Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483637 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:15:40

Ibn Shihob «Ubaydulloh ibn Abdulloh ibn Utba menga bunday deb aytgan erdi»,— deydilar «Oisha va Abdulloh ibn Abbos raziyallohu anhum aytishlaricha, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlariga dard tekkan kunlari goh xamisa (kiyim) larini yuzlariga tortib qo‘yar, goh siqilib ketib ochib tashlar erkanlarda «Uz payg‘ambarlarining qabrlarini masjid qilib olgan yahudiilaru nasorolarga Olloh taoloning la’nati bo‘lsin!»—deya musulmonlarni ular qilgan ishdan ogohlantirar erkanlar».

Oisha raziyallohu anho Ubaydullohga bunday degan erkanlar: «Men Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bul xususda ko‘p marta murojaat qildim va bu menga sira ham malol kelmaydi, zero odamlarning ul zotdan keyin ul kishining maqomlarini egallagan boshqa biror kishini sevmog‘i mumkinligini qalbimga sira ham jo qilolmayman, chunki hech kimsa ul zotning maqomlarini egallay olmas, aks holda odamlar ul zotni sevmagan, ul zotdan yomonlik ko‘rgan bo‘lurlar!»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:15:49

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bag‘rimda zrkanliklarida jon taslim qildilar, men Janob Rasulullohdan keyin barcha mo‘minlarga ham shunday tez (oson) jon taslim qilmoqlik nasib bo‘lmog‘ini ravo ko‘rgayman!»

Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Ali ibn Abu Tolib raziyallohu anhu Janob Rasulullohning huzurlaridan (ul zot xastalanib o‘lim tushagida yotgan erdilar) tashqariga chiqdilar. Shunda odamlar ul kishidan «Ey Abulhasan, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ahvollari qanday?»—deb so‘rashdi. Hazrat Ali: «Olloh taologa shukur, sog‘ayib qoldilar!» — dedilar. Shunda, Abbos ibn Abdulmuttalib qo‘llaridan tutib, ul kishiga: «Siz, xudo haqi uch kundan so‘ng, asoning quli bo‘lursiz (ya’ni, qo‘lingizga aso tutib, tobut oldida borgaysiz) Men ersam, xudo haqi, Janob Rasulullohni mana shu dardlari olib ketadi, deb o‘ylayman, men Abdulmutalib avlodlarining o‘lim oldidagi qiyofasini yaxshi bilurman. Biz birlan birga ul zotning huzurlariga yuringiz, so‘raylikchi, o‘zlaridan keyin kimni xalifa qilib qoldirmoq niyatida erkanlar. Agar bizni xalifa qilmoqchi ersalar, buni bilib qo‘yaylik, basharti bizdan boshqalarni tayi nlamoqni iroda qilgan ersalar, bundan ham voqif bo‘lib qo‘yaylikki, bizga bu haqda vasiyat qilsinlar!» — dedi. Hazrat Ali unga: «Biz, xudo haqi, agar ul zotdan xalifalik xususida so‘rasak, bizga javob qilmaydilar-da, odamlar ul zot vafot qilganlaridan so‘ng, bizga xalifalikni berishmagay, men bunday deb so‘ramagayman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:16:28

Anas ibn Molik rivoyat kiladilar: «Dushashba kuni musulmonlar bomdod namozini o‘qishayotgan, Abu Bakr Siddiq ersalar ularga imomlik qilayotgan erdilar, nogahon Janob Rasululloh Oisha raziyallohu anhoning hujrasi eshigi pardasini ochib ularga qaradilar-da, tabassum qildilar. Buni ko‘rib Abu Bakr birinchi saf orasiga kirmoqchi bo‘lib, ortlariga tisarildilar, chunki Janob Rasululloh chiqib imomlik qiladilar, deb o‘ylagan erdilar. Namozxonlar ham Janob Rasulullohning eshik oldiga chiqqanlarini ko‘rib, xursand bo‘lganlaridan namozlarini buzib qo‘yay deyishdi. Ul zot «Namozingizni o‘qib tugatingizlar!» degan ma’noda qo‘llari birlan ishora qildilar-da, hujraga qaytib kirib, pardani yopib qo‘ydilar».

