Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483787 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 61 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 ... 114 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:54:40

4-bob. Olloh taoloning qavli: «Muhojirlardan ilgari Madinaga kelib o‘rnashgan va iymon-e’tiqodni mahkam ushlagan kishilar...»

Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Xalifa dastlabki muhojirlarga o‘z haq-huquqlarini bilmoqni hamda Janob Rasululloh hijrat qilmaslaridan ilgari Madinaga kelib joylashgan va iymonlarini mahkam ushlagan ansoriylarga, agar muhojirlardan biror yaxshilik bo‘lsa, qabul qilmoqni va agar biror xatolik bo‘lsa, afv etmoqni vasiyat qildilar»

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 07:55:01

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar»

Abu Hurayra rivoyat qiladilar «Bir kishi Janob Rasulullohning qoshlariga kelib «Ey Ollohning rasuli, men juda ochman!» — dedi. Janob Rasululloh xotinlariga odam yuborib, biror yegulik so‘ratdilar, lekin uylarida hech narsa topilmadi. Shunda ul zot «Bu kecha biror kishi mehmonni ziyofat qila olurmi? Ziyofat qilgan odamni Olloh taolo yarlaqasin!»—dedilar. Buni eshitib, ansor-lardan bir kishi urnidan turdi-da «Ey Ollohning rasuli, men mehmon qilurman!»—dedi, so‘ng uyiga borib «Janob Rasulullohning mehmonlariga biror yegulik bormi?» —deb xotinidan so‘radi. Ayol «Xudo haqi, bolalarning ovqatidan bo‘lak hech narsa yo‘q!» - dedi. Ansoriy «Agar bolalar ovqat tilasa, ularni uxlatib qo‘igil-da, chiroqni o‘chirgil, o‘zimiz bu kecha qornimizni tang‘ib bog‘lab qo‘ya qolurmiz!»—dedi. Ayol eri aytganiday qildi. Ertalab mezbon Janob Rasulullohning huzurlariga borganida, ul zot «Olloh taolo falon ayolning qilgan ishlaridan taajjub qilib, «Uzlarida ehtiyoj bo‘laturib o‘zgalarni ortiq bilurlar» degan oyat nozil qildi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:16:33

«AL-MUMTAHINA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob Olloh taoloning qavli: «Ey mo‘miilar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!»


Ali raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam men, Zubayr va Miqdodni jo‘natayotib «Boringizlar, «Xox» degan bog‘chaga yetganlaringizda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratgaysizlar, unda maktub bor, olib kelingizlar!» — deb burdilar. So‘ng, biz otlarimizni choptirib bog‘chaga yetib keldik. Haqiqatan, o‘sha yerda taxtiravonda o‘ltirgan bir ayolni uchratdik. Unga «Maktubni ber!»— deb buyurdik. U «Menda maktub yo‘q!» — deb qarshilik qildi. Men unga «Yo maktubni berasan yoki yotqizib kiyimlaringni yechurmiz!» — dedim. Nihoyat, u sochlari orasidan maktubni chiqarib berdi. Biz uni Janob Rasulullohga keltirib berdik. Ne ko‘z birlan ko‘raylikki, maktub Hotib ibn Abu Balta’adan Makka mushriklarining kattalariga yuborilgan bo‘lib, unda ul zotning rejalashtirgan ayrim ishlari to‘g‘risida xabar qilingan erdi. Payg‘ambar alayhissalom: « Ey Hotib, bu nima qilga-ning» —deb so‘radilar. Hotib ibn Abu Balta’a «Yo Rasulalloh, menga (jazo berishga) shoshilmangiz, men Qurayshdan bo‘lmasam ham, u birlan qasam ichib do‘stlashganman. Siz birlan birga hijrat qilganlarning Makkada qarindoshlari bo‘lib, ular bularning u yerdagi bola-chaqa va mollarini himoya qilurlar. Mening Makkada qarindoshim bo‘lmasa-da, ul yerda o‘zimga bir do‘st paydo qilay, ular bola-chaqam va molimni himoya qilsinlar, deb shu ishni ma’qul ko‘rdim. Lekin, buni kufr yoki dindan qaytishim sababli qilmadim!»—dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Albatta, bu haq gapni aytdi!» — dedilar. Umar raziyallohu anhu: «Menga izn beringiz, yo Rasulalloh, bo‘ynini uzib tashlayin!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Axir, u Badrda ishtirok qilganlardan-ku! Olloh taolo ahli Badrning qiladirgan ishlaridan o‘zi voqifdur, u: «Xohlagan ishlaringizni qilingizlar, sizlarni batahqiq mag‘firat qildim!» — deb aytgan»,— dedilar».

