Abon Abu Xurayraga (achchiqlanib): «Vo ajabo! Manavi tog‘dan tushib kelgan vabrga qarangizlar! Olloh taolo mening qo‘lim birlan (shahid qilib), izzat-ikromga sazovor etgan kishi xususida menga ayb quyayotir, vaholanki parvardigor (o‘shanda) mening uning quli birlan kamsitilmog‘imga yo‘l bermagan erdi!»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:42:11

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qizlari Fotima Abu Bakr Siddiqqa odam yuborib, Madina, Fadak va Xaybarda tushgan o‘ljalardan, Olloh taolo o‘z rasuliga nasiba qilib bergan mablag‘lardan ul zotdan kolgan meros sifatida berilishini talab qildi. Shunda Abu Bakr «Payg‘ambar alayhissalom «Biz payg‘ambarlar hech kimga meros qoldirmagaymiz, bizdan keyin nima qolsa, u sadaqadur», — degan erdilar, ammo Muhammad xonadoni mana shu sadaqadan yeyaveradi. Olloh taolo haqi, Janob Rasulullohning sadaqalari ul zotning hayotliklarida qanday tasarruf qilingan bo‘lsa, men ham xuddi o‘shanday tasarruf qilgayman!» dedilar-da, Fotimaga Janob Rasulullohdan qolgan narsalardan hech nima bermadilar. Fotima Abu Bakrdan qattiq ranjib bordi-keldini uzdi, bir so‘z ham gapirmay olamdan o‘tib ketdi, Janob Rasulullohdan so‘ng olti oy yashadi, xalos. Fotima vafot etganda eri Ali yolg‘iz o‘zi kechasi janozasini o‘qib dafn qildi, Abu Bakrga xabar ham qilmadi. Ali Fotima hayotligida odamlardan istihola qilib yurgan bo‘lsa kerak, u vafot eiandan keiin ularAa lnibor bermay, Abu Bakr birlan yarashish, u kishiga ba’yat qilish imkonini qidirib qoldi, shu vaqtgacha, yani o‘tgan oylar mobaynida hanuz bay’at qilmagan erdi. Shu boisdan u «Yolg‘iz o‘zingiz uyimga kelsangiz, yoningizda biror kishi bo‘lmasa'» deb Abu Bakrga odam yubordi, chunki Umarning u kishi birlan!» birga kelishini yoqtirmagan erdi. Umar bu gapdan voqif bo‘lib «Yo‘q, xudo haqi, yolg‘iz o‘zingiz ular oldiga bormangiz'» — dedi Abu Bakr «Olloh taolo haqi, ular menga yomonlik qilmaydilar, degan umiddaman, o‘zim tanho boraveraman», — dedilar Keyin, Abu Bakr Ali huzuriga kirib bordilar, Ali kalimai shahodatni aytgandan so‘ng «Albatta, biz sizning layoqatingizni, Olloh taolo sizga ato etgan ne’matni tan olamiz, Olloh taolo sizga in’om etgan martabaga hasad qilmaymiz, lekin siz bizga bir masala xususida zulm qildingiz, Janob Rasulullohga qarindosh bo‘lganimiz uchun ul zotdan qolgan narsalardan bizga meros tegadi, deb umid qilgan erdik», — dedi Abu Bakr Siddiq ko‘zlariga yosh olib «Mening jonim qulida bo‘lgan zot haqi, Janob Rasululloh vasiyatlariga sodiq qolmog‘im qarindoshlarimga yen bos-mog‘imdan afzalroqdur! Ammo, men sizlar birlan o‘zim o‘rtamizda tortishuvga sabab bo‘lgan mol-mulkga xiyonat qilmadim, Janob Rasulullohning hayotliklarida uni qanday tasarruf qilganlarini ko‘rgan bo‘lsam, shunday tasarruf qildim»,— dedilar. Ali Abu Bakrga «Bay’atni peshin vaqtiga ta’yin qilurmisiz?»—dedi. Abu Bakr peshinni o‘qigach, minbarga chiqib, kalimai shahodat aytdilar, so‘ng Ali haqida so‘zlab, uning hanuzgacha bay’at qilmaganligini, uning shul xususda aytgan uzrini qabul qilganliklarini ma’lum qildilar. Ali shahodat keltirib, istig‘for aytdi va Hazrat Abu Bakrning adolatli erkanliklarini maqtadi, keyin Abu Bakrga hasad qilmayotgani, Olloh taolo u kishiga ato etgan martaba haqlig‘ erkanligi haqida gapirdi So‘ng «Bizga meros berilishi kerak, Abu Bakr ersalar zulm qilyaptilar, deb hisoblab yurgan erdik, qarasak nohaq erkanmiz» — dedi. Bu gapni eshitgach, musulmonlar xushnud bo‘lishib. «Haq gapni aytding!» — deyishdi. Musulmonlar Ali amri ma’ruf qilayotganda o‘zlarini unga yaqin his etdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:42:20

Oisha onamiz. «Xaybar fath qilinganda «Endi xurmoga to‘yar erkanmiz-da!» deb quvonganmiz»,— deydilar.

Ibn Umar. «Xaybarni fath etmagunimizcha xurmoga to‘ygan ermasmiz»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:43:05

41- bob Payg‘ambar alayhissalomning Xaybar ahliga omil ta’yin qilganlari
haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhudan naql qilinadi: « Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybarga bir odamni omil qilib ta’yinladilar. Usha kishi Janob Rasulullohga nuqul saralangan xurmo olib keldi. Janob Rasululloh u odamdan «Xaybarning hamma xurmosi shunday sarxil erkanmi?»—deb so‘radilar. U odam: «Yo‘q, yo Rasulalloh! Biz ikki-uch so yomon xurmo o‘rniga bir so’ yaxshi xurmo olurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Unday qilmangizlar, yomon xurmoni olingiz-da, sotib puliga yaxshisini xarid qilingizlar!»—dedilar».

Abu Sa’id va Abu Hurayra rivoyat qilurlarki, Paygambar alayhissalom Banu Adiyning akasini Xaybar ahliga omil qilib jo‘natibdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:44:09

42- bob Janob Rasulullohning ahli Xaybarga qilgan muomalalari haqida

Abdullohdan naql kilinadiki, Janob Rasululloh olingan hosilning qoq yarmini topshirish sharti birlan yahudiylarga Xaybar yerlarida dexqonchilik qilib, ekin zkishga ijozat beribdilar.

Qayd etilgan