Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483800 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 114 B


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:24:35

«AL-MUDDASSIR» SURASI

Yahyo ibn Abu Kasir aytadilar: «Men Abu Salama ibn Abdurrahmondan Qur’ondan birinchi bo‘lib nima nozil bo‘lgani haqida so‘radim. Ul kishi «Yo ayyuhal-muddassir» — deb javob berdilar. Men «Axir, ko‘pchilik «Iqra’ bismi rabbikallaziy xalaqa» deb aytishadi-ku?!»—dedim. Abu Salama bunday dedilar: «Men ham Jobir ibn Abdullohdan shul haqda so‘raganimda siz aytgan gapni aytgan erdim, shunda Jobir «Men sizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ne degan bo‘lsalar, shuni gapirib berurman, ul zot bunday degan erdilar»,— dedilar: «Men Hiro’ tog‘idagi g‘orda e’tikofga o‘ltirdim. E’tikofimni tugatganimdan so‘ng, pastga tushdim. Shunda qulog‘imga bir ovoz chalindi, o‘ng yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, chap yonimga qaradim, hech kimni ko‘rmadim, ro‘paramga qarasam ham xech kim yo‘q, keyin ortimga burildim, hech kim yo‘q. Nihoyat boshimni tepaga ko‘targan erdim, bir narsani ko‘rdim. Xadichaning oldiga keldim-da, unga «Meni o‘rab qo‘yingizlar, ustimdan sovuq suv quyingizlar!»—dedim. Meni o‘rab qo‘yishdi va ustimdan sovuq suv quyishdi. So‘ng, «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz va rabbingizni ulug‘langiz!» degan oyat nozil bo‘ldi».

Olloh taoloning «... turingiz o‘rningizdan, ogohlantiringiz...» hamda «va rabbingizni ulug‘langiz!» degan qavli haqida

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:24:54

1- bob Olloh taoloning qavli: «... va kiyimiigizni pok tutingiz...»

Jobir ibn Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar: «Men Payg’ambar alayhissalomning o‘zlaridan dastlabki vahiyning nozil bo‘lishi xususidagi quyidagi hadislarini eshitdim. «Bir vaqt men yurib ketayotgan erdim, osmondan kelayotgan bir ovozni eshitdim. Boshimni ko‘tarib qarab erdim, Hiro’ tog‘ida huzurimga kelgan farishta yer birlan osmon o‘rtasida kursida o‘tirganini ko‘rdim. Undan qo‘rqib tezda uyga qaytdim-da «Meni o‘rab qo‘yingizlar, meni o‘rab qo‘yingizlar!» — dedim, meni o‘rab qo‘yishdi. Shunda Olloh taolo «Ey o‘ralib yotuvchi, turingiz o‘rningizdan, ogohlanti-ringiz va rabbingizni ulug‘langiz va kiyimingizni pok tutingiz va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz!» degan oyatlarni nozil qildi»

2- bob Olloh taoloning qavli: «... va nopoklikdan yiroq bo‘lingiz...»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:25:11

«AL-QIYOMA» SURASI

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qachon vahiy nozil bo‘lsa, uning so‘zlarini takrorlab tillarini harakatlantirar erdilar. Olloh taolo «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz!» degan oyatni nozil qildi».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:25:22

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir»

Muso ibn Abu Oisha Sa’id ibn Jubayrdan «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Sa’id ibn Jubayr: «Ibn Abbos bunday der erdilar»,— dedilar: «Qachon Janob Rasulullohga vahiy nozil qilinsa, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun uning so‘zlarini takrorlab ikki lablarini harakatlantirar erdilar. Shunda Olloh taolo ul zotga. «Tezroq yodlab olmoq uchun vahiy so‘zlarini takrorlab tilingizni harakatlantirmangiz, zero uni dilingizda jamlash ham, tilingizda qiroat qildirish ham bizning zimmamizdadir. Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik bizning zimmamizdadur»,—deb vahiy nozil qildi».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:25:32

2- bob Olloh taoloning qavli: «Biz uni farishta tili orqali o‘qiganimizda uning o‘qishiga tobe’ bo‘lingiz»

