Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483809 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:59:51

Amr ibn Maymun rivoyat qiladilar: «Maoz ibn Jabal Yamanga kelganda yamanliklarga   imomlik   qilib   bomdod   namozini   o‘qidi.    Shunda   «Vattaxazallohu Ibrohiyma xaliylan», ya’ni «Olloh Ibrohimni o‘ziga do‘st qilib oldi» degan mazmundagi oyatni qiroat qilganda yamanliklardan biri «Ibrohimning onasining ko‘z yoshi sovidi»,— dedi» Qastaloniy «Xursandlikdan to‘kilgan ko‘z yoshi sovuq, g‘amdan to‘kilgan ko‘z yoshi issiq bo‘ladi»,— deydilar.

Payg‘ambar alayhissalomning Ali ibn Abu Tolib va Xolid ibn Validni Hajjat ul-Vido’dan ilgari Yamanga yuborganlari haqida.

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bizni Xolid ibn Valid birlan birga Yamanga yubordilar, keyin Xolidning o‘rniga Ali Ibn Abu Tolibni jo‘natdilar. Unga «Xolidning ashoblariga aytgilki, agar sen birlan birga qolmoqni istasalar, qolsinlar, xohlamaganlar qaytib kelsin!»— deb taiynladilar. Men Ali birlan birga qolgan kishilar orasida erdim, juda ko‘p tillo o‘lja olgandim».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:00:09

Burayda raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom Alini o‘ljalarning beshdan birini olib kelish uchun Xolidning huzuriga yubordilar. Men Alini o‘lja taqsim qilganining ertasiga g‘usl qilgani uchun yomon ko‘rib qolgan erdim. Ushanda «Mana buning qilgan ishini ko‘rmaysizmi?!» —deb Xolidga aytgan erdim, keyin payg‘ambarimizning huzurlariga qaytib kelganimizda ul zotga ham aytdim. Rasululloh «Ey Burayda, Alini yomon ko‘rasan-mi?» — deb so‘radilar. «Ha»,—degan erdim, «Uni yomon ko‘rmagin, chunki Ali o‘ljadan ko‘proq olsa ham, haqqi bor erdi»,— dedilar» (Buraydaning Alini yomon ko‘rib qolishlariga sabab, Ali asiralardan eng chiroyli qizni o‘zlariga tanlab olgandilar-da, iddadan chiqishini kutmay, jinsiy aloqa qilgan erdilar).

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallhu anhu rivoyat qiladilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Yamandan Rasulullohga oshlangan teri xaltada qumu tufroqdan tozalanmagan oltin jo‘natdi. Rasululloh uni to‘rt kishi-ga — Uyayna ibn Badr, Aqra’ ibn Hobis, Zayd al-Xayl va to‘rtinchisi yo Alqama yoki Omir ibn Tufaylga taqsim qildilar. Shunda sahobalaridan birlari: «Bizlar bu oltinga anavi to‘rtovlondan ham haqlirooq erdik!» dedi.

Bu gap Janob Rasulullohga yetgach «Menga ishonmaysizlarmi, axir men osmondagi zotning ishonchli vakiliman-ku?! Menga erta-yu kech undan xabar kelib turadi»,— dedilar. Shu payt ko‘zlari botiq, yuz suyaklari bo‘rtib chiqqan, peshonasi do‘ng, soch-soqoli olingan, ishtonining pochasi oshiqqacha shimarilgan bir odam o‘rnidan turib: «Yo Rasulalloh, Ollohdan qo‘rqing!»—dedi. Rasululloh: Sho‘ring qursin! Men yer ahlining Ollohdan qo‘rqishga loyiqrog‘i emasman-mi?|» —dedilar. Shunda haligi odam o‘rnidan turib chiqib ketdi. Xolid ibn Valid «Yo Rasulalloh, bo‘ynini chopaymi?»~dedi. Rasululloh «Yo‘q, shoyadki u namozxon bo‘l-sa!»—dedilar. «Dilida yo‘q narsani tili birlan gapiradirgan namozxonlar ko‘pku?'»—dedi. Xolid ibn Valid Janob Rasululloh «Men odamlarning qalblarini tekshirishga buyurilmadim, ularning qornini yorib ko‘rishga buyurilmadim»,— deya boyagi odamning ortidan qarab qoldilar-da, u chiqib ketgach «Mana shu odamiing zurriyotidan Olloh taoloning Kitobini ravon, ammo bo‘g‘zidan nariga o‘tkazmay o‘qiydirgan hamda kamondan otilgan o‘qdek dindan tez chiqadirgan qavm paydo bo‘lgaydur,— dedilar. Menimcha, keyin «Shundaylarni bilib ololsam erdi, Olloh taolo Samud qavmini halok qilgandek, halok qilardim! —deb aytgan erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:00:20

Jobir ibn Abdulloh «Payg‘ambar alayhissalom Ali raziyallohu anhuga Makkaga ehrom bog‘lab kelishni buyurdilar»,— deydilar.

