Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483701 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:24:37

Olloh taoloning qavli: «Ahmoqlar: «Musulmonlarni doimo ibodat qilib kelgan qiblalaridan yuz o‘girmoqlariga nima majbur qildi?» — deb aytgaylar. Shunda siz: «Mag‘rib ham, Mashriq ham Olloh taoloning o‘z mulkidur, u istagan bandasini to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilur!» — deb aytingiz!»

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi sallam Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidilar, ammo, aslida Baytullohning o‘zlariga qibla bo‘lmogini xohlar erdilar. Bir kuni ul zot Baytullohga qarab namoz o‘qidilar, qavm ham birgalashib o‘qidi. Keyin, ul zot birlan birga namoz o‘qigan kishilardan biri namoz o‘qib turgan bir guruh odamlar oldiga borib «Olloh taoloni guvoh qilib ayturmanki, men hozirgina Janob Rasululloh birlan birga Makkaga qarab namoz o‘qidim»—dedi. Shunda boyagi namozxonlar Baytulloh tomonga qarab o‘g‘irilib olishdi. Qibla Baitulmuqaddasdan Baytulloh tomonga o‘zgartirilmasidan ilgari shahid bo‘lganlar ham bor erdi, biz ular xususida nima demog‘imizni bilmas erdik. Olloh taolo «Va Olloh taolo sizlarning iymonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!», «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat qildikki, toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar!» degan oyatlarni nozil qildi»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:24:46

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Qiyomat kuni " Olloh taolo Nuh alayhissalomni da’vat qilganda ul kishi «Labbay, ey rabbim, xizmatingga hoziru nozirman!» deb javob bergaylar. Olloh taolo «Mening hukmlarimni o‘z ummatingga yetkazdingmi?» — deb so‘ragay. Nuh alayhissalom «Ha»,— degaylar. Keyin, ul kishining ummatlariga «Mening hukmlarimni sizlarga yetkazganmidi?»—deyilgay. Ular «Bizning huzurimizga biror ogohlantiruvchi odam kelgan ermas!»—deyishgay. Olloh taolo Nuh alayhissalomga «Mening hukmlarimni ummatingga yetkazganingga kim guvohlik bera oladi?» —degay. Nuh alayhissalom «Muhammad sallallohu alayhi va sallam va ul zotning ummatlari guvohlik berishgay»,— degaylar. Shunda ular Nuh alayhissalomning Olloh taolo hukmlarini o‘z ummatlariga yetkazganliklariga guvohlik berishgay va rasul ham sizlarga guvohlik bergay. Bu Olloh taoloning qavlidur. Olloh taolo «Va shul tariqa biz sizlarni shunday bir adolatli ummat qildikki toki sizlar guvoh bo‘lingizlar boshqa odamlarga va rasul ham sizlarga guvoh bo‘lsinlar va biz siz ilgari yuzingizni qaratib namoz o‘qib yurgan tomonni kimlar rasulga ergashajagini va kimlar orqasiga qaytajagini bilmoq uchungina qibla qilgan erdik va albatta bu muomala og‘ir bo‘lib, uni Olloh taolo hidoyat qilgan bandalargina ko‘targaylar va Olloh taolo sizlarning iimonlaringizni zoe ketkazuvchi ermas, Olloh taolo odamlarga ko‘p mehribon, nihoyatda rahmlidur!» — deydi»

Ibn Umar raziyallohu taolo anhu rivoyat qiladilar: «Odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib « Olloh taolo Janob Rasulullohga Qur’on (vahiy) tushirib, Ka’bani qibla qilmoqni amr qildi»,— dedi. Namozxonlar darhol Olloh taoloning amriga buyin egishib, yuzlarini Ka’baga o‘girishdi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:05

9- bob Olloh taoloning «Yuzingizni osmonga qarata-yotganingizni ko‘rib  turibmiz, endi biz yuzingizni o‘zingizga marg‘ub bulgan qiblaga qarattirurmich, yuzingizni Masjid al-Harom tarafiga qaratingiz!» degan qavli xususida

