Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 482509 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 114 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:06:04

Ibn Abbosdan natsl tsilinadiki, Janob Rasululloh. «Men Uhud janggi kuni Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, ul zot jang anjomlarini kiyib olgan bo‘lib, otlari jilovini tortib turgan erdilar»,— debdilar.

Uqba ibn Omirdan rivoyat tsilinadiki, Janob Rasululloh 8 yildan so‘ng Uhud janggi shahidlari qabri tepasiga kelib, go‘yo vidolashayotgandek o‘liklar va tiriklar haqiga Do‘o qildilar. Keyin, minbarga chiqdilar-da: «Albatta, men sizlarning yo‘lboshchingizman va sizlarning iymonlarin-gizga guvohman, sizlar birlan endi Havzi Kavsar bo‘yida ko‘rishamiz, men mana sho‘ joyimda turib uni ko‘ryapman. Men sizlar mushrik bo‘lib ketasizlar, deb ko‘rqmayman, lekin mol-dunyo sizlarni yengib qo‘ymasaydi, deb qo‘rqaman»,— dedilar. «Shunda men Janob Rasulullohni so‘nggi bor ko‘rgan erdim»,— deydilar roviy.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:06:56

Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Uhud kuni biz mushriklarga ro‘baro‘ bo‘ldik. Janob Rasululloh kamonchi merganlarni tepalik ustiga joylashtirib, ularga Abdulloh ibn Jubayrni amir qilib tayinladilar-da, «Bizning g‘alaba qilganimizni ko‘rsangizlar ham, yengilganimizni ko‘rsangizlar ham joyingizdan jilmangizlar, yordamga oshiqmangizlar!» — dedilar. Dushman birlan to‘qnashganimizda ular tumtaraqay qochib qoldilar, hattoki toqqa tirmashgan ayollarining boldirlari ochilib qolib, taqinchoqlari ko‘rinib turganini ko‘rdim. Shunda merganlar: «Ana o‘lja, ana o‘lja!» —deb ochko‘zlik qila boshladi-lar. Amir Abdulloh ibn Jubayr ularga Janob Rasulullohning «Jilmangizlar!» deb buyurganlarini eslaqalar ham, itoat qilmadilar. Natijada ish chappasiga ketib, musulmonlardan 70 kishi shahid bo‘ldi. Mushriklarning boshlig‘i Abu Sufyon tirik qolgan musulmonlar oldiga kelib: «Orangizda Muhammad bormi, nega indamaysizlar? Orangizda Abu Qahhofa (Abu Bakr Siddiq) bormi, nega javob bermaysizlar? Orangizda Ibn Xattob bormi, nega javob bermaysizlar? Demak, ular o‘ldirilganlar, agar tirik bo‘lganlarida erdi, javob bergan bo‘lur erdilar»,— dedi. Umar raziyallohu anhu o‘zlarini tutib turolmay: «Ey Olloh taoloning dushmani, yolg‘on aytyapsan, hali shoshmaytur, Olloh taolo seni albatta g‘am-g‘ussaga botirgay!»—dedilar. Shunda Abu Sufyon: «Hubal buyukdur!» — dedi. Janob Rasululloh: «Javob qaytaringizlar!»—dedilar. Sahobalar: «Nima deymiz?»—deganlarida, ul zot: «Olloh taolo buyuk va ulug‘dur!» deb aytingizlar»,— dedilar. Abu Sufyon: «Bizning Uzzomiz bor, sizlarning Uzzolaringiz yo‘q» — deganda, Janob Rasululloh: «Olloh taolo bizning mavlomiz (egamiz), sizlarning ersa, egalaringiz yo‘q!" — deb aytishni o‘rgatdilar. Abu Sufyon: «Bugungi kun Badr kuni uchun qasos bo‘ldi, urushda zafar goh u tomonga, goh bu tomonga o‘tadi. Jang maydoniga boqsangizlar, men buyurmagan va menga zarari ham bo‘lmagan bir dalilning shohidi bo‘lasizlar»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:07:10

Jobir ibn Abdulloh aytadilarki, Uhud kuni bir necha kishi ichkilik ichgan holda jangga kirib, shahid bo‘libdi (Islomda ichkilik Uhud janggidan bir qancha vaqt keyin harom qilingan).

Ibrohim raziyallohu anhudan naql qilinadiki, «Abdurrahmon ibn Avfga taom keltirildi, u kishi ro‘zador erdilar. Shunda ul kishi: «Mus’ab ibn Umayr o‘ldirildi, vaholanki u mendan yaxshiroq erdi. Kafanligi yo‘qligidan libosiga o‘rab ko‘mildi, libosi kaltaligidan oyog‘ini yopsa, boshi, boshini yopsa, oyog‘i ochilib qolar erdi. Keyin, Amir .Hamza ham shahid bo‘ldi, vaholanki ul ham mendan yaxshiroq erdi. Bizga ersa, bisyor mol-dunyo berildi. Qo‘rqamizki, barcha yaxshiliklar shu dunyodayoq berilib, oxiratda nasibamiz qolmadimikan?» — dedilar-da, xo‘ngrab yig‘lay boshladilar" hatto taom ham yemadilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:07:54

Jobir ibn Abullohdan naql qilinadiki, «Uxud kuni bir odam Janob Rasulullohga: «Nima deysiz, men agar hozir o‘ldirilsam, qaerda bo‘laman?» — dedi. «Jannatda»,— dedilar Janob Rasululloh. Shunda u qo‘lidagi hurmolarni otib yubordi-da, jangga kirib ketdi va shahid bo‘ldi».

