Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483784 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 75 ... 114 B


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:27:02

«ABASA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Oisha raziyallohu anho aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Qur’onni qiynalmay yodlab, mohirona qiroat qilgan kishi ulug‘ farishtalar birlan birga bo‘lur. Qur’onni ixlos birlan, qiynalib o‘qigan kishiga ersa Olloh taolo ikki ajr berur»,— dedilar»

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:27:13

«VAYLUN LIL-MUTAFFIFIYNA» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Odamlar olamlar parvardigorining huzurida turadirgan kuni ba’zilar qulog‘igacha o‘z badanidan chiqqan terga g‘arq bo‘lur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:27:32

«IZAS-SAMOUNSHAQQAT» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Olloh taoloning qavli: «Keyin, u oson xisob-kitob qilinur».

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki Olloh taolo xuzurida hisob kitob qilinsa, u albatta halok bo‘lur», - dedilar. Men: «Yo Rasu-lalloh, meni sizga Olloh taolo fido qilsin! Axir, Olloh taolo: «Kimniki nomai a’moli o‘ng qo‘liga tutqazilsa, u oson hisob-kitob qilinur» —deb aytmaganmi?» — dedim. Janob Rasululloh: «Bu hisob-kitob deyilmaydi, bu faqat bandalarning gunohlarini o‘zlariga ko‘rsatib qo‘yish, xolos. Kimki qattiq hisob-kitob qilinsa, u albatta halok (holi xarob) bo‘lur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:27:43

«SABBIHISMA RABBIKAL-ALO»
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar. alayhissalomning ashoblari orasida Madinaga birinchi bo‘lib kelganlari Mus’ab ibn Umayr va Abdulloh ibn Ummu Maktum erdilar. Ular bizga Qur’on o‘qib berardilar. Keyin, Ammor, Bilol va Sa’d keldilar. Ulardan keyin, yigirma kishi birlan Umar raziyallohu anhu keldilar, keyin ersa Payg‘ambar alayhissalom keldilar. Men Madina ahlining hech kimga Janob Rasulullohga quvonganlaridek quvonganlarini ko‘rmadim. Hatto bolalarning ham: «Shahrimizga Janob Rasululloh keldilar!» — deb quvonganlarini ko‘rdim. Janob Rasululloh kelganlarida men «Sabbihisma rabbikal-a’lo» surasini va yana boshqa suralarni o‘qib kutib oldim».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:27:59

«VASH-SHAMSI VA ZUHOHO» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI


Abdulloh ibn Zam’a Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xutbalarini eshitganlarini aytib bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Solih alayhissalomning tuyalari haqida gapirib, uni so‘ygan kofir nomini ham tilga oldilar-da, «Shu payt tuyani so‘yish uchun Abu Zam’aga o‘xshagan qaysar, johil va baxil bir kishi o‘rnidan turdi»,— dedilar (ushbu hadisning roviysi Abdulloh ibn Zam’aning bobosi Abu Zam’a Makkadagi musulmonlarga ko‘p yomonliklar qilgan mustahjinlardan biri bo‘lgan, Badr janggida o‘z o‘g‘li Zam’a tomonidan o‘ldirilgan). Keyin, ayollar haqida gapirib: «Orangizda shunday kishilar borki, ular kunning avvalgi qismida xotinini urib, uning ikkinchi yarmida uni quchoqlab, bir to‘shakda yotadilar»,— dedilar. So‘ng, birovning ketidan tasodifan yel chiqib keqa, undan kuluvchilar xususida so‘zlab: «Biringiz bilmay qilgan narsadan ikkinchingiz nechun kulursiz?!» — deb aytdilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:28:20

«VAL-LAYLI» SURASI
BISMILLOHIR RAHMONIR RAHIYMI

1- bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur kunduzga, vaqtiki ul ravshan bo‘lur»


Alqama raziyallohu anhu aytadilar: «Men Abdulloh ibn Mas’udning ashoblaridan bir guruhi birlan Shomga bordim.

Abu Dardo’ bizning kelganimizni eshitib keldilar-da, bizga: «Ichlaringizda Qur’on o‘qiydirgan qorilaringiz bormi?»—dedilar. Biz: «Ha»—deb javob berganimizdan keyin: «Qaysi biringizning qiroatingiz yaxshiroq?» — dedilar. Sheriklarim meni ko‘rsatishdi. Menga: «Uqi!» — deb buyurdilar. Men: «Val-layli izo yag‘sho, van-nahori izo tajallo, vaz-zakara val-unso» — deb o‘qidim. Abu Dardo’ mendan: «Ustozingizning og‘zidan shunday deb eshitganmisiz?»—deb so‘radilar. Men: «Ha»,— dedim. Abu Dardo’: «Men ham Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning og‘izlaridan shunday deb eshitganman, lekin shomliklar bu qiroatni man’ qilurlar»,— dedilar. (Abu Dardo’ birlan Alqama oyatdagi «va-mo xalaqa» so‘zini tushirib o‘qir erkanlar).

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:28:32

2-bob. Olloh taoloning qavli: «Va qasamdur ul zotgaki, yaratdi erkak birlan ayolni»

Ibrohim rivoyat qiladilar: «Abdulloh ibn Mas’udning ashoblari Abu Dardo’ni istab Shomga kelishdi. Abu Dardo’ ularning kelganini eshitib, izlab topdilar-da: «Qaysi biringiz Abdullohning uslubida qiroat qilursiz?» — dedilar. Ular: «Hammamiz» — deb javob berishdi. So‘ng, «Qaysi biringiz Qur’onni yoddan qiroat qilursiz?» — deb so‘radilar Abu Dardo’. Shunda Alqamani ko‘rsatishdi. Abu Dardo’: «Val-layli» surasini ustozingiz nechuk qiroat qilganlarini eshitganmisiz?» — deb Alqamadan so‘radilar. Alqama: «Vaz-zakara val-unso» tarzida qiroat qilurlar»,— dedilar. Abu Dardo’ raziyallohu anhu «Guvohlik berurmanki, Payg‘ambar alayhissalom ham shunday o‘qir erdilar, ammo shomliklar meni «Va-mo xalaqaz-zakara val-unso» tarzida o‘qimog‘imni istarlar, Olloh taolo haqi, men ularga ergashmasman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:28:45

3-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi...»

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok etdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo jannatda ham, do‘zaxda ham joy taqdir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Unday ersa tavakkal qilib yuraveraylik-da!» — deyishdi. Janob Rasululloh. «Amal qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar-da, «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» («mashaqqatga duchor qilurmiz», ya’ni «lil-usro» degan so‘zgacha) qiroat qildilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:29:00

4-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki, ishondi yaxshi so‘zga (ya’ni, tavhid kalimasiga)

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

5-bob. Olloh taoloning qavli: «Muyassar qilurmiz uni osonlikka»

Ali raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg‘ambar alayhissalom bir janozada bo‘ldilar, qo‘llariga cho‘p olib yerga chizdilar-da: «Sizlardan har biringiz uchun Olloh taolo yo do‘zaxdan yoki jannatdan joy taqqir qilib qo‘ygan»,— dedilar. Sahobalar: «Yo Rasulalloh, unday ersa tavakkal qilib yuravermaymizmi?» — deyishdi. Janob Rasu-lulloh: «Amal qilingizlar, barchasi muyassar bo‘lgay!» — dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va ishondi yaxshi so‘zga...» deb qiroat qildilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:29:28

6-bob. Olloh taoloning qavli: «Ammo, ul kishiki baxillik qildi va beniyozlik izhor qildi...»

Bu yerda yuqoridagi hadis takroran keltirilgan.

7-bob. Olloh taoloning qavli: «Va ul kishiki, ishonmadi yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga)

Ali raziyallohu anhu aytadilar: «Biz «Baqiy’ul-G’arqad» qabristonida bir janozada ishtirok qildik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qoshimizga kelib o‘ltirdilar, biz atroflarida o‘ltirdik. Qo‘llarida aso bor erdi, u birlan yerni chiza turib: «Sizlardan har biringizning va har bir tirik jonning jannat va do‘zaxdagi joyi taqdir   qilib   qo‘yilgan   hamda   uning   baxtlimi,   badbaxtmi   erkanligi   ham   bitib qo‘yilgan»,— dedilar. Bir kishi: «Ey Ollohning rasuli, unday ersa taqdirimizga tavakkal qilib amal qilmay qo‘ya qolaylik-da! Chunki, qaysi birimiz ahli saodatdan bo‘lsak, albatta pirovardida ahli saodatdan bo‘lurmiz va qaysi birimiz ahli shaqovatdan bo‘lsak, albatta pirovardida axli shaqovat amalini qilurmiz»,— dedi. Janob Rasululloh: «Kimki ahli saodatdan bo‘lsa, unga ahli saodat amali muyassar qilingay va kimki ahli shaqovatdan bo‘lsa, unga ahli shaqovat amali muyassar qilingay»,— dedilar, so‘ng «Ammo, ul kishiki, zakotu sadaqa berdi va taqvo qildi va yaxshi so‘zga (kalimai tavhidga) ishondi ...» degan oyatni tilovat qildilar».

Qayd etilgan