Oisha onamizning mavlolari Zakvon rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anho bunday der erdilar: «Olloh taoloning menga ato etgan ne’matlaridan biri — Janob Rasulullohning mening uyimda, mening huzurnmda bo‘ladirgan kunlarida va mening bag‘rimda vafot etg-anlaridur! Olloh taolo Janob Rasululloh vafot etayotgan chog‘larida mening tupugimni (so‘lagimni) ul zotning tupuklariga qo‘shdi. Bu bunday bo‘lgan erdi. (ukam) Abdurrahmon qo‘lida misvok ushlagan holda kirib keldi, men ersam Janob Rasulullohning boshlarini bag‘rimga bosib o‘ltitrgan erdim. Men Janob Rasulullohning ukamning qo‘lidagi misvokka qarayotganlarini ko‘rib, ul zotning misvok birla tish tozalamoqni xushlashlarini esladim-da: «Hozir, men uni sizga olib bergayman».— dedim. Ul zot «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokni ukamdan oldim. Shu asnoda dardlari zo‘raydi. Men ul zotga «Misvokkshng uchini yumshatib beraymi?»—deb erdim, «mayli» deb bosh irg‘ab qo‘ydilar. Men misvokning uchini tishlarim birlanan yumshatib berdim, Oldilarida Hazrat Umar suv solib qo‘ygan bir idish turgan erdi, qo‘llarini unga tiqib, yuzlarini suv birlan arta boshladilar, so‘ng «Lo iloha illallohu, o‘limning talvasalari mavjud» deya qo‘llarini ko‘tarib: «Fir-Rafiq-il-a’lo!» — dedilar-da, jon taslim qildilar, qo‘llari pastga shilq etib tushdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:16:48

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xastalanib, o‘lim to‘shagida yotganlarida: «Ertaga men qaerda bo‘lishim lozim, ertaga men qaerda bo‘lishim lozim?» — deb so‘rayverdilar» («Ertaga Oishaning huzurida bo‘ladirgan kunimmi?» deb aytmoqchilar. Shunda barcha xotinlari: «Ko‘nglingiz tusagan xoti-ningizning uyida yotmog‘ingiz mumkin» deb ul zotga rozilik berishdi. So‘ng, Janob Rasululloh so‘nggi kunlarigacha Oishaning uyida bo‘ldilar). «Ul zot,— deb davom etadilar. Oisha onamiz,— aynan mening uyimda bo‘ladirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar, Olloh taolo boshlari bag‘rimda, tupuklari (so‘laklari) tupugimga qorishiq erkanligida o‘z omonatini oldi. Bu bunday bo‘lgan erdi: (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr ichkariga kirib keldi, qo‘lida misvok bor erdi. Shunda Janob Rasululloh uning qo‘lidagi misvokka qaradilar. Men: «Ey Abdurrahmon, misvokni menga ber!»— dedim, u berdi. Men misvokning uchini sindirib, tishim birlan yumshatdim-da, uni Janob Rasulullohga uzatdim. Ul zot boshlarini bag‘rimga qo‘yganlaricha misvok birlan tishlarini tozaladilar» («Tupuklari tupugimga qorishiq», ya’ni Oisha onamiz misvokning uchini og‘izlariga solib, yumshatib berganlar, Janob Rasululloh ersalar o‘sha misvok birlan tish tozalaganlar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklari birlan qorishgandur).

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:02

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam mening uyimda, mening uyimda bo‘ladirgan kunlarida va mening quchog‘imda vafot etdilar. Ul zot xastalanib qolsalar, xotinlaridan birimiz tepalarida mu’avvizotni o‘qib, Olloh taolodan sihat tilab turar erdik. Bu gal ham xuddi shunday bo‘ldi. Men mu’avvizotni o‘qiy boshlagan erdim, ul zot boshlarini tepaga ko‘tarib, «Fir-Rafiq-il-a’lo, fir-Rafiq-il-a’lo!»—dedilar. Shu asnoda (ukam) Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo‘lida misvok ushlagan holda ichkariga kirib keldi. Janob Rasululloh misvokka qaradilar, men «Misvok birlan tish tozalamoqchi bo‘lyaptilar» deb uni ukamdan oldim, so‘ng uchini sindirib, tishlarim birlan yumshatdim-da, ul zotga uzatdim. Janob Rasululloh u birlan o‘ta xafsala qilib tish tozaladilar, so‘ng men uni qo‘llaridan oldim. Olloh taolo bu dunyodagi so‘nggi va oxiratdagi birinchi kunlarida mening tupugimni UL zotning tupuklariga qorishtirdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:10

Abu Salama bunday deydilar: «Abu Bakr raziyallohu anhu Sunhdagi hovlilaridan ot minib keldilar-da, undan tushib masjidga kirdilar, so‘ng odamlarga gapirmay to‘g‘ri Oishaning hujrasiga kirib, Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning tepalariga bordilar. Janob Rasululloh ustlariga yamaniy mato tashlab qo‘yilgan holda yotar erdilar. Abu Bakr raziyallohu anhu matoni ko‘tarib ul zotning yuzlarini ochdilar, so‘ng egilib yuzlaridan o‘pdilar-da, yig‘lab turib: «Ota-onam sizga fido bo‘lsinlar, Olloh taolo haqi, parvardigor sizga ikki o‘lim bermaydi, ammo peshonangizga yozilgan bir o‘limni ko‘rdingiz»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:19

