Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483717 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 82 83 84 85 86 87 88 89 90 91 92 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:33:06

95-bob. Agar ayol erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki qo‘yib yuborishidan
cho‘chisa...


Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Erining ko‘ngilsiz bo‘lib qolishidan yoki quyib yuborishidan cho‘chiydirgan ayol shunday ayolki odatda eri undan ko‘ngli to‘lmay, uni taloq qilib boshqa xotin olgisi keladi. Shunda o‘sha ayol eriga: «Meni nikohingizda olib qolingiz va meni taloq qilmangiz-da, ustimga boshqa xotin olaveringiz, siz menga nafaqa va mahrni biroz kamroq bersangiz ham mayli!» — deydi. Olloh taolo bu xususda «Va agar bir xotin uz erining ko‘ngilsiz bo‘lishidan yoki yuz o‘girishidan qurqsa-yu, o‘zaro kelishib sulh qilishsa, bu har ikkisiga ham gunoh ermas, sulh yaxshidur!»—deydi»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:33:51

96- bob Maniyni tashqariga to‘kish haqida

Jobir raziyallohu anhu: «Biz Janob Rasululloh zamonlarida (bola bo‘lib qolmasin, deb) maniyni tashqariga to‘kar erdik»,— deydilar

Ato Jobirdan naql qiladilar: «Biz maniyni tashqariga to‘kar erdik, keyin bu xususda oyat nozil bo‘ldi»

Abu Sa’id al-Xudriy rivoyat qiladilar: «G’azotda asir olingan aeyollarni jimo’ qilayotib, (xomilador qilib qo‘yishdan qo‘rqqanimizdan) maniyni tashqariga to‘kar erdik. Keyin shul haqda Janob Rasulullohdan so‘rab erdik, ul zot bizga: «Yoki o‘zlaringiz shunday qilasizlarmi? Qiyomatga qadar dunyoga keladirgan odamlar allaqachonlar yaratib qo‘yilgandur!» — deb uch bor aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:34:07

97- bob Safarga chiqmoqchi bo‘lganda xotinlari o‘rtasida qur’a tashlamoq haqida

Ibn Abu Mulayka rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam safarga chiqsalar, xotinlari o‘rtasida qur’a tashlar erdilar. Bu safar ham qur’a tashlab erdilar, qur’a Oisha birlan Hafsaga chiqdi. Odatda, Janob Rasululloh tun bo‘lsa, Oisha birlan suhbatlashgani borar erdilar. Hafsa Oishaga «Sen mening tuyamga va men sening tuyangga minib  olsam-chi,  nima qilishlarini  bir  ko‘rar erdik!» — dedilar.   Oisha: «Bo‘pti!»—dedilar. Keyin, Ja-nob Rasululloh Oishaning tuyasi oldiga kelib, unda Hafsa o‘ltirganini ko‘rdilar-da, unga salom berib qaytib ketib qoldilar. Odamlar Hafsaning tuyasini cho‘ktirishdi. Oisha Janob Rasulullohni ko‘zdan yo‘qotib qo‘ydilar-da, atrofga alanglay boshladilar. Odamlar Oishaning tuyalarini cho‘ktirganda ul muhtarama oyoqlarini o‘tlar orasiga tiqib turib «Yo parvardigoro, shu yerdan bir chayon yoki ilon chiqarib meni chaqtirgil, men ul zotga biror narsa deyolmayman!» — dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:34:29

98- bob Ayolning eri huzuriga kiradirgan kunini kundoshiga tuhfa qilishi xususida. Er xotinlari huzurig‘a kiradirgan kunlarini qanday taqsimlaydi?

Hishom otalaridan naql qiladilar: «Savda binti Zam’a o‘zining huzuriga Janob Rasululloh kiradirgan kunini Oishaga tuhfa qildi. Janob Rasululloh uning huzuriga kiradirgan kunni Oishaga bagishladilar va bu kun Savdaning kuni erdi»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:34:41

99-bob. Xotinlarni barobar ko‘rmoq haqida

Olloh taolo «Va sizlar na qadar dillaringiz xoxlasa ham, xotinlarni barobar ko‘ra olmassizlar, zinhor bir tarafga egilib ketib, ikkinchi tarafni muallaq qoldirmanglar va agar isloh ham ehtiyot qilib tursangizlar, albatta Olloh taolo magfirat qilguvchi mehribondur va agar ikkalalari (ya’ni, er va xotin) ajralishsalar, (hech bok yo‘qdur), Olloh taolo har ikkalasini o‘z kushoyishidan bahramand qilgay, Olloh taolo kushoyishli hikmatli zotdur!» — deydi.

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:34:51

100-bob. Juvon ustiga bokira qizga uylansa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Sunnat shuki, agar kishi bokira qizga uylansa, uning huzurida yetti kun va agar juvonga uylansa, uch kun turadi»

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:35:04

101- bob. Bokira qiz ustiga juvonga uylansa...

Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Payg’ambarimizdan qolgan sunnat shuki, agar kishi juvon ustiga bokira qizga uylansa, avval uning huzurida yetti kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi va agar kishi bokira qiz ustiga juvonga uylansa, avval uning huzurida uch kun turib, so‘ng (ularning huzuriga navbat birlan kirib chiqish uchun) muayyan kunlarni ta’yin qiladi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:35:17

102- bob. Birvarakayiga hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqqan kishi xususida

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kechada hamma xotinlarini ziyorat qilib chiqar erdilar, o‘shanda ul zotning to‘qqizta xotinlari bor erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:35:32

103-bob. Kishining o‘z xotinlari huzuriga kunduzi kirib chiqishi haqida

Oiish raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, agar asr namozidan qayqalar, ayollarining huzuriga kirar va ulardan biri birlan yaqinlik qilar erdilar. Bir kuni ul zot Hafsaning huzuriga kirib u yerda odatdagidan ko‘ra ko‘proq qolib ketdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 05:35:47

104-   bob. Kishi xotinlaridan ulardan birining uyida davolanib yotmoqqa ijozat so‘raganda unga ijozat berilgani xususida

Hishom ibn Urva otalaridan naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam vafotlaridan burungi xastalik chog‘larida: «Ertaga men qay yerda bo‘laman, ertaga men qay yerda bo‘laman?»—deb so‘rar erdilar, ya’ni Oishaning huzuriga kiradirgan kunlari qachon kelishini so‘rar erdilar. Shunda xotinlari: «Uzingiz istagan xotiningizning uyida bo‘laveringiz!» — deb ijozat berishdi. Keyin, Janob Rasululloh to vafot qilgunlariga qadar Oishaning uyida bo‘ldilar. Oisha: «Janob Rasululloh aynan mening huzurimga kiradirgan kunlari mening uyimda vafot etdilar. Olloh taolo o‘z omonatini olganda ul zotning boshlari bag‘rimda va tupuklari tupugimga omuxta erdi» (ya’ni, Oisha onamiz tish tozalaydirgan misvok uchini tishlari birlan yumshatib bergan, Janob Rasululloh ersalar uni olib tishlarini tozalagan erdilar. Shunda Oisha onamizning misvokka tekkan tupuklari ul zotning tupuklariga omuxta bo‘lgan erdi).

Qayd etilgan