Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483688 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:02:20

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu bunday deydilar: «Xabt lashkari birlan gazotda bo‘ldik, Abu Ubayda amirimiz erdi. Qattiq och qoldik Dengiz to‘lqinlari o‘lik nahangni oldimizga chiqarib tashladi, bunaqa katta baliqni umrimizda ko‘rmagan erdik. Uning nomi anbar erdi. Bu baliqning go‘shtini yarim oy yedik. Abu Ubayda uning ikki suyagidan olib, yerga tik o‘rnatdi, orasidan o‘tgan otliqning bo‘yi pastlik qildi. (Abu Zubayrning Jobirdan eshitib xabar berishiga qaraganda, nahangni yeyishga Abu Ubayda buyurgan). Madinaga kelganimizdan keyin, paygambarimizga bu haqda gapirgan erdik, ul zot: «Olloh taolo (dengizdan) rizq qilib chiqarib bergan narsani yenglar, agar olib kelgan bo‘lsangizlar, bizga ham yegizinglar!»— dedilar. Ba’zi sahobalar olib kelishgan erkanlar, Janob Rasululloh undan tanovul qildilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:02:45

Abu Bakr raziyallohu anhuning hijratning to‘qqizinchi yili odamlar birlan
birga haj qilganlari haqida


Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuni Hajjat ul-Vido’dan ilgari bir jamoaga bosh qilib hajga yubordilar. Shu hajda odamlarga «Bu yildan keyingi yilda biror mushrik haj qilmaydi, yalangoch odam tavofi Baytulloh qilmaydi!» deb e’lon qilindi

Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «To‘liq nozil qilingan eng oxirgi sura «Baroat» surasidur, Qur’onning eng oxirgi nozil qilingan oyati ersa «Niso» surasining xotimasi  —  «Yastaftunaka,   qulillohu  yuftiykum  filkalolati»dir.   Mazmuni:   «Ey Muhammad, sizdan fatvo so‘raydilar, ayting ularga «Olloh sizlarga befarzand o‘tgan kishidan qolgan meros haqida fatvo beradi» deb».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:02:57

Banu Tamim qabilasining vakillari haqida

Imron ibn Husayn bunday deydilar: «Rasulullohning huzurlariga Banu Tamim qabilasidan vakillar kelishdi.

Janob Rasululloh ularga: «Bashoratni qabul qilingizlar!» — dedilar. Ular: «Bashorat qildingiz, endi naqdini beringiz!» — deyishdi. Bu gapdan Rasulullohning ranjiganlari yuzlaridan sezildi. Keyin, Yamandan vakillar kelishdi. Rasululloh: «Bashoratni qabul qilingizlar, uni Banu Tamim qabul qilmadi!» — dedilar. Yamanliklar: «Yo Rasulalloh, qabul qildik!» — deyishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:03:09

62- bob. Uyayna ibn Hisn g‘azoti haqida

«Paygambar alayhissalom Uyayna ibn Hisnni Banu Tamimga yubordilar. Uyayna bu qabilani gorat qilib, bir qancha erkak va ayollarni asir qilib olib keldi», — deydilar Ibn Ishoq.

Abu .Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Banu Tamimni Janob Rasulullohning ular xususida aytgan quyidagi uch gaplaridan so‘ng, abadul-abad yaxshi ko‘rib qoldim, ul zot Banu Tamim haqida: 1) «Ular Dajjolga qarshi kurashuvchi eng sobit ummatimdur!» — degandilar. 2) Banu tamimlik bir joriya Oisha onamizning xizmatlarini qilib yurar erdi. Shunda ul zot: «Buni ozod qilgil, chunki bu Ismoil alayhissalomning avlodlaridandur!» — degandilar. 3) Banu Tamimdan zakot yigib kelinganda, Janob Rasululloh: «Bu mening qavmimdan yigib kelingan zakotdur!» — deb aytgandilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:03:17

