Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483802 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 69 70 71 72 73 74 75 76 77 78 79 ... 114 B


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:39:17

9- bob QUR’ON OCHQICHI

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Biz safarda erdik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shunda bir qizcha kelib: «Mahallamiz sqsoqolini gazanda chaqib oldi, unga yordam qiladirgan hech kim yo‘q, orangizda biror duoxon bormi?» — dedi. Qizchaning gapini eshitib bir odam o‘rnidan turdi, ammo uning duoxonlik qilganini hech ko‘rmagan erdik. U borib bemorga duo o‘qigan erdi, shifo topdi. Tuzalgan bemor xursand bo‘lib unga o‘ttizta qo‘y berdi, sut birlan bizni mehmon qildi. Sherigimiz qaytib kelgandan keyin: «Ilgari ham duoxonlikk qilur erdingizmi yoki endi duoxon bo‘lib qoldingizmi?»—dedik. Ul kishi: «Yo‘q, men «Ummul-Kitob» («Fotiha» surasi) birlan davoladim»,— dedi. Biz bir-birimizga: «Bul haqqa gapirmaylik, yaxshisi Janob Rasulullohdan so‘raylik!»— dedik. Madinaga qaytganimizdan keyin, voqeani Payg‘ambarimizga so‘zladik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Fotiha» surasining shifo erkanligini unga kim o‘rgatdi erkan? Qo‘ylarni taqsim qilingizlarda, mening ulushimni ham beringizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:40:01

«BAQARA» SURASINING FAZILATI

Abu Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom: «Kimki kechqurur! «Baqara» surasining oxirgi ikki oyatini o‘qisa, unga kifoya qilur (ya’ni, balo-ofatlardan himoya qilur)»,— dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam meni ramazon zakotini yig‘ishga vakil qildilar. Bir odam kelib, oziq-ovqatlardan ola boshladi. Men uni ushladim-da: «Seni Janob Rasulullohning huzurlariga eltaman»,— dedim. U menga: «Kechqurun o‘rningga yotganingda «Oyatal-Kursiyni» o‘qigil, Olloh yuborgan bir qo‘riqchi doim sen birlan birga bo‘lur, tonggacha senga shayton ham yaqinlashmas»,— dedi. Payg‘ambar alayhissalom: «Ul rost aytibdi, ammo ul kazzob shayton erdi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Muhammad  20 Oktyabr 2006, 21:40:12

1-   bob. «Kahf» surasining fazilati

Barro raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam «Kahf» surasini o‘qur erdi, yonida oti bog‘liq turur erdi. nogahon, o‘shal odamni bir bulut qurshab ola boshladi. Buni ko‘rib ot bezovta bo‘ldi. Boyagi odam tong otganda Janob Rasulullohning huzurlariga keldi-da, voqe’ani baen qildi. Janob Rasululloh: «Bu sakiynat (xotirjamlik farishtasi) bo‘lib, Qur’on qiroati sababidan tushgan»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:48:25

2-   bob. «Fath» surasining fazilati

Zayd ibn Aslam otalaridan nahl qilib aytadilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir safarda erdilar. Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu ul zot birlan birga ketaturib bir savol so‘radilar. Janob Rasululloh javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Hazrat Umar yana so‘radilar, ul zot yana javob qilmadilar. Umar raziyallohu anhu: «Onang sendan ajrab qolgur, Janob Rasulullohdan uch marta savol so‘rading, ul zot senga javob bermadilar»,— dedilar-da, tuyalarini choptirib odamlardan ilgarilab ketdilar. «Mening haqimda Qur’on (oyat) nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb xavotirlandim,— deydilar Hazrat Umar,— ko‘p o‘tmay bir kishining meni chaqirganini eshitib qoldim. Shunda o‘zimga-o‘zim: «Aytdim-a, mening haqimda oyat nozil bo‘lib qolmasa erdi, deb»,— dedim-da, Rasulullohning oldilariga keldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bul kecha menga bir sura nozil qilindi, bu sura men uchun quyosh charaqlab turgan butun olamdan ham mahbubroqdur!»— dedilar, keyin «Inno fatahno laka fatham mubiyno» surasini o‘qidilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:48:48