Amr raziyallohu anhu: «Keyin, Hotib haqida «Ey mo‘minlar, mening va o‘zlaringizning dushmanlaringizni do‘st tutmangizlar!» degan oyat nozil bo‘ldi»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:16:53

2-bob. Olloh taoloning qavli: «Agar sizlarga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar...»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, mazkur oyat sababli ularni imtihon qilib ko‘rar erdilar. Imtihon shartlari quyidagi oyatda zikr qilingan: «Ey payg‘ambar, agar sizga mo‘minalar hijrat qilib kelsalar, Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘zaro bo‘xton va ig‘vo to‘qimaslikka va biror yaxshi ishda sizga itoaqizlik qilmaslikka sizga bay’at qilsinlar, agar qasamyod qilsalar, siz ularning qasamyodlarini qabul qilingiz va ular haqlariga Ollohdan mag‘firat talab qilingiz, darhaqiqat Olloh mag‘firatli va mehribon zotdur!» Mo‘minalardan qaysi ayol shu shartlarga iqror qilsa, unga Janob Rasululloh og‘zaki: «Batahqiq, men bay’atingni qabul qildim!» —derdilar, Ollohga qasamki, qo‘llari ayolning qo‘liga tegmas erdi! Bay’atda faqat: «Bay’atingni qabul qildim mazkur shartlarga binoan»,— derdilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:17:06

3- bob. Olloh taoloning qavli: «Ey Muhammad, agar sizga bay’at qilish uchun mo‘mina ayollar kelsalar...»

Ummu Atiyya raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasulullohga bay’at qildik. «Ollohga biror narsani sherik qilmasinlar» degan oyatni o‘qib berdilar, so‘ng azada baland ovoz birlan yig‘lashdan bizni qaytardilar. Oramizdagi bir ayol barmog‘ini tishlab: «Falonchi mening uyimda azada yig‘lashgan erdi, men ham qarzimni uzib uning uyida azada yig‘lashim kerak»,— dedi. Janob Rasululloh unga hech narsa demadilar. Ayol borib, keyin qaytib keldi, ul zot uning bay’atini qabul qildilar».

Ibn Abbos raziyallohu anhu: «Ollohning «Ayollar sizga yaxshi ishlarda osiy bo‘lmasinlar!» degan oyatining mazmuni Olloh taolo shaxsan ayollarga buyurgan shartlardur»,— deydilar (Bu shartlar, mufassirlarning gaplariga qaraganda, baland ovoz birlan yig‘lamaslik, begona erkak birlan tanho qolmaslik, yuzni bo‘yamaslik, ko‘kraklarni ochib yurmaslik, qarg‘amaslik, she’r o‘qimaslik va har qanday ishda Olloh va uning rasuliga itoat etmoqlik).

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:17:15

Uboda ibn Somit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Janob Rasululloh birlan birga o‘ltirgan erdik. Shunda ul zot: «Ollohga biror narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka menga bay’at qilgaymisizlar'»—dedilar, keyin ayollar bay’ati to‘g‘ri-sidagi oyatni o‘qidilar»

Sufyon o‘z rivoyatlarida bunday deydilar: «Janob Rasululloh oyatni o‘qidilar, keyin bunday dedilar. «Sizlardan qaysiningiz o‘z bay’atiga vafo qilsa, ajrini Olloh taolo bergay. Kimki mazkur shartlardan birini buzsa, muayyan jazo tortguvsidur, unga shu kafforat bo‘lur. Kimki bir gunoh qilib qo‘ysa-yu, Olloh uni yashirgan bo‘lsa, bu Ollohga xavola, agar xohlasa, gunohkorga azob bergay, agar xohlasa, uni mag‘firat qilgay».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:17:23