Jobir raziyallhu anhu yuqoridagi hadisga o‘qshimcha qilib, bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib o‘ljalar birlan qaytib keldi. Payg‘ambar alayhissalom unga: «Ehrom bog‘lab nimaga niyat qilding?»— deb so‘radilar. Ali «Payg‘ambar alayhissalom nimaga niyat qilgan bo‘lsalar, men ham o‘shanga niyat qildim»,— dedi. Janob Rasululloh «Unday bo‘lsa, jonliq atagil-da, ehromdan chiqmay turgil!» — dedilar. Ali Janob Rasulullohga jonliqlarni topshirdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:00:36


Bakr   al-Basriy   Ibn    Umarga:   «Anas   aytgan   hadisga   qaraganda   Rasululloh birvarakayiga haj va umraga ehrom bog‘lagan erkanlar, shu rostmi?!»—dedilar. Ibn Umar raziyallohu anhu «Rasululloh aslida hajga ehrom kiygan erdilar, biz ham u kishi birlan hajga niyat qilgandik. Makkaga kelganimizda Janob Rasululloh «Kimning jonlig‘i bo‘lmasa, umraga niyat qilsin!»— dedilar. Shunda Janob Rasulullohning jonliqlari bor erdi. Ali ibn Abu Tolib ham Yamandan hajga niyat qilib keldilar. Janob Rasululloh unga «Nimaga niyat qilding?» — dedllar. U «Payg‘ambar nimaga niyat qilgan bo‘lsalar o‘shanga niyat qildim»,— dedi. «Unday bo‘lsa, ehromdan chiqmay turgil, chunki bizning jonlig‘imiz bor!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:00:54

Zulxalasa (Zulxulaysa) g‘azoti haqida

Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Johiliyat zamonida bir uy bor erdi, uni «Zulxalasa», «Al-Ka’ba al-Yamoniyya», «Al-Ka’ba ash-Shomiyia» deb atashardi. Payg‘ambar alayhissalom menga «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysanmi?» —dedilar. Men bir yuz ellik otliq birlan borib, uni vayron qildim, u yerda kimni topsam, o‘ldirdim. So‘ng, Payg‘ambar alayhissalomning huzurlariga kelib bu haqda xabar berdik, ul zot bizni jasoratimiz uchun duo qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:01:08

Jarir raziyallohu anhu bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalom menga: «Meni Zulxalasadan xalos qilmaysan-mi» — dedilar Zulxalasa — Kas’am qabilasining ibodatgohi bo‘lib, uni «Al-Ka’ba al-Yamoniyya» deb atashardi. Men Ahmas qabilasidan bir yuz ellik otliqni olib yo‘lga chiqdim, hammalari chavandoz erdilar, men bo‘lsam otda mahkam o‘ltirolmas erdim. Rasululloh ko‘kragimga shunchalik qattiq turtdilar-ki, hatto barmoqlarining izi tushib qoldi. Keyin, «Ey Olloh, uni otda mahkam o‘ltira oladirgan, hidoyatli yetakchilardan qilgin!» — deb duo qildilar». Keyin, Jarir Zulxalasaga borib o‘t qo‘yib, uni butunlay vayron qildi-da, Janob Rasulullohga odam yubordi. U «Sizni haq payg‘ambar qilib yuborgan zotga qasamyod qilurmanki, oldingizga kelayotganimda Zulxalasa qo‘tir tuyadek bo‘lib qolgan erdi!» —dedi. Janob Rasululloh Ahmas chavandozlari birlan Ahmas qabilasiga baraka tiladilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:01:19

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan Zotussalosil g‘azoti haqida

Abu Usmon rivoyat qiladilar: «Rasululloh Amr ibn Osni lashkarga bosh qilib Zotussalosilga yubordilar. Ushanda Amr bunday deb erdi: «G’azotdan qaytib, Janob Rasulullohning oldilariga keldim-da: «Sizga odamlarning qaysi biri mahbubroq?» — deb so‘radim. Ul zot «Oisha»,— dedilar. «Erkaklardan-chi?»—deb so‘radim. «Uning otasi»,—dedilar «Undan keyin kim'»—deb so‘radim «Umar»,— dedilar-da, yana bir necha kishining ismini sanadilar, shunda meni eng oxirida aytishlaridan qo‘rqib sukut saqladim»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:01:37

Jarirning Yamanga borganligi haqida

Jarirraziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men Bahrda erdim, Yaman axlidan ikki kishini — Zukilo’ va Zuamrni uchratdim. Ularga Rasululloh haqlarida so‘zlay boshlagan erdim, Zuamr: «Sen ta’riflayotgan do‘sting uch kun burun olamdan o‘tdi»,— dedi. Ikkovi men birlan kelayotgan erdi, bir joyga yetganimizda Madina tomondan otliqlar ko‘rindi, ular Janob Rasulullohning vafot etganlari, Abu Bakrning xalifa bo‘lganlari hamda odamlar hammasi tinch erkanligi haqida xabar berishdi. Ikkovlari, ya’ni Zukilo’ birlan Zuamr: «Bizning (birga) kelganimizni sohibingga aytgil, inshoalloh yana qaytib kelgaymiz» — deb Yamanga qaytib ketishdi. Men ularning gaplarini Abu Bakrga aytdim. Abu Bakr: «Ularni o‘zing birlan olib kelmabsan-da» — dedilar. Oradan ko‘p vaqt o‘tgandan keyin, (Hazrat Umar xalifa ligi davrida) Zuamr menga: «Ey Jarir, senga bir karomat qilayin! Sizlar — arab jamoasi amiringiz halok bo‘lsa, o‘rniga maslahat birlan amir saylar erkansizlar, yaxshilik-da davom etaverasizlar. Agar kishi xalifalikka  qilich   birlan  erishsa,   u   odam  xalifa  bo‘lmay,   podshohdur.   Chunki,   upodshohlar singari g‘azab qilib, podshohlar singari tamanno qilgay»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:02:00

Siyfulbaqr g‘azoti haqida

Payg’ambar alayhissalom Abu Ubayda boshchiligida dengiz sohili tomon lashkar yuboradilar, ular Quraysh karvoniga duch kelishadi.

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh Abu Ubayda ibn Jarrohni amir qilib sohil tomonga lashkar jo‘natdilar. Askarlar soni uch yuz kishi erdi. Biz yo‘lga chiqdik, bir oz yurganimizdan keyin gamlagan yeguliklarimiz tamom bo‘ldi. Shunda Abu Ubayda askarlarda qolgan yeguliklarni bir yerga jam’ qilishga buyurdi, yeguliklar jam qilindi. Mening to‘rvamda ham xurmo bor erdi. Abu Ubayda har kuni oz-ozdan ovqat berib turdi, u ham tamom bo‘ldi, endi kishi boshiga bittadan xurmo tegadirgan bo‘ldi. Men: «Bitta xurmo nima bo‘ladi?» — derdim. Bu ham tugagandan keyin, qattiq qiynaldik, nihoyat dengiz sohiliga yetdik. Qarasak, ro‘paramizda togday bir nahang turibdi. Uning go‘shtini o‘n sakkiz kun yedik. Keyin, Abu Ubayda nahangning ikkita qovurgasini olib kelib yerga sanchib qo‘yishni buyurdi. Ular orasidan tuya yetaklab o‘tishgan erdi, tuyaning bo‘yi pastlik qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:02:12

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: Rasululloh bizni Abu Ubayda ibn Jarroh boshchiligidagi uch yuz kishi birlan birga Quraysh karvonini qo‘lga tushirish uchun yubordilar. Biz sohilda yarim oy poylab turdik, yeguliklarimiz tugab qattiq och qoldik, hatto daraxt yaproqlarini ham yedik. Shuning uchun bu lashkar «Jayshulxabt» ya’ni «Barg lashkari» deb ataldi. Keyin, dengiz to‘lkinlari anbar degan bir hayvonni sohilga chiqarib tashladi, uning go‘shtini yarim oy yedik, yogi birlan badanlarimizni moyladik, shundagina o‘z aslimizga qayt-dik. Abu Ubayda bu hayvonning ikkita qovurgasini oldi-da, uni tik qilib yerga o‘rnatdi, uning orasidan odam ham, tuya ham o‘tdi, lekin bo‘yi pastlik qildi. Qavmdan bir kishi uchta tuya so‘ydi, keyin yana uchta tuya so‘ydi, undan keyin yana uchta tuya so‘ydi, keyin Abu Ubayda tuya so‘ymoqni man’ kildi. Qays ibn Sa’d ushbu voqea haqida otasidan so‘raganda, otasi: «Men shu lashkar ichida bor erdim, menga: «So‘y!»— deyishdi, so‘ydim. Keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim, keyin, yana och qolishdi, yana «So‘y!»—deyishdi, yana so‘ydim. Undan keyin, yana och qolishib, «So‘y!» — deyishib erdi, Abu Ubayda taraflaridan man’ etildim»,— dedi».

Qayd etilgan