3- bob. «Qul huvallohu ahad»ning fazilati

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu aytadilar: «Bir odam bir kishining «Qul huvallohu ahad»ni takror o‘qiyotganini eshitib, tong otganda Janob Rasulullohning oldilariga bordi-da: «Falonchi odam «Qul huvallohu ahad»ni amali oz hisoblab, takror o‘qiyotir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Mening jonim qo‘lida bo‘lgan zot haqi, «Qul huvallohu ahad» surasi Qur’onning uchdan bir qismiga tengdir!»— dedilar»

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlangan.

Abu Sa’id al-Xudriy raziyallohu anhu ashyaae)sh7ar.ch<Payg‘ambar alayhissalom ashoblariga: «Bir kechada Qur’onning uchdan bir qismini o‘qimog‘ingiz qiyin bo‘lurmi?» — dedilar. Sahobalarga bu mashaqqatli ko‘rinib: «Ey Ollohning rasuli, bunga birortamizning qudratimiz yetgaymi?» — deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Olloh yagona va abadiy» degan sura Qur’onning uchdach biridur»,— dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:49:04

4- bob. Ikki «Qul a’uuzu» surasining fazli

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar kasal bo‘lsalar, ikki «Qul a’uuzu» surasini o‘qib, o‘zlariga dam solur erdilar, og‘riqlari kuchayganda ersa, men o‘zim o‘qir erdim-da, barakoti tegsin, deb ul zotning qo‘llari birlan badanlarini silar erdim»

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilarki, Payg‘ambar sallallohu alayhi va sallam har kecha to‘shakka yotayotganlarida «Qul huvallohu ahad» birlan ikki «Qul a’uuzu»ni o‘qib, kaftlariga dam urardilar, keyin ikki kaftlari birlan badanlarining qo‘llari yetgan joyigacha silar erdilar, silashni boshlari va yuzlaridan boshlab, ko‘kraklariga qadar davom ettirar erdilar, buni uch bor takrorlar erdilar».

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:49:17

5- bob Qur’on o‘qilganda (osmondan) sakiynat va maloikalarning tushishlari

Muuammad ibn Ibrohim aytadilar: «Usayd ibn Hazir kechasi «Baqara» surasini o‘qiyotgan erdilar, yonlarida otlari bog‘liq turar erdi, birdan ot bezovta bo‘la boshladi. Ul kishi o‘qishdan to‘xtagan erdilar, ot ham tinchlandi, keyin o‘qishni davom ettirgan erdilar, ot yana bezovtalana boshladi. Ul kishi shul tariqa uch bor o‘qib, uch bor o‘qishdan to‘xtadilar Har safar o‘qiganlarida ot bezovtalanar va har safar o‘qishdan to‘xtaganlarida tinchlanar erdi. Shunda ul kishi o‘rinlaridan turib, otning yoniga bordilar Ot bog‘langan joy yaqinida Yahyo ismli o‘g‘illari uxlab yotgan bo‘lib, unga ot shikast yetkazmasaydi, deb xavotir oldilar. Nogahon, osmonga qaragan erdilar, uni bir narsa qoplab turganini ko‘rdilar. Tong otgach, Janob Rasulullohning huzurlariga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdilar. Janob Rasululloh «Ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz, ey Ibn Hazir, o‘qiyveringiz!»— dedilar. Usayd ibn Hazir «Yo Rasulalloh, o‘g‘lim Yahyo ot bog‘liq turgan joy yaqinida uxlab yotgan erdi, uni ot bosib olmasaydi, deb qo‘rqdim. Oldiga borgach, osmonga qarasam, bir bulut yanglig‘ narsa turibdi, uning chiroqdek charaqlagan narsalari ham bor. Darhol, tashqariga chiqdim, lekin uni boshqa ko‘rmadim»,—dedilar Janob Rasululloh «Bildingizmi, u ne erkan »—dedilar Usayd «Yo‘q»,— dedilar Janob. Rasululloh «Ushal narsa farishtalar bo‘lib, qiroatingizni eshitib, sizga yaqin kelganlar. Agar siz Qur’onni o‘qiyverganingizda, tong otib qolib, odamlar ham ularni ko‘rib olgan bo‘lur erdilar, ular odamlar nigohidan berkinmas erdilar»,— dedilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:49:34