Anas ibn Molik raziyallohu taolo anhu rivoyat kiladilar: «Ikki qiblaga qarab namoz o‘qiganlardan mendan bo‘lak hech kim qolmadi. Olloh taolo «Va agar siz kitobiylarga barcha dalillarni keltirsangiz ham, ular sizning qiblangizni tan olmaslar va siz ham ularning qiblasini qabul qilmassiz va ular ham ba’zilari ba’zilarin qiblalarin qabul etmaslar va agar siz o‘zingizda vahiy ilmi hosil bo‘la turib, ularning xohishlariga tobi’ bo‘lsangiz, ul holda siz albatta zolimlardan bulursiz!» — deydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:14

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga ushbu kecha Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildilar sizlar ham ka’baga qarab namoz o‘qingizlar!»—dedi. Shunda odamlar Shom tarafga qarab turishgan erdi, darhol yuzlarini Ka’baga o‘girishdi. Olloh taolo «Biz Kitob bergan bandalar Rasulullohni o‘g‘illarini taniganlaridek tanirlar va ulardan bir guruhi xaqiqatni bilib tursalar ham yashirurlar, bu (narsa) parvardigoringizdan (tushirilgan) haqiqatdur, bas shak qilguvchilardan bo‘lmangiz!» —deydi»

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir odam kelib: «Nabiy sallallohu alayhi va sallamga bu kecha Qur’on (vahiy) nozil bo‘ldi. Ul zot Ka’baga qarab namoz o‘qimog‘imizni amr qildilar, sizlar ham o‘sha tomonga yuzlaringizni buringizlar!»—dedi. Shunda namozxonlar Shom tomonga qarab turishgan erdi, darhol Ka’baga o‘girilishdi. Olloh taolo «Va har bir kimsa uchun yuzini qaratadirgan o‘ziga xos tomon bordur, shunday erkan, sizlar xayriyat tomon yuz buringizlar, sizlar qaerda bo‘lsangizlar ham, Olloh taolo barchangizning qoshingizga kelgay, Olloh taolo hamma ishga qodirdur!» - deydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:22

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bi an birga Baytulmuqaddasga qarab o‘n olti yoki o‘n yetti oy namoz o‘qidik, so‘ng ul zot qiblani Ka’ba tomonga o‘zgartirdilar. Olloh taolo: «Va siz qaerdan chiqib kelsangiz ham, yuzingizni Masjid rl al-Haromga qaratingiz va bu parvardigoringiz tarafidan tushirilgan haq hukmdur va Olloh taolo sizlarning amallaringizdan g‘ofil ermasdur!» —deydi».

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat kiladilar: «Bir payt odamlar Qubo masjidida bomdod o‘qib turishgan erdi, bir kishi kelib: «Bul kecha Olloh taolo Qur’on (vahiy) nozil qilib, Ka’baga qarab namoz o‘qimoqni amr qildi, sizlar ham o‘sha tomonga qarangizlar!» — dedi. Namozxonlar darhol yuzlarini Ka’baga burishdi, ular avval Shom tarafga qarab namoz o‘qishayotgan erdi. Olloh taolo: «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin (Safo va Marva) oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas va kimiki o‘z rag‘bati ila yaxshilik qilsa, Olloh taolo albatta taqdirlovchi, biluvchidur!» —deydi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:31

Hishom ibn Urvaning otalari bunday degan erkanlar: «Men yosh bola bo‘la turib, Nabiy sallallohu alayhi va sallamning zavjalari Oisha raziyallohu anhoga: «Olloh taoloning «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur (udumlaridandur), bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh-«ermas» degan oyati haqida nima deysiz? Men Safo va Marvani tavof qilmagan odam gunohkor bo‘lmaydi, deb hisoblayman»,— dedim. Oisha onamiz: «Aslo unday ermas, agar bu oyatning tafsiri sen aytganingcha bo‘ladirgan bo‘lsa, unda Safo va Marvani tavof qilmasa ham, gunohkor bo‘lmas erkan-da?! Ammo, bu oyat ansorlar xususida nozil bo‘lgan bo‘lib, ular (musulmon bo‘lmoqlaridan avval) Manot degan butga tahlil aytishar erdi. Shu boisdan ular Safo va Marvani tavof qilmoqqa botinishmas erdi. Islom joriy bo‘lib, musulmon bo‘lganlaridan so‘ng, Janob Rasulullohga shul haqda savol berishdi. Shunda Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oraligida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimani nozil qildi»,— dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:38

