Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483638 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 81 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 ... 114 B


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:11:23

85-bob. Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolg‘iz uxlasa... (ya’ni, boshqa-boshqa
joy solib yoqa...)


Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar er xotinini o‘z to‘shagiga chorlasa~yu, u bosh tortib kelmasa, maloikalar uni tongga qadar la’natlab chiqadilar!»—dedilar».

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Agar ayol erining to‘shagini tark etib, o‘zi yolgiz uxlasa, maloikalar uni to erining qo‘yniga qaytguniga qadar la’natlaydilar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:11:49

86-bob. Ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmog‘iga izn bermaydi

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Eri huzurida bo‘lgan ayolning erining iznisiz ro‘za tutmogi halol ermas hamda ayol erining uyiga uning ruxsatisiz biror kishining kirmogiga izn bermasin va erining buyrugisiz biror narsani sarf qilmasin, chunki o‘sha sarf qilingan narsaning yarmi erinikidur!»—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:12:22

87- bob.

Usoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men jannatning darvozasi ostonasiga kelib turdim, u yerga (birinchi bo‘lib) kirayotgan omma miskinlar bo‘lib, boylar ersa to‘xtatib qo‘yilgan erdi. Ammo, do‘zax ahlini do‘zaxga haydamoqqa allaqachonlar amr qilingan bo‘lib, men uning ham darvozasi ostonasiga kelib turdim, ul yerga kirgan omma ayollar erdi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:12:56

88- bob. Bir yostiqqa bosh qo‘ygan erga ko‘rnamaklik qilmoqlik xususida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning davrlarida quyosh tutildi. Janob Rasululloh namoz o‘qidilar, odamlar ham birgalashib namoz o‘qishdi. Shunda «Surai Baqara» qiroatiga ketganchalik vaqt qiyomda uzoq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagidan ko‘ra kamroq vaqt sarfladilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgi ruku’dagidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostladilar, so‘ng sajda qildilar, keyin qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, ammo bu safar ilgarigi qiyomdagiga nisbatan kamroq turdilar, so‘ng uzoq ruku’ qildilar, ammo bu gal avvalgidan ko‘ra kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng qadlarini rostlab uzoq qiyomda turdilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq turdilar, keyin uzoq ruku’ qildilar, lekin avvalgiga nisbatan kamroq vaqt sarf qildilar, so‘ng turdilar, so‘ng sajda qildilar, keyin namozxonlarga o‘girildilar. Shu vaqtda quyosh tutilib bo‘lib, charaqlab turgan erdi. Janob Rasululloh odamlarga qarata bunday dedilar:  «Quyosh birlan oy Olloh taoloning mo‘‘jizalaridan ikki mo‘‘jizadur. Ular biror kishining o‘limi yoki hayotligi tufayli tutilmaydilar, agar ularning tutilganini ko‘rsangizlar, darxol Olloh taoloni zikr qilingizlar!». Odamlar: «Yo Rasulalloh! Namoz chog‘ida sizning ana shu turgan yeringizda bir narsani olganingizni ko‘rdik, keyin orqaga tisarildingiz»,— deyishdi. Ul zot:
«Men jannatni ko‘rdim.(yoki menga jannat ko‘rsatildi). Undan bir shingilni uzib olmoqchi bo‘ldim, agar ololganimda erdi, dunyo turguncha undan yer edingizlar. Keyin, do‘zaxni ko‘rdim, bugungidek (dahshatli) manzarani ko‘rmaganman! Qarasam, uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar. Odamlar: «Yo Rasulalloh, nechun bunday?» — deyishdi. Ul zot: «Ko‘rnamaklik qilganlari uchun»,— dedilar. Odamlar: «Olloh taologa ko‘rnamaklik qilganlari uchunmi?» — deyishdi. Ul zot: «Erlariga va ularning qilgan yaxshiliklariga ko‘rnamaklik qilganlar. Agar ayollardan birortasiga umr bo‘yi yaxshilik qilsang-u, keyin sendan zarracha xatolik o‘tganini ko‘rsa, «Sendan sira yaxshilik ko‘rmadim!» deb aytgay»,— dedilar».