6- bob «Janob Rasulullohdan faqat ikki muqova orasidagi narsagina, ya’ni Qur’oni Karim qolgandur»,— degan kishi haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhuning aytishlariga qaraganda, «Shaddod ibn Mu’aqqal ul kishidan «Payg‘ambar alayhissalom o‘zlaridan so‘ng biror narsa qoldirganlarmi?»— deb so‘rabdilar. Ibn Abbos raziyallohu anhu «Ikki muqova orasidagi narsa, ya’ni Qur’ondan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar»,— debdilar. Shaddod «Biz Muhammad ibn Hanafiyya huzurlariga kirib shu savolni berganimizda ul kishi ham «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki muqova orasidagi narsadan bo‘lak hech narsa qoldirmaganlar» — deb javob berdilar»,— deydilar»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:49:48

7- bob Qur’onning boshqa kalomlardan afzalligi haqida

Abu Muso al-Ash’ariy aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Qur’on qiroat qiluvchi kishining utruja (rangi chiroyli, lazzatli, xushbo‘y meva) yanglig‘ mazasi ham, hidi ham yaxshi. Qur’on o‘qimaydirgan kishi ersa, xurmoga o‘xshash mazasi shirin, lekin hidi yo‘q o‘zi fojir, lekin Qur’on o‘qiydirgan kishi rayhon kabi xushbo‘y, ammo mazasi achchiq Uzi fojir va buning ustiga Qur’on o‘qimaydirgan kishi ithamakka o‘xshaydi, uning hidi ham yo‘q, mazasi ham achchiq»

Ibn Umar raziyallohu anhu aytadilar: «Payg‘ambar alayhissalom bunday dedilar: «Utgan ummatlarning Olloh taologa ibodat qilgan davriga qaraganda sizlarning davringiz asr namozi birlan shom namozi o‘rtasicha muddatdur. Sizlarni va yahudiylar birlan nasorolarni o‘zaro taqqoslaydirgan bo‘lsak, bu shunga o‘xshaydiki, bir odam: « Kim kunning yarmiga qadar bir qiyrot-bir qiyrot haq uchun menga ishlab bergay?»—deb o‘ziga xizmatchilar yolladi. Yahudiylar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin u «Kim kunning yarmidan asrgacha menga ishlab bergay?» - dedi. Nasorolar ana shuncha muddat Olloh taologa ibodat qildilar. Keyin sizlar asrdan to shomgacha ikki qiyrot-ikki qiyrot haq uchun ishlaisizlar. Shunda ular: « Biz ko‘p ishladik ammo haqni oz oldik»,— deyishgay. U: «Men sizlarga zulm qildimmi?»—degay. Ular «Yo‘q»,— degaylar. U Bu mening fazlim, uni o‘zim xohlagan kishiga ato etgayman!»—degay»

Qayd etilgan


Laylo  21 Oktyabr 2006, 15:50:03

8-bob. Ollohning Kitobi vasiyat qilib qoldirilgani haqida

Talha raziyallohu anhu aytadilar: « Men Abdulloh ibn Abu Avfodan «Payg‘ambar alayhissalom vasiyat qildilarmi? deb so‘radim. Ul kishi «yo‘q» — dedilar. Men: «Unday ersa odamlarga bajarmoqlik buyurilgan vasiyat qanday yozildi, axir Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vasiyat qilmabdilar-ku'»—dedim. Abdulloh «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ollohning Kitobini vasiyat qilib qoldirdilar» — dedilar»

Qayd etilgan