Osim ibn Sulaymon rivoyat qiladilar: «Men Anas ibn Molikdan Safo va Marva haqida so‘radim. Shunda, u: «Biz bu ikkisini tavof qilmoqni johiliyat davridan qolgan udum, deb hisoblab yurar erdik. Islom joriy bo‘lgach, ularni tavof qilmay qo‘ydik. Shunda, Olloh taolo «Darhaqiqat, Safo va Marva Olloh taoloning nishonlaridandur, bas kimiki Baytullohga haj qilsa yoki umra qilsa, bu ikkisin oralig‘ida sa’y qilmoq unga gunoh ermas» degan oyati karimasini nozil qildi»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:25:56

10- bob. Olloh taoloning «Va ba’zi odamlar borki, ular Olloh taolodan  bo‘laklarni unga sherik qilurlar» degan qavli xususida

Abdulloh raziyallohu anhu rivoyat hiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam bir so‘z aytdilar, men ham bir so‘z aytdim. Ul zot: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilgan odam o‘lsa, jahannamga tushgay»,— dedilar. Men: «Olloh taolodan bo‘laklarni unga sherik qilmagan odam o‘lsa, jannatga tushgay»,— dedim. Olloh taolo: «Ey mo‘min-lar, o‘ldirilgan ozod odam badaliga ozod odamni, qul badaliga qulni, xotin badaliga xotinni o‘ldirmoq sizlarga farz qilindi. Bas, kimki o‘ldirilgan odamning vorislari tarafidan afv qilinsa, ul buning uchun qoidaga muvofiq yaxshiliklar qilsin va bul sizlarga parvardigoringiz tarafidan ato etilgan yengillik va marhamatdurkim, kimki bundan buyon ham qotillik qilmoqda davom eqa, ul alamli azob-uqubatga duchor qilingaydur!»—d yeydi».

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Banu Isroilda o‘ldirilgan odam uchun qasos olishar, xun haqi olishmas erdi. Olloh taoloning (yuqoridagi) oyati o‘shalar xususida nozil qilingandur».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:26:04

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam. «Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar».

Humayd raziyallohu anhu Anas raziyallohu anhu haqlarida bunday deydilar: «Uning cho‘risi bir joriyaning tishini urib sindirib qo‘ydi. Odamlar uni afv qilmoqlarini iltimos qilishdi. Tishi sindirilgan joriyaning egalari bunga ham, xun haqi olmoqqa ham ko‘nishmadi. Keyin, hammalari birgalashib Janob Rasulullohning huzurlariga borishdi, joriyaning egalari ul zotning qoshlarida ham «Faqat qasos» deb turib olishdi. Shunda, Janob Rasu-lulloh qasos olmoqni (ya’ni, tish uchun tish sindirmoqni) amr qildilar. Anas: «Yo Rasulalloh, uning tishi sindiriladimi? Sizni haqiqat ila yuborgan zot haqi, tishi sindirilmasin!» — dedi. Ul zot: «Yo Anas, Olloh taoloning Kitobi — qasosdur!» — dedilar, shundan so‘ng joriyaning egalari qasos olmaslikka ko‘nishib, cho‘rini afv qilishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taoloning bandalaridan kimki Olloh taoloning nomini aytib qasam ichsa, qasamiga vafo qilmog‘i lozim!»—dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 08:26:17

11- bob. Olloh taoloning «Ey mo‘minlar, ro‘za tutmoq o‘zingizdan avvalgilarga farz qilingani yanglig‘, sizlarga ham farz qilindi, shoyad sizlar parhezgor bo‘lsangizlar!» degan qavli xususida

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Johiliyat ahli ashuro oyida ro‘za tutur erdi, ramazon oyida ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, Janob Rasululloh: «Ashuro oyi ro‘zasini xohlaganlar tuqin, xohlamaganlar tutmasin!» — dedilar».

Oisha raziyallohu taolo anho rivoyat qiladilar: «Ramazondan ilgari ashuro oyida ro‘za tutilar erdi. Ramazonda ro‘za tutmoq haqida oyat nozil bo‘lgach, ashuro ro‘zasini istagan tutdi, istamagan tutmadi».

Qayd etilgan