Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483654 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 114 B


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:59:09

66- bob. Ayoliga qo‘shilmoqchi bo‘lgan kishi nima deb aytmog‘i lozim?

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ammo, agar birortasi ayoliga qo‘shilayotganda: «Bismillohi, yo parvardigoro, meni shaytondan va shaytonni sen bizga ato etadirgan farzandimizdan yiroq qilgil!» — desa, Olloh taolo ularga farzand taqdir qilgan bo‘lsa, shayton unga mutlaqo zarar yetkaza olmaydi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:59:32

67- bob. To‘yda ziyofat bermoqlik — to‘g‘ri ishdur!

Abdurrahmon ibn Avf rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam menga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y qilgil!»—dedilar».

Anas ibn Molik Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madinaga kelganlarida o‘n yashar bola erdilar, ul kishi bunday dedilar: «Onam meni doimo Janob Rasulullohning xizmatlarini qilishga undar erdilar, men ul zotga o‘n yil xizmat qildim. Janob Rasululloh vafot qilganlarida yigirma yoshda erdim. «Hijob» oyati xususida eng ko‘p bilguvchi kishi men bo‘lib, bu oyat Janob Rasulullohning Zaynab binti Jahsh birlan turmush qurgan kunlari nozil bo‘lgan dastlabki oyat erdi. Ushanda Janob Rasululloh Zaynabga qo‘shilib kuyov bo‘lgach, qavmni to‘y ziyofatiga chorladilar, qavm yeb-ichib, so‘ng chiqib ketdi. Janob Rasulullohning huzurlarida bir necha kishigina uzoq o‘ltirib qoldi. Shunda ul zot o‘rinlaridan turib tashqariga chiqdilar, men ham anavilar chiqib keqin deb, ul zot birlan birga chiqib ketdim. Janob Rasululloh yurdilar, men ham yurdim. Ul zot Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, so‘ng anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Ammo, ul zot Zaynabning huzuriga kirganlarida anavilar hanuz suhbatlashib o‘ltirishar erdi. Janob Rasululloh buni ko‘rib, yana ortlariga qaytdilar-da, Oisha onamizning hujralari ostonasiga qadar bordilar, men ham birgalashib bordim. So‘ng, anavilar chiqib ketgandur, deb o‘ylab yana ortlariga qaytdilar, men ham birga qaytdim. Bu safar qaytganlarida anavilar chiqib ketishgan erdi. Janob Rasululloh o‘zlari birlan mening o‘rtamga parda tashlab qo‘ydilar. Shunda Olloh taolo «Hijob» («Parda») oyatini nozil qildi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 07:59:57

68- bob. Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilmoq kerak!

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdurrahmon ibn Avf bir ansoriya ayolga uylanganida unga: «Qancha mahr berding?» — dedilar. U: «Danakdek keladirgan oltin»,—dedi».

Humayd: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitgan erdim»,— deydilar: «Muhojirlar Madinaga kelishganda ansorlarning uylariga tushishdi. Abdurrahmon ibn Avf Sa’d ibn ar-Rabi’ning uyiga tushdi. Sa’d unga: «Mol-mulkimning yarmini senga beraman va sening uchun xotinlarimning biridan voz kechaman!»— dedi. Abdurrahmon: «Olloh taolo oilang birlan mol-dunyongga barakot ato qilsin!» — dedi-da, bozorga ravona bo‘ldi. U yerda u oldi-sotdi qilgach, biroz pishloq va yog xarid qildi, keyin uylandi. Janob Rasululloh unga: «Bir qo‘y so‘yib bo‘lsa ham, to‘y (ziyofat) qilgin!»— dedilar».

Anas raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik ziyofat birlan siylamagan erdilar, Zaynabni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— deydilar.

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyani ozod qildilar, so‘ng ozod qilinganligini mahr qilib, unga uylandilar hamda uni «Hays» (xurmo, yog‘ va pishloqdan tayyorlanadirgan taom) birlan siyladilar».