Abdulloh ibn Abbos bunday deydilar: «Abu Bakr Janob Rasulullohning huzurlaridan chiqqanlarida Umar ibn al-Xattob odamlarga so‘zlab turgan erdilar. Abu Bakr Hazrat Umarga: «Ultiringiz!» — dedilar. Hazrat Umar o‘ltirmadilar. Odamlar Hazrat Umarni tark etib, Abu Bakrning oldilariga kelishdi. Abu Bakr ularga: «Ammo ba’d, sizlardan qaysi biringiz Muhammad sallallohu alayhi va sallamga ibodat qilgan bo‘lsa, ul kishi vafot etdilar va kimki Olloh taologa ibodat qilgan bo‘lsa, Olloh taolo hamisha tirik bo‘lib, hech qachon o‘lmagaydur! Olloh taolo: «Muhammad hammangizga o‘xshagan insondur, sizlardan farqi shuldurkim, ul Ollohning bandalariga yuborgan elchisidur»,— degan»,— dedilar (surai «Oli Imron» ning «ash-Shokirin» degan joyigacha o‘qidilar). Ollohga qasamyod qilib ayturmankim, odamlar Olloh taoloning ushbu oyati karimani nozil qilganidan bexabar kishilardek, Abu Bakr Siddiq tilovat qilganlarida o‘rganib olishdi. Men Abu Bakrdan boshqa biror kishining bu oyatni tilovat qilganini eshitmagandim. Sa’id ibn al-Musayyab Hazrat Umarning «Xudo haqi, bu oyatni Abu Bakr tilovat qilganlaridagina eshitdim. Janob Rasululloh vafot etdilar, deb aytganlarini eshitganimda oyoqlarim bo‘shashib ketib, yerga qulab tushdim»,— deganlarini menga aytib berdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:26

Oisha raziyallohu anho va Ibn Abbos raziyallozhu anhu: «Abu Bakr raziyallohu anhu Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘lganlarida yuzlaridan o‘pdilar»,— deyishadi.

Oisha raziyallohu anho bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kasal bo‘lganlarida og‘izlarining bir chetidan dori tomizdik. Ul zot bizga «Dori tomizmangizlar!» deb ishora qildilar. Biz: «Odatda, kasal dorini xushlamaydi»,— dedik Xushlariga kelganlarida: «Menga dori tomizmangizlar, deb ishora qilmabmidim?!» — dedilar. Biz: «Odatda, kasal dorini yoqtirmaydi, deb o‘yladik»,— dedik, Ul zot: «Bu uyda menga dori tomizganlarning barisining boshiga shu kun tushgaydir, lekin ko‘rib turibmanki, Ibn Abbos bunday qilmagan!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:35

Asvad raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Oisha raziyallohu anhoning huzurlarida Janob Rasulullohning Hazrat Aliga vasiyat qilganlari haqida gapirishdi. Shunda Oisha raziyallohu anho: «Kim shunday deb aytdi? Janob Rasululloh mening quchog‘imda erdilar, tos olib kelmoqla-rini amr qildilar, so‘ng birdan behol bo‘lib jon taslim qildilar, men sezmay qoldim. Qanday qilib Aliga vasiyat qilgan bo‘lishlari mumkin !» — dedilar».

Talha raziyallohu anhu bunday deydilar: «Men Abdulloh ibn Abu Avfodan: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qildilarmi?»—deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. «Unday ersa, odamlar qanday vasiyatga amal qiladilar yoki qanday vasiyatga ko‘ra ish tutadilar?»—dedim. U: «Olloh taoloning Kitobiga muvofiq!»—dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:17:57

Amr ibn al-Hars bunday deydilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o‘zlari minib yuradirgan «Al-Bayzo» ismli tuyalari, qurollari hamda musofirlarga sadaqa etgan yerlaridan bo‘lak na biror dinor, na biror dirham, na biror qul va na biror cho‘ri (joriya) qoldirmadilar».

Anas ibn Molik bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og‘irlashib qolganlarida hushlaridan keta boshladilar. Shunda Fotima alayhossalom otalariga achinib yig‘ladilar. Janob Rasululloh Fotimaga: «Bir kun o‘tgach, otangga aza tutishni bas qilgil!» —dedilar. Fotima alayhossalom ul zot vafot etganlarida: «Olloh taolo chaqirganda labbay, deb javob bergan voy otajonim. joyingiz jannatda bo‘lgur, voy otajonim, Hazrat Jabroilga o‘lganingizni ma’lum qilamiz, voy otajonim!» deb yig‘ladilar. Fotima alayhossalom Janob Rasululloh dafn qilinganlarida: «Oy Anas, Janob Rasulullohning ustlariga tufroq tashlab ko‘ngillaringiz orom oldimi?!» — dedilar».

Qayd etilgan