Xabbob raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Olloh taolo rizoligi uchun Janob Rasululloh birlan birga hijrat qildik. Olloh taolo bizga ajru savob ato etmoqni o‘z zimmasiga oldi. Ba’zi birimiz o‘sha ajru savobdan olib ulgurmay dunyodan o‘tib ketdi. Masalan, Mus’ab ibn Umayr. Ul kishi Uhud kuni o‘ldirildilar, o‘zlaridan hech qanday mol-dunyo qoldirmadilar, faqat bitta jundan to‘qilgan choponlari bo‘lib, boshlariga yopsak, oyog‘lari, oeg‘lariga yopsak, boshlari ochilib qoldi. Shunda Janob Rasululloh bizga: «Choponi birlan boshini o‘rangizlar, oyog‘iga ersa izxir tashlab qo‘yingizlar!» — deb amr qildilar. Biroq, oramizda bul dunyoda mukofotini olib, ayshini surib yurganlar ham bordur».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:08:14

Anas ibn Molik raziyallohu anhudan naql qilinadiki, ul kishining amakilari Anas ibn Nazr Badr janggida qatnasholmagan erdilar, Shu boisdan ham ul kishi: «Men Janob Rasululloh qatnashgan eng ulug‘ jangda bo‘lolmadim. Agar Olloh taolo meni Janob Rasululloh bo‘lgan jangda shahid qilganda erdi, men bunchalik alam chekmagan bo‘lur erdim!»—deb qattiq afsus chekardilar. Nihoyat, Uhud janggida qatnashish baxtiga muyassar bo‘ldilar. Jangda musulmonlar qocha boshladi. Shunda Anas ibn Nazr: «Yo Olloh, musulmon birodarlarimning qilmishi uchun sendan uzr so‘rayman, mushriklar ofatidan o‘z panohingda asragil!» — deya qilich yalang‘ochlab oldinga tashlandilar Shu asnoda Sa’d ibn Muozga duch kelib: «Ey Sa’d, qaerga qochyapsan? Uhud yonidan dimog‘imga jannat hidi anqiyapti!»—dedilar-da, jangga kirishdilar va shahid bo‘ldilar. Jasadlari odam tanimas bo‘lib ketgan erdi. Singillari ul kishini xollaridangina (yoki barmoqlaridangina) tanib oldi. Jasadlarida nayza, gurzi, qilich zarbi hamda kamon o‘qidan hosil bo‘lgan 80 dan ortiq jarohat bor erdi».

Zayd ibn Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Qur’ondan nusxa ko‘paytirayotgan vaqtimizda «Ahzob» surasidagi bir oyatni topmadim. Bu oyatni Janob Rasululloh o‘qiganlarida eshitgan erdim. Usha oyatni ko‘p qidirib, oxiri Huzayma ibn Sobit al-Ansoriydan topdik. Bu oyat quyidagicha: «Shunday mo‘min kishilar borki, ular Olloh taologa qilgan ahdu paymonlarida ustivor turdilar. Ularning ba’zilari maqsadlariga yetib, shahid bo‘ldilar, ba’zilari muntazirdurlar». Biz bu oyatni Mushafdagi tegishli suraga qo‘shib qo‘ydik».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:08:30

Zayd ibn Sobit rivoyat qiladilar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Uhudga chiqqanlarida, ul zot birlan birga chiqqanlarning bir qismi ortiga qaytib ketdi. Shunda Janob Rasululloxning sahobalari ularga nisbatan chora ko‘rmoqlik xususida ikki guruhga bo‘linib qoldilar, ba’zi sahobalar «o‘ldiramiz» deyishsa, ba’zi sahobalar («shoyad, musulmon bo‘lsalar» degan o‘y birlan) «o‘ldirmaymiz» deyishdi. Shu asnoda Olloh taolo quyidagi oyati karimasini nozil qildi: «Bas, nima bo‘ldi sizlargaki, munofiqlar xususida ikki guruh bo‘lib oldingizlar, holbuki Olloh taolo ularni yomon amallari sababidan ortlariga qaytardi». Zayd ibn Sobit so‘zlarida davom etib: «Darhaqiqat, Madina pok joy bo‘lib, olov kumush tarkibidagi begona jismlarni ketkazgandek, gunohlarni ketkazadi dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:09:26

18-bob

Olloh taoloning qavli: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang, vaholanki Olloh ularning do‘stidur. Mo‘minlar Ollohga tavakkal qilsinlar!»