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir ayolga uylandilar. Keyin, meni jo‘natdilar, men borib odamlarni taomga taklif qildim».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:00:46

69-bob. Ba’zi ayollarini ba’zi ayollaridan ko‘ra ko‘proq ziyofat birlan siylagan kishi haqida

Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anasning huzurida Zaynab binti Jahshning to‘yi haqida eslashdi.

Shunda u: «Men Janob Rasulullohning birorta ham xotinlarini Zaynabni siylaganchalik ziyofat birlan siylaganlarini ko‘rmaganman, o‘shanda uni bir qo‘y so‘yib siylagan erdilar»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:01:09

70- bob. Qo‘ydan kamroq narsa birlan ziyofat qilib siylagan kishi haqida

Safiyya binti Shayba: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarini ikki mudd arpa birlan siylagan erdilar»,— deydilar.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:01:38

71- bob. Ziyofat (to‘y)ga aytib kelsa, unga bormoq lozimligi, da’vatga javob bermoq kerakligi va yetti kun ziyofat qilgan kishi haqida

Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ziyofatga na bir kun va na ikki kun vaqt ajratmaganlar!

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar birortangiz ziyofatga (to‘yga) taklif qilinsangiz, unga albatta boringiz!» — dedilar».

Abu Muso raziyallohu anhu Janob Rasulullohdan naql qilib: «Asirni ozod qilingizlar, da’vat qilguvchiga ijobat qilingizlar va kasalni borib ko‘ringizlar!» — dedilar».

Barro ibn Ozib raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga yetti narsani buyurib, yetti narsadan qaytardilar. Ul zot bizga kasalni borib ko‘rmoqni, janozaga bormoqni, aksa urgan («Alhamdu lilloh» desa), unga («Iarhamukallohu va yashfiyka» deb) javob bsrmoqni, qasamga vafo qilmoqni, mazlumga yordam bermoqni, salom (alik)ni eshittirib aytmoqni va da’vat qilguvchiga ijobat qilmoqni amr qildilar hamda ul zot bizni oltin uzuk taqmoqdan, kumush idish tutmoqdan, miysara, qassiy, istabraq, deboj... kiymoqdan qaytardilar».

Abu Hozim rivoyat qiladilar: «Abu Usayd as-So’idiy Janob Rasulullohni o‘z to‘yiga taklif qildi. Uning xotini (ya’ni, kelin bo‘lmish) o‘sha kuni mehmonlarga o‘zi shaxsan xizmat qildi. Sahl: «Bilasizlarmi, u Janob Rasulullohga nimani ichirganligini? Kechasi birlan turib qolgan xurmolarning suvini ul zot ovqat yeganlarida ichirib yubordi»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:02:04

72-bob. Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘ladi!

Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Taomning eng yomoni — kambag‘allar qolib, boylar taklif qshshngan ziyofatdagi taomdur! Kimki da’vatga ijobat qilmasa, Olloh taolo birlan uning rasuliga osiylik qilgan bo‘lur!» — deb aytar erdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:02:30

73-bob. (Qo‘yning) soniga taklif qilinganda borgan kishi haqida

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Agar da’vat qilinsam qo‘y soniga, bergayman albat, Agar hadya qilinsa qo‘y qo‘li, olgayman albat».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:03:26

74- bob. To‘y va shu kabilarga da’vat qilguvchiga ijobat qilmoq haqida

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam «Agar da’vat qilinsangiz, unga ijobat qilingizlar!» — dedilar». Ab-dullohning o‘zlari to‘y va shu kabilarga da’vat (taklif) qilinsalar, ro‘za bo‘lsalar ham, borar erdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:03:48

75-bob. Ayollar va bolalarning to‘yga bormoqlari haqida

Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to‘ydan kelayotgan bir guruh ayollaru bolalarni ko‘rib, qadlarini tikladilar-da: «Parvardigoro! Sizlar mening uchun eng mahbub odamsizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan