Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483763 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 114 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:59:19

30-bob. Olloh taoloning qavli: «Ollohning huzuriga qaytariladigan kundan qo‘rqingizlar!»

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Baqara» surasining Payg‘ambar alayhissalomga nozil bo‘lgan oxirgi oyati sudxo‘rlik haqidagi oyatdur»,— deydilar (Bu oyat suraning oxiriga joylashtirilmagan bo‘lsa-da, oxirgi oyatdur).

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:59:34

31-bob. Olloh taoloning qavli: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting, Olloh baribir ularni hisob-kitob qilib qo‘ygay. Olloh o‘zi xohlagan kishini mag‘firat qilgay va xohlaganini azoblagay, Olloh hamma narsaga qodirdur»

Abdulloh ibn Umar raziyallohu ahnu: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyat mansuxdur»,— dsydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:59:52

32-bob. Olloh taoloning qavli: «Payg‘ambar parvardigoridan o‘ziga nozil qilingan narsaga iymon keltirdi»

Ibn Abbos: «Oyatdagi «isran» so‘zi—«majburiyat», «g‘ufronaka» so‘zi «mag‘firatingni» ma’nosida, ya’ni «Bizning gunohlarimizni kechirgin!» deganidur»,— deydilar.

Marvon al-Asfar bunday deydilar: «Payg‘ambar alayhissalomning sahobalaridan bo‘lmish bir kishi, menimcha Abdulloh ibn Umar: «Ichingizdagi narsani xoh oshkor, xoh maxfiy tuting» degan oyatni keyingi oyat bekor qiladi»,— deydilar»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:00:12

BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI
«OLI IMRON» SURASI

1-bob. («Oli Imron» surasida uchraydigan ayrim so‘zlar tafsiri)

   
«Tuqotun» va «taqiyyatun» so‘zlari bir ma’noda bo‘lib, :ehtietkorlik, saqlanish» demakdur. «Sirrun» — «sovuq», «shafo hufratin»— «chuqurning labi», «tubavviu> — «jang maydoniga tartib birlan joylashtirar erdingiz», «al-musavvam» ersa «qashqador, xoldor» degan ma’nodadur. Mujohid: «Al-Xayl al-musavvam» — «Go‘zal, ajoyib otdur»,— deydilar. «Ribbiyyuun» so‘zi «ribbiyyun» so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «xudojo‘ilar» demakdur. «Tahussuunahum» so‘zi «Ularni qo‘porib tashlar erdingizlar, ya’ni o‘ldirur erdingizlar» degan ma’nodadir. «G’uzzun» so‘zi «g‘ozin»so‘zining ko‘pligi bo‘lib, «goziylar» demakdur. «Sa-Naktu-bu» — «Yozib saqlab qo‘ygaymiz» degani, «nuzulun» — «savob, ya’ni Olloh taolo tarafidan nozil qilingan mukofot»dur. Ibn Jubayr: «Hasuurun» so‘zi «Xotinga yaqinlik qilolmaydirgan kishi»,— deydilar. Ikrima: «Min favrihim» — «g‘azab(lari) birlan» degani»,— deydilar. Mujohid: «Tux-riju-l-hayya» iborasi «(Ulikdan) tirikni paydo qilursan» degan ma’noda bo‘lib, «nutfa» — «erkak maniysi» o‘lik holda chiqadi, undan Olloh taolo tirik jonni paydo qiladi»,— deydilar. «Al-Ibkor»—«subh, tong», «al-ashiy» — "shom" demakdur.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:00:39

2-bob. Qur’ondagi o‘zi ravshan (tugal), boshqa oyatlar yordamida to‘ldirilmaydirgan oyatlar xususida

Mujohid Qur’ondagi, jumladan «Oli Imron» surasidagi tugal oyatlar xususida fikr yuritib, bunday deydilar: «Bunday oyatlar Olloh taoloning halol va harom to‘g‘risidagi ahkomlari bo‘lib, qolganlari o‘xshash oyatlardur. Olloh taoloning quyidagi «Olloh taolo (Qur’onda pashsha, o‘rgimchak kabi nimarsalarni misol qilish birlan) fosiqlar-nigina gumroh qilur» («Baqara» surasi), «Olloh aqlsiz bandalarini kofirlik qazorati birlan bulgagay» («Yunus» surasi), «Olloh hidoyat topgan bandalariga hidoyatini yanada ziyoda qilgay» («Muhammad» surasi) kabi qavllari shular jumlasidandur. «Zaygun» so‘zi «shak» ma’nosida bo‘lib, «Oli Imron» surasining «Dillarida shak bo‘lganlar fitna chiqarmoq uchun o‘xshash, kishini ikkilantiradirgan oyatlarga rioya qiladilar» degan oyatida mavjud. «Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa). «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. «Oli Imron» surasi)»,

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:00:47

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh «-Ul o‘shal zotdurki, sizga Kitob tushirdi, undan ba’zi oyatlar ma’nosi ravshan bo‘lib, ular Kitobning asosini tashkil qiladi, boshqalari ersa ma’nosi oydin bo‘lmagan oyatlardur. Bas, qalbida shubhasi bo‘lgan kishilar fitna chiqarish uchun ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiladilar, holbuki bunday oyatlarning Olloh taoloning o‘zigina biladi. Ilmda sobitqadam bo‘lganlar (ersa): «Bizlar bu (Kitobga) iymon keltirdik, uning barcha oyatlari parvardigorimiz tarafidan nozil qilingandur»,— derlar. Aqlli kishilargina pandu nasihatni qabul qiladilar» degan oyatni tilovat qilgach «Agar ma’nosi ravshan bo‘lmagan oyatlarga rioya qiluvchi kishilarni ko‘rsang, bilgilki, Olloh taolo «Ulardan hazar qilingizlar!» deb aytgandur»,— dedilar»

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:00:59

3-bob. Olloh taoloning qavli: «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman»

Abu Hurayra raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh: «Har qanday chaqaloqni tugilayotgan» paytida shayton chimchilaydi, shundan chaqaloq chirqirab yiglaydi, ammo Maryam va uning o‘glini shayton chimchilay olmagan»,— dedilar. Agar xohlasangizlar «Darhaqiqat, men bu qizni va uning zurriyotini mardud shayton yomonligidan asragil, deb sening panohingga topshirgayman» degan oyatya karimani o‘qingizlar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:01:21

4-bob. Olloh taoloning qavli: «Darqaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba  yo‘qdur... ular uchun alamli azob bordur»

Abdulloh ibn Masud raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish maqsadida yolg‘on qasam ichsa, Olloh taolo qiyomatda uni darg‘azab bo‘lib qarshilagay», deb erdilar, Olloh taolo buning tasdiqi uchun «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradirgan kimsalar uchun oxiratda hech bir nasiba yo‘qdur, qiyomat kuni Olloh ularga gapirmaydi ham, rahmat nazari birlan qaramaydi ham, gunohlarini kechirmaydi ham, ular uchun alamli azob bordur» degan oyatni nozil qildi. Shu asnoda Ash’as ibn Qays ichkariga kirib keldi-da: «Abu Abdurrahmon sizlarga ne deyotir? - deb so‘radi. Biz: «Shunday va shunday dedi, deb aytdik. Ash’as: «Bu oyat mening haqimda nozil bo‘lgan. Amakivachchamning yerida menga qarashli quduq bor erdi. Biz bu quduqni talashib qoldik. Rasululloh: «Yo sening daliling bo‘lishi kerak yoki amakivachchagn qasam ichsin!» - dedilar. Men: «Yo Rasululloh, unday bo‘lsa, u qasam ichsin!» -dedim. Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki musulmon kishining molini tortib olish uchun yolg‘on qasam ichsa, o‘zi fojir bo‘lib, qiyomat kuni Olloh unga g‘azab qiladi», - dedilar», - dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:01:39

Abdulloh ibn Abu Avfo   rivoyat qiladilar: «Bozorda bir odam bir matoni
o‘lchatib olib, sotuvchiga pulni   bermay «Matoning puli berildi» deb qasam ichib turib oldi, holbuki matoning pulini bermagan erdi. Bu birlan u bir musulmonni chuv tushirmoqchi bo‘ldi.Shunda «Darhaqiqat, Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotibyuboradigan kimsalar uchun ohiratda hech bir nasiba yo‘qdir» degan oyat nozil bo‘ldi».

Ibn Abu Mulayka bunday deydilar: «Bir uyda ikki hotin yamoqchilik qilardi. Bir kuni ulardan biri kaftiga igna sanchilgan holda odamlar oldiga chiqib, «Buni dugonam qildi» deb da’vo qildi.Bu hususida taftish yurutmoqni Ibn Abbosga topshirishdi. Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Agar odamlarning da’vosiga tayanibgina chora ko‘rilsa, qavmning qoni xam moli ham zoe ketadi» deganlar. Ayolga «Darhaqiqat Ollohga bergan ahdu qasamlarini arzimas pulga sotib yuboradigan kimsalar» degan oyatni o‘qib beringizlar!»-dedi. Odamlar ayolga Ollohni eslatib, mazkur oyatni o‘qib berishdi, shunda ayol aybini e’tirof qildi».