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Men ramazon hayiti kuni Janob Rasululloh birlan ham, Abu Bakr raziyallohu anhu birlan ham, Umar va Usmon raziyallohu anhumolar birlan ham iyd namozini o‘qiganman. Ularning hammalari ham iyd namozini xutbadan avval o‘qib, keyin xutba qilur erdilar. Ushal kuni Janob Rasululloh minbardan tushdilar, odamlarning shundoq ro‘paralarida o‘ltirganlarini hozir ham ko‘rib turgandekman. Janob Rasululloh ularga yonlarini o‘girib o‘ltirdilar-da, huzurlariga Bilol raziyallohu anhu va ayollar kelgunlariga qadar odamlarga qarata quyidagi oyatni qiroat qildilar «Ey payg‘ambar, agar huzuringizga mo‘mina ayollar Ollohga hech narsani sherik qilmaslikka, o‘g‘rilik qilmaslikka, zino qilmaslikka, bolalarini o‘ldirmaslikka, o‘z qo‘lu oyoqlari o‘rtasida bo‘hton to‘qimaslikka (ya’ni, o‘shal paytda ayol farzand ko‘rmasa, birovning bolasini olib uning oyoqlari orasiga qo‘yardilar-da, «tug‘di-tug‘di» qilib, so‘ng uni «o‘zi tug‘di» deb e’lon qilardilar. Buni Olloh taolo qoralab, man etdi) bay’at qilish uchun kelsalar, ularning bay’atini qabul qilingiz va ularga Ollohdan mag‘firat so‘rangiz!», keyin «Sizlar mana shu shartlarni bajarishga majbursizlar!»—dedilar. Shunda bir ayol «Ey Ollohning rasuli, biz rozimiz!» —dedi, ammo boshqa ayollar javob berishmadi So‘ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sadaqa bermoqni buyurdilar, ayollar Bilol raziyallohu anhuning etaklariga uzuk va bilakuzuk kabi ziynatlarini sadaqa qilib tashlashdi»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:17:48

«AS-SAF» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Mendan keyin Ahmad ismli iayg‘ambar kelur»


Muhammad ibn Jubayr raziyallohu anhuning otalari rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning bunday deganlarini eshitganman: «Darhaqiqat, mening bir necha ismlarim bor men Muhammadman, men Ahmadman, men Mohiyman, ya’ni men birlan Olloh taolo kufrni mahv qilur. Men Hoshirman, ya’ni mahshar kuni yurib odamlarni yig‘urman. Men Oqibman, ya’ni o‘zimdan oldin o‘tganlarning yaxshiligini davom etdirguvchiman».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:18:01

«AL-JUM’A» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

Olloh taoloning qavli: «Olloh bu payg‘ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar»


Abu Hurayra raziyallozhu anhu rivoyat qiladilar: «Biz Payg’ambar sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida o‘ltirgan erdik, shunda «Jum’a» surasi nozil qilindi, unda «Olloh bu payg’ambarni boshqa toifalarga ham yubordiki, ular hanuz bularga qo‘shilmadilar» degan oyat bor erdi. Men « Ey Ollohning rasuli, ular kimlar?»— deb so‘radim. Janob Rasululloh savolimga javob bermadilar, hatto men uch bor savolimni qaytardim. Oramizda Salmon Forsiy ham bo‘lib, Janob Rasululloh ko‘llarini uning yelkasiga qo‘ydilar-da, so‘ng, «Basharti iymon Surayyo yulduzida bo‘lsa ham mana bu (atrofimdagi) kishilar uni olgan bo‘lur erdilar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:18:13

1- bob Olloh taoloning qavli: «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni...»

Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladilar: «Jum’a kuni karvon keldi. Odamlar Janob Rasulullohning birga turganliklariga qaramay, karvon tomon tarqab ketishdi, faqat o‘n ikki kishigina ul zotning qoshlarida qoldi. Shunda Olloh taolo «Va qachon ko‘rsalar musulmonlar bir tijoratni yo bir tamoshoni, uning tarafiga tarqalib keturlar» degan oyatni nozil qildi»

Qayd etilgan