Jobir ibn Abdulloh: «(Ey Muhammad!) Sizlardan ikki toifaning (qo‘rqoqlik qilib jang maydonidan) qochmoqchi bo‘lganini bir eslang...» degan oyati karima bizning, ya’ni Banu Salama va Banu Horisa to‘g‘risida erdi. Koshkiydi, bul oyat nozil qilinmagan bo‘lsa! Chunki, Olloh taolo: «... vaholanki, Olloh ularning do‘stidur»,— deydi»,— deydilar.

Jobir. ibn Abdulloh; rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh mendan: «Ey Jobir, uylandingmi?» — deb so‘radilar. Men: «Ha»,— deb javob berdim. «Qiz bolaga uylandingmi yoki juvongami?» — deb yana so‘radilar. Men: «Yo Rasulalloh, juvonga uylandim!» — dedim. «Qiz bolaga uylansang bo‘lmasmidi, senga muhabbat qo‘yardi!» — dedilar Janob Rasululloh. Men: «Yo Rasulalloh, otam Uhud jangida o‘ldirilib, menga 9 ta qizni tashlab ketdilar. Men 9 ta opa-singillarim birlan qoldim. Ularga o‘zlariga o‘xshagan yana bitta esi past qizni qo‘shib ko‘yishni ma’qul ko‘rmadim. Xotinim ularni yuvib-taraydi, xizmatini qiladi»,— dedim. Janob Rasululloh: «To‘g‘ri qilibsan!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:10:08

Jobir ibn Abdullohdan nakl qilinadiki, u kishining otalari Uhud janggida shahid bo‘lib, qarzlari va 6 ta qizlari Jobirga qolgan erdi. (Bundan oldingi hadisda 9 ta qiz, bu yerda ersa «6 ta» deb keltirilishining boisi shuki, Jobirning opa-singillari hammasi 9 ta bo‘lib, otalari shahid bo‘lganlarida 3 tasi turmushga uzatilgan, 6 tasi ersa yosh qolgan erdi). Jobir ibn Abdulloh bunday deydilar: «Xurmo hosilini teradigan paytda Janob Rasulullohning qoshlariga kelib: «Uzingiz bilasiz, otam Uhud janggida shahid bo‘lganlar, u kishidan menga katta qarz qolgan. Men otamga qarz bergan kishilarni ko‘rsatmoqchiman»,— dedim. Shunda Janob Rasululloh: «Borgin, har bir daraxt hosilini alohida to‘plab qo‘ygin» — deb buyurdilar. Men aytganlaridek to‘plab, so‘ng ul zotni chaqirdim. Haqdorlarim Janob Rasulullohni ko‘rib menga shu ondayoq yaxshi muomala qila boshladilar. Ularning tilyog‘lamachiligini sezgan Janob Rasululloh hurmo to‘plaridan eng kattasini uch bor yig‘ishtirib o‘zlariga yaqin tortdilar-da, ustiga o‘ltirib oldilar. Keyin: «Qani, sheriklaringni chaqir!» — deb buyurdilar. Ularning hammasiga o‘lchab berdilar. otamning barcha qarzlari uzildi. Men: «Otamning barcha qarzlari uzilsa-yu, singillarimga birorta ham xurmo olib bormasam ham, mayli» —deb o‘ylardim. Janob Rasululloh barcha xurmo uyumlarini otamning qarzlariga berdilar, faqat o‘zlari ustida o‘ltirgan g‘aramgina qoldi, xalos, undan biror dona ham xurmo kamaymadi (mantiq: Janob Rasulul-loh qarzga qancha xurmo ketishini oldindan aniq bilganlar)».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:10:37

Sad ibn Abu Vaqqos: «Men Janob Rasulullohni Uhud kuni ko‘rdim, u kishi birlan birga ikki notanish kishi ham jang qilardi, ikkovi ham oppoq libos kiyib olgan erdi. Ularni bundan ilgari ham ko‘rmaganman, keyin ham ko‘rmadim»,— deydilar.

Sa’d ibn Abu Vaqqos: «Janob Rasululloh Uhud kuni o‘qdonlaridan o‘q olib bera turib menga: «Ota-onam senga fido bo‘lsin, otgil!» — dedilar»,— deydilar.

Abdulloh ibn Shaddod rivoyat qiladilar: «Men Hazrat Alidan eshitdimki, Janob Rasululloh Sa’ddan boshqa biror kishiga «Ota-onam senga fido bo‘lsin!» deb aytmagan erkanlar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 07:11:31

Abu Usmon ta’kidlaydilarki, g‘azot qilingan mazkur kunlarning ba’zisida Janob Rasulullohning yonlarida Talha birlan Sa’ddan bo‘lak biror kishi jang qilmagan erkan.

Soib ibn Yazid aytadilar: «Men Abdurrahmon ibn Avf, Talha ibn Ubaydulloh, Miqdod va Sa’d birlan hamsuhbat bo‘ldim, ulardan faqat Talha ibn Ubaydullohninggina Uhud janggi haqida gapirganini eshitdim».

Qays ibn Abu Xozim aytadilar: «Men Talhaning bir quli (o‘q tegaverganidan) shol bo‘lib qolganini ko‘rdim, u shu qo‘li birlan Uhud kuni Janob Rasulullohni himoya qilgan erdi»

Qayd etilgan