Ibn Abbos: «Janob Rasululloh «Ayblanuvchiga qasam ichirilmog‘i lozim» deb aytganlar»,- deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 07:02:09


5-bob. Olloh taoloning qavli: «Ey ahli kitoblar, bizga ham sizga ham teng bo‘lgan so‘zga kelingizlar,Ollohning yolg‘iz o‘zigagina ibodat qilaylik!» deb aytgil.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Quyidagini Abu Sufyon menga o‘z ogzi bilan gapirib berdi: «Rasululloh birlan mening o‘rtamda tuzilgan sulh vaqtida Shomga bordim. U yerdaligimda Hiraqlga Payg‘ambar alayxissalomdan maktub keltirildi. Bu maktubni Dihya Al Kalbiy Busro xokimiga, xokim ersa uni Hiraqlga yetkazgan erdi. Hiraql xatni olgach, o‘z odamlaridan «Bu yerda o‘zini payg‘ambar, deb da’vo qilayotgan kishining qavmidan biror odam bormi ?» deb so‘radi. Unga: «Bor» deb javob berishdi va men birlan bir necha qurayshliklarni saroyga olib kirishdi. Biz Hiraqlning huzuriga kirdik, bizni uning ro‘parasiga olib kelishdi. Hiraql «qaysi biringiz o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishiga nasab jihatdan yaqinroqsiz?» deb so‘radi. Shunda men o‘zimning yaqinroq ekanligimni aytdim. Keyin, meni Hiraql birlan yuzma-yuz, sheriklarimni ersa mening orqa tomonimga o‘tirg‘izdilar. Hiraql tarjimonini chaqirib, unga «Sheriklariga ayt, men mana bu odamdan o‘zini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi to‘g‘risida so‘rayman, agar u menga yolg‘on gaiprsa, sheriklari uning yolg‘on gapirayotganini aytisnlar!» deb amr qildi.Men o‘zimga o‘zim «hudo haqi, agar sheriklarim mening yolg‘on gapirganimni fosh qilmaslar erdi, yolg‘on gapirgan bo‘lardim!» deb qo‘ydim. So‘ng, Hiraql o‘z tarjimoniga: «Uzini payg‘ambar deb da’vo qilayotgan kishi oralaringizda qanday nasabga ega deb undan so‘ragil!» dedi. Men: «Ul kishi ormizda baland nasab egasidir», - dedim. Hiraql: «Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi?» - dedi. Men: « Yo‘q» dedim. Hiraql: « Payg‘ambarlikni da’vo qilmasdan ilgari uni yolg‘onchilikda ayblar erdingizlarmi?»-dedi. Men: «Yo‘q» -dedim. Hiraql: «Unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi?» -dedi. Men: «Zaiflar ergashyapti»,- dedim. Hiraql: «Ularning soni ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi?»-dedi. Men: «Ko‘payyapti» dedim. Hiraql: «Uning diniga kirganlardan biror kishi undan qaytyaptimi?»-dedi. Men: «Io‘q» -dedim. Hiraql: «Unga qarshi jang qildingizlarmi?» - dedi. Men: «Ha» dedim. Hiraql: «Unga qarshi qilgan jangingiz qanday bo‘lgan erdi?» dedi. Men: «Urtacha, gox ular bizga, goho biz ularga shikast yetkazar erdik, ba’zan ular ba’zan biz g‘alaba qilar erdik»,-dedim.Hiraql: «Hiyonat qilarmidi?» - dedi. Men: «Io‘q"ž biz u kishidan olislarda yuribmiz, bir qancha vaqtlardan beri ne ishlar birlan band, behabarmiz», - dedim. Xudo haqi, Hiraql bundan boshqa gap aytishimga imkrn bermadi-da: «Bu gapni undan ilgari biror kishi aytganmidi?» - dedi. Men: «Yo‘q», - dedim.So‘ng, Hiraql (tarjimoni orqali) menga bunday dedi: «Uning nasabini so‘rasam, nasabi baland, deb aytding, payg‘ambarlar aynan shunday bo‘ladi. Uning ota-bobolari ichida podshoh