Abdulloh ibn Zubayrning xabar berishlariga ko‘ra, bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga Banu Tamimdan otliqlar kelibdi. Shunda Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasulullohga: «Banu Tamimga Al-Qa’qo’ ibn Muabbad ibn Zurorani amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Unga Al-Aqra’ ibn Hobisni amir qilib tayinlangiz!» — debdilar. Abu Bakr achchiglanib: «Doimo menga qarshi gap qilursan!» — debdilar. Hazrat Umar ersalar: «Men sizga qarshi gapirmoqchi ermasdim!» — debdilar. Ikkovlari baland ovoz birlai o‘zaro gap talashishibdi. Shu asnoda Janob Rasulullohga quyidagi oyati karima nozil bo‘libdi: «Ey mo‘minlar! Olloh taolo va uning rasuli huzurida quyushqondan chiqmangizlar, Ollohdan qo‘rqingizlar! Albatta, Olloh taolo eshituvchi, biluvchidur! Ey mo‘minlar! Ovozlaringizni paygambar ovozidan baland ko‘tarmangizlar va bir-birlaringizga baland ovoz birlan gapirganingiz kabi paygambarga gapir-mangizlar, o‘zlaringiz sezmaganingiz holda qilgan amali solihlaringiz habata bo‘lishi mumkin!».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:03:40

63-bob. Abdulqays vakillari haqida

Abu Jamra rivoyat qiladilar: «Men Ibn Abbosga: «Menda bir idish bor, shu idishda nabiz qilib, shirinlik o‘rnida ichib yuraman. Agar o‘sha ichimlikdan ko‘proq ichib qo‘yib, qavm huzuriga kelib o‘ltirsam-u, o‘ltirish cho‘zilib keqa, sharmanda bo‘lib qolishdan cho‘chiyman»,— dedim. Ibn Abbos bunday dedi: «Janob Rasulullohning huzurlariga Abdulqays qabilasi vakillari kelishgan erdi. Paygambarimiz ularni «Xush kelibsizlar, tortinmay-netmay kelaveringizlar!» deb qarshi oldilar. Ular Rasulullohga: «Ey Ollohning rasuli! Biz birlan Muzar mushriklari o‘rtasida dushmanlik bor, shu sababli sizning huzuringizga faqat urush man’ qilingan oylardagina kela olamiz. Bizga bir ish buyuring-ki, biz uni ado etib jannatga kiraylik va ortimizdagilarni ham shunga da’vat qilaylik!»—deyishdi. Rasululloh: «Sizlarni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman: avvalo Ollohga iymon keltgiringizlar, Ollohga iymon keltirish neligini bilurmisizlar? Bu—«Lo iloxa illallohu» deb shahodat keltirishdur. Keyin, namoz o‘qingizlar, zakot beringizlar, ramazonda ro‘za tutingizlar, jihodda olingan o‘ljalarning beshdan birini beringizlar! To‘rt narsa — dubbo, naqir, xintam va muzaftda nabiz tayyorlab ichmangizlar!»—dedilar».