Sa’id ibn Jubayr Ibn Abbosdan «Tilingizni hara -katlantirmangiz» degan oyat haqida so‘radilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu bunday dedilar: «Agar Rasululloh, sallallohu alayhi va sallamga Hazrat Jabroil vahiy olib kelsalar, ul zot tezroq yodlab olmoq uchun tillarini va ikki lablarini harakatlantirar erdilar, ammo bu ish ancha qlyin bo‘lar erdi, qiyinligi shundoq sezilib turar erdi. Shunda Olloh taolo «Lo uqsimu» («Al-Qiyoma») surasidagi «Tezroq yodlab olmoq uchun tilingizni harakatlantirmangiz» degan oyatni nozil qilib, «Uni sizning dilingizda jam qilish va tilingizda qiroat qildirish bizning zimmamizdadur. Biz farishta tili orqali qiroat qilayotganimizda siz eshitib turingiz, keyin uni ravshan bayon qilib bermoqlik, ya’ni sizning tilingiz birlan bayon qildirmaklik bizning vazifamizdur»,— dedi. Shundan so‘ng, Jabroil kelsalar, ul zot sukut saqlar va ketganlaridan so‘ng, Olloh va’da berganidek qiroat qilardilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:25:43

«VAL-MURSALOT» SURASI

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga erdik, ul zotga nozil qilingan «Val-Mursalot» surasini o‘zlaridan o‘rganayotgan erdik. Shu payt bir ilon chiqib qoldi. Biz uni o‘ldirishga shoshildik. Ammo, u bizdan chaqqonlik qilib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, «Sizlarning yomonligingizdan u saqlandi, uning yomonligidan ersa sizlar saqlandingizlar»,— dedilar».

Abdulloh aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga g‘orda o‘ltirgan erdik. Shu vaqtda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Biz uni Janob Rasulullohning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdik, nogahon bir ilon chiqib qoldi. Janob Rasululloh. «Sizlarga yomonlik qilmoq niyatida chiqdi, uni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Hammamiz uni o‘ldirishga shoshildik, ammo u tezroq harakatlanib, qaytib iniga kirib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Ilon sizlarning yomonligingizdan, sizlar ersangiz uning yomonligidan saqlandingiz»,— dedilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:25:55

1-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul olov qasrdek uchqunlar otib turur»

Ibn Abbos mazkur oyat mazmuni haqida gapirib: «Biz qishda yoqish uchun uch gaz keladirgan yoki undan kichikroq to‘nkalarni yig‘ib qo‘yardik va uni «qasr» deb atardik»,— deydilar.

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:26:18

2-bob. Olloh taoloning qavli: «Ul uchqunlar sariq va qora tuyalarga o‘xshar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

3-bob. Olloh taoloning qavli: «Bu kun o‘shal kundurki, unda kofirlar so‘zlayolmas»

Abdulloh aytadilar: «Biz Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam birlan o‘ltirgan erdik. Shul yerda «Val-Mursalot» surasi nozil bo‘lib qoldi. Men uni ul zotning og‘izlaridan ilib olib o‘rganayotgan erdim, og‘izlari tilovatdan to‘xtamay turib, bir ilon bizga sapchib qoldi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ilonni o‘ldiringizlar!»—dedilar. Biz ilonni o‘ldirishga shoshildik, lekin ilon qochib qutuldi. Shunda Payg‘ambar alayhissalom: «Ilon sizlarning yomonligingizdan saqlandi, sizlar ham uning yomonligidan saqlandingiz-lar»,— dedilar. Umar: «Men bu surani Minodagi g‘orda Ubaydan o‘rganib yodlagan erdim»,— deydilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:26:40

«AMMA YATASOALUN» SURASI
 BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Sur chalinadirgan kuni to‘p-to‘p bo‘lib kelursizlar»


Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ikki bor sur chalinishining oralig‘idagi muddat qirqdur»,— dedilar. Shunda bir kishi mendan: «Ey Abu Hurayra, qirq kunmi?» —deb so‘radi, men indamadim. U yana: «Qirq oymi?» — deb so‘radi, men yana indamadim. U: «Qirq yilmi?» — dedi, men tag‘in indama-dim. Janob Rasululloh gaplarida davom etib: «Keyin, Olloh taolo osmondan suv (yomg‘ir) yuborur, o‘simliklar ungani singari barcha odamlar unib chiqur. Inson o‘lgach, uning dumg‘azasidan bo‘lak barcha a’zosi chirib yo‘q bo‘lib ketur. Qiyomatda inson ana o‘shal dumg‘azadan qayta tarkib topdirilur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:26:51

«VAN-NOZIOT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Sahl ibn Sa’d aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko‘rdim, ul zot o‘rta va ko‘rsatkich barmoqlarini ayri qilib ko‘rsatib: «Men payg‘ambar qilib yuborildim va menga qiyomatning mana shu barmoqlarim orasini yopgunimchalik tez fursatda bo‘lib o‘tmog‘i ayon qilindi»,— dedilar».

Qayd etilgan