bo‘lganlar bormi, deb so‘rasam, yo‘q deding. Agar ota-bobolari ichida podshox o‘tgan biror kishi bo‘lganida erdi, men u o‘shaning mulkini talab qilyapti, degan bo‘lur erdim. Keyin, men sendan unga zodagonlar ergashyaptimi yoki zaiflarmi, deb so‘radim. Sen unga zaiflar ergashyapti, deding. Payg‘ambarlarga doimo zaiflar ergashadi. Uni ilgari yolg‘onchilikda ayiblagan erdingizlarmi, deb so‘rasam, sen yo‘q, deb aytding. Men bildimki, u ilgari ham odamlarga yolg‘on gapirmagan, bunday odam Olloh taolo haqida yolg‘on so‘zlamaydi. Uning diniga kirganlar undan g‘azab qilib dindan qaytyaptimi, deb so‘raganimda ham, sen yo‘q, deb aytding. Iymon qalblarga huzur baxsh etganda xuddi shunday bo‘ladi. Ular ko‘payyaptimi yoki ozayyaptimi, deb so‘rasam, sen ko‘payyapti, deb javob qilding. Iymon ana shunday tobora barkamollashib borgay. Unga qarshi jang qildingizlarmi, deb so‘raganimda, sen jang qilganingizni, ba’zan ular, ba’zan sizlar ustun kelganingizni aytding. Payg‘ambarlar ham ana shunday mag‘lubiyatga uchrab turgaylar, ammo pirovardida ularning qo‘li baland bo‘lgay. Keyin, u xiyonat qiladimi. deb so‘radim. Sen uning xiyonat qilmasligini aytding. Payg‘ambarlar ana shunday xiyonat qilmagaylar. U payg‘ambarlik da’vosini qilmasidan burun boshqa biror kishi shunday da’vo birlan chiqqanmidi, deb so‘rasam, sen yo‘q deding. Agar undan ilgari biror kishi shunday deb da’vo qilib chiqqan bo‘lganida erdi, men u ilgarigi odamning gapiga taqlid qilyapti, degan bo‘lur erdim». So‘ng, Hiraql mendan «U sizlarni nima qilmoqqa buyuradi?» deb so‘radi. Men: «U bizni namoz o‘qimoqqa, zakot bermoqqa, silai rahm (qarindoshlarga oqibat) qilmoqqa va poklikka buyuradi»,— dedim. Hiraql: «Sening gaplaring chin bo‘lsa, shubhasiz u payg‘ambardur. Men payg‘ambar chiqishini bilar erdim-u, lekin sizlarning orangizdan chiqishini bilmas erdim. Agar imkon topsam, u birlan jon deb uchrashgan bo‘lar erdim. Agar uning huzurida bo‘lsam, oyoqlarini yuvib qo‘ygan bo‘lar erdim. Uning mulki (davlati) mening oyoqlarim ostidagi yergacha yetib kelgay!»—dedi-da, Janob Rasulullohning maktublarini olib kelishni buyurdi. U xatni o‘qib ko‘rdi, unda «Bismillohir rahmonir rahiymi. Olloh taoloning rasuli bo‘lmish Muhammaddan Rum boshlig‘i Hiraqlga. Hidoyat topganlarga salom! Ammo ba’d: seni islomga da’vat etaman, islomni qabul qil, tinch bo‘lursan. Olloh buniig uchun senga ikki barobar ko‘p ajru savob ato etgay. Agar bosh torqang, barcha ariysiylar (dehqonlar)ning (ya’ni, barcha fuqarolaringning gunohi) sening bo‘yningdadur. Olloh taolo: «Ey ahli kitoblar, bizlar birlan sizlarning o‘rtangizda barobar bo‘lgan so‘zga kelingizlar, Olloh taolodan o‘zgaga ibodat qilmaylik va unga hech kimni sherik qilmaylik, va Olloh taoloni qo‘yib ba’zimiz ba’zimizni tangri deb bilmaylik, deb ayt va agar ular yuz o‘girsalar, sizlar guvoh bo‘lingizlarki, biz albatta xudoning itoatkor bandalarimiz, deb aytingizlar!»—degandur» deb yozilgan erdi. Hiraql maktubni o‘qib bo‘lishi birlan uning huzurida g‘ala-g‘ovur ko‘tarilib, baqir-chaqirlar kuchaydi. So‘ng, u bizni chiqib ketishimizni amr qildi.

Qayd etilgan