Imron bunday deydshar: «Janob Rasululloh: «Jannat namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli kambag‘allar erkan, so‘ng do‘zax namoyon qilindi, qarasam uning ko‘pchilik ahli ayollar erkan»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:13:28

89-bob. Xotiningning senda haqi bor!

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abdulloh! Sen kunduzi ro‘za tutib, kechasi birlan ibodat qilib chiqar ermishsan»,— dedilar. Men: «Ha, yo Rasulalloh!»—dedim. Ul zot: «Bunday qilma! Ro‘za ham tut, og‘iz ham och, tunda ibodat ham qil, uxlagil ham, chunki jasadingning ham, ko‘zingning ham, xotiningning ham senda haqi bordur!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  23 Oktyabr 2006, 08:14:06

90-bob. Ayol erining uyiga homiydur!

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar, amir ham homiydur va er o‘zining xonadon a’zolariga homiydur, xotin ersa erining uyi va uning bolalariga homiydur. Demak, barchangiz o‘z qo‘l ostingizdagilarga homiy va mas’uldursizlar!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:32:06

91-bob. Olloh taolo: «Erlar xotinlarga hokimdurlar, bu shuning uchunki Olloh taolo ba’zilarin ba’zilaridan ortiq qilgandur» («Olloq taolo buyuk va ulug‘ zotdur» degan qavligacha),— deydi

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlari huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichib, boloxonalarida yolg‘iz o‘zlari yashadilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun deganda tushdilar, Shunda xotinlari: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!»—deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kundur»,—dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:32:24

92- bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlaridan arazlaganlarida ularning uylaridan o‘zga joyda (boloxonada) yotib yurdilar

Muoviya ibn Hayda: «Erkak xotinlaridan arazlaganda faqat ularning uylarida yotib yuradi» — deb aytgan erkanlar, ammo yuqoridagi fikr to‘g‘riroqdur.

Ummu Salama rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ba’zi xotinlarining huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdilar, so‘ng yigirma to‘qqiz kun o‘tgach, kirdilar. Shunda ul zotga: «Yo Rasulalloh, bir oy kirmaslikka ont ichib erdingizku?!» — deyishdi. Ul zot: «(Bu) oy yigirma to‘qqiz kun bo‘ladi»,— dedilar».

Ibn Abbos bunday deb aytgan erkanlar: «Bir kuni ertalab turib Janob Rasulullohning   xotinlari    yig‘lashayotganini    va   ularning   har    biri    oldida   o‘z qarindoshlari to‘planib turganini ko‘rdim. Keyin, men masjidga chiqdim, qarasam u yerda odam liq to‘la. Hazrat Umar Janob Rasulullohning boloxonalari ostonasiga borib salom berdilar, ichkaridan hech kim alik olmadi, keyin yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi, yana salom berdilar, yana hech kim alik olmadi. Keyin, (endi qaytib ketaman, deb turganlarida) ichkaridan Janob Rasululloh chaqirib qoldilar, Hazrat Umar ichkariga kirdilar-da: «Xotinlaringizni taloq qildingizmi?»—dedilar. Ul zot: «Io‘q, lekin ularning huzuriga bir oy kirmaslikka ont ichdim»,— dedilar. Janob Rasululloh yigirma to‘qqiz kun turib, so‘ng xotinlari huzuriga kirdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:32:42

93- bob. Xotinlarni qanday urmaslik kerak? Olloh taolo: «Ularni jonlari og‘rimaydirgan qilib uringizlar!» — deydi

Abdulloh ibn Zam’a rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Birortangiz qulni savalagandek xotiningizni savalamangiz! Keyin, ertasiga u birlan yana yaqinlik qilasiz»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:32:53

94-bob. Ayol gunohovar ish xususida eriga itoat qilmasin!

Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Bir ansoriya ayol qizini erga berdi. Keyin u, qizining sochi to‘kilib ketgach, Janob Rasulullohning huzurlariga kelib, shul haqda «Kuyovim qizimga ulamasoch (yasamasoch) taqib qo‘ymog‘imni buyurdi»,— dedi Ul zot «Bu mumkin ermas, chunki ulamasoch (yasamasoch taqmoqlik) la’natlangandur!» — dedilar»

Qayd etilgan