Bu yerdagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:03:51

Ibn Abbosning mavlolari Kuraybrivoyat qiladilar: «Ibn Abbos, Abdurrahmon ibn Azhar, Misvar ibn Maxramalar meni Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga yuborayotib: «Oishaga hammamizdan salom aytgil, keyin «Siz asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qir erkansiz, Rasululloh asrdan keyin namoz o‘qishni man’ etganlar, deb eshitganmiz. Ibn Abbos: «Men va Hazrat Umar odamlarni asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishdan qaytarar erdik»,— deydilar, bunga nima deysiz?» deb so‘ragil!»—deyishdi. Men Oisha raziyallohu anhoning huzurlariga kirib shu gapni aytdim. Oisha onamiz: «Ummu Salamadan so‘ragil!» — dedilar. Keyin, Ummu Salamaning huzurlariga bordim. Ummu Salama: «Men ham Janob Rasulullohning asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishni man’ etganlarini eshitgan erdim. Bir kuni asr namozini o‘qidilar-da, mening oldimga kirdilar. Huzurimda ansoriylarning Banu Harom qabilasidan kelgan ayollar o‘ltirishgan erdi. Yana ikki rak’at namoz o‘qidilar. Men xizmatkorga: «Rasulullohning yonlariga borgin-da: «Yo Rasulalloh, Ummu Salama «Asrdan keyin ikki rak’at namoz o‘qishni man’ etganingizni eshitgan erdim-ku?! Nega endi o‘zingiz o‘qiyotirsiz?» deb aytyaptilar»,— degin, agar qo‘llari birlan ishora qilsalar, chetga chiqib tur!» — dedim. Xizmatkor ayol aytganimni qildi, Rasululloh qo‘llari birlan ishora qilib erdilar, chetga chiqib turdi. Namozni o‘qib bo‘lganlaridan so‘ng «Ey Abu Umayyaning qizi, sen ikki rak’at haqida so‘rading. Huzuri-mizga Abdulqays qabilasi vakillari islomga kirganliklari haqida xabar olib kelishgan erdi. Shuning uchun men peshindan keyingi ikki rak’atni o‘qiyolmay qolgan erdim. Hozir o‘shaning qazosini o‘qidim»— deb javob berdilar»

Ibn Abbos «Payg‘ambar alayhissalomning masjidlarida o‘qilgan jum’adan keyingi birinchi jum’a Juvosodagi Abdulqays masjidida o‘qildi, Juvoso Bahraynning bir qishlog‘idur»,— deydilar

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:04:07

64- bob Banu Hunayfa vakillari va Samoma ibn Usol haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhudan nahl qilinadi: «Payg‘ambar alayhissalom Najd tarafga otliqlarni yubordilar. Ular Banu Hunayfa qabilasidan Samoma ibn Usol ismli kishini tutib kelishib, masjid ustunlaridan biriga bog‘lab qo‘yishdi, Rasululloh uning oldiga borib «Ey Samoma, dilingda nima gap bor'»— dedilar. Samoma «Yo Muhammad, dilimda yaxshilik mavjud, agar o‘ldirsangiz, bir tirik odamni o‘ldirasiz, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikni biladirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz, basharti mol-dunyo istasangiz, xohlaganingizcha so‘rangiz!» — dedi. Janob Rasululloh ertangi kun kelguncha uni o‘z holiga qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!»—dedilar. Samoma «Yana o‘sha gap, agar yaxshilik qilsangiz, yaxshilikka yaxshilik qaytaradirgan odamga yaxshilik qilgan bo‘lasiz!»— dedi. Janob Rasululloh uni yana o‘z holiga tashlab qo‘ydilar. Ertasiga yana «Ey Samoma, dilingdagini ayt!» — dedilar. U «Yana o‘sha gap!» — dedi. Janob Rasululloh: «Samomani qo‘yib yuboringizlar!» — dedilar, uni qo‘yib yuborishdi. Samoma masjid yaqinidagi xurmozorga kirib g‘usl qildi-da, masjidga qaytib kirdi, so‘ng «Ashhadu anlo iloha illallohu va-shhadu anna Muhammadan rasulullohi» deb iymon keltirdi, keyin «Yo Muhammad! Olloh taolo haqi, yer yuzida menga sizning yuzingizdan ko‘ra yomonroq ko‘rinadirgan yuz yo‘q erdi, endi bo‘lsa sizning yuzingiz men eng yaxshi ko‘rgan yuzga aylandi. Men uchun sizning diningizdan ko‘ra yomonroq din yo‘q erdi, endi bo‘lsa men uchun sizning diningiz eng yaxshi dinga aylandi. Olloh taolo haqi, sizning shaharingiz mening eng yomon ko‘rgan shaharim erdi, endi bo‘lsa shaharingiz mening uchun eng yaxshi shaharga aylandi. Men umra qilmoqchi bo‘lib chiqqan erdim, otliqlaringiz ushlab kelishdi, endi nima qilayin?»—dedi. Rasululloh uni xushnud qilib, umra qilishni amr qildilar. Samoma Makkaga kelganda unga bir kishi «Dindan qaytgan?»— dedi. Samoma «Xudo haqi, unday ermas, men Muhammad sallallohu alayhi va sallam huzurlarida musulmon bo‘ldim. Olloh taologa qasamyod qilurmanki, endi ul zotning ijozatlarisiz sizlarga Yamomadan bir dona bug‘doy doni ham kelmagay!»—dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:04:16

Ibn Abbos raziyallohu anhudan naql qilinadi: «Rasululloh zamonlarida Musaylama al-Kazzob degan odam paydo bo‘lib: «Agar Muhammad o‘zidan keyin payg‘ambarlikni menga bersa, unga ergashaman»,— derdi. Musaylama o‘z qavmiga mansub bir to‘da kishilar birlan birga Madinaga keldi. Janob Rasululloh Sobit ibn Qays ibn Shammosni yonlariga olib, uning oldiga bordilar, qo‘llarida bir xurmo shoxchasi bor erdi. Ul zot gumashtalari davrasida o‘ltirgan Musaylama al-Kazzobning ro‘parasiga kelib to‘xtadilar-da, unga «Agar sen mana shu quruq shoxchani so‘rasang ham senga bermagayman, sen hargiz dushmanlik qilolmagaysan, Olloh taolo sening haqingda hukm chiqarib qo‘ygandur. Agar haqdan yuz o‘girsang, Olloh taolo seni albatta halok qilgay! Sening haqingda tushimda ayon qilingan Boshqa gaplarga ersa mening nomimdan mana bu Sobit javob qilgay»,— deb qaytib ketdilar. Keyin, men Janob Rasulullohning «Sening haqingda tushimda ayon qilingan» degan gaplarining ma’nosini so‘radim, Abu Hurayra raziyallohu anhu menga bunday dedilar. «Men uxlab yotgan erdim,— deb erdilar Janob Rasululloh,— tushimda qo‘limda ikki oltin bilaguzuk ko‘rdim, ularning chiroyi diqqatimni tortdi. Shunda Olloh taolo menga uyqumda vahiy yuborib «Ikkovini puflab yuboringiz!» — dedi. Men ikkalasini puflab yubordim. Men bu tushumni «Uzimdan keyin ikki odam payg‘ambarlik da’vosini qilib chiqadi, biri — Al-Anasiy, ikkinchisi — Musaylama» deb ta’bir qildim»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:04:30

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday der erdilar: «Rasululloh «Men uyquda erdim, tushimda yerning barcha xazinalari menga keltirildi. Keyin, kaftimga ikkita bilaguzuk qo‘yildi, ikkovi ham og‘ir ko‘rindi. So‘ng, menga «Ikkovini puflab yuboringiz!» deb vahiy qilindi. Men ikkovini puflagan erdim, qo‘limdan uchib ketdi. Men o‘sha ikki bilaguzukni ro‘paramda turgan manavi ikki kazzob — San’o sohibi va Yamoma sohibi, deb ta’bir qildim»,— dedilar».

Abu Rajo al-Atorudiy bunday deydilar: «Bizlar toshga ibodat qilardik, agar yaxshiroq toshni topsak, avvalgisini Uloqtirib, boshqasini olardik. Agar tosh topolmasak, tuproqni to‘plab, unga bir qo‘yni olib kelib sutini sog‘ardik, keyin uning atrofida tavof qilardik. Rajab oyi kirishi birlan nayza bormi, kamon o‘qi bormi, barcha tig‘larni qoldirmay, tashlab qo‘yardik. Rasululloh payg‘ambar bo‘lgan kunlarda men qavmimning tuyalarini boqib yuradirgan bir yosh bola erdim. Ushanda payg‘ambar chiqqanligini eshitib, jahannamga, ya’ni Musaylama al-Kazzob tomonga qochganmiz».

Al-Asvad al-Anasiy qissasi Bu yerda yuqoridagi hadislar takroran keltirilgan.

Qayd etilgan