Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (3-jild)  ( 483683 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 95 96 97 98 99 100 101 102 103 104 105 ... 114 B


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:11:21

13- bob Qovurilgan go‘sht haqida

Olloh taoloning qavli: «Keyin, keltirdi qovurilgan buzoq».

Ibi Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga qovurilgan kaltakesak (echkemar) keltirildi, ul zot undan yemoq bo‘lib qo‘l uzatdilar. Shunda ul zotga uning kaltakesak go‘shti erkanligi aytildi, ul zot darhol undan qo‘llarini tortdilar. Xolid «Bu harommi?»—dedi. Ul zot: «Io‘q, lekin yer yuzida bundan jirkanmaydirgan birorta ham qavmim bo‘lmaydi, men ham bundan jirkanaman»,— dedilar. Xolid Janob Rasulullohning ko‘z oldilarida undan yedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:11:33

14-bob. Xazira haqida

Nazr «Xazira — xurmodan va harira sutdan tayyorlanadirgan taomdur»,— deydilar Maumud ibn ar-Rabi’ rivoyat qiladilar «Badr g‘azotida ishtirok qilgan sahobalardan biri Atbon ibn Molik al-Ansoriy Janob Rasulullohning huzurlariga kelib: «Yo Ra-sulalloh! Mening ko‘zim xira bo‘lib, shu holimda qavmimga imomlik qilaman. Agar yomg‘ir yog‘ib sel kelsa, men birlan ularning o‘rtasidagi vodiyni suv bosib ketib, ularga imomlik qilmog‘im uchun masjidlariga borolmay qolaman. Yo Rasulalloh, mening uyimga borib namoz o‘qisangiz, men siz namoz o‘qigan joyni o‘zimga namozgoh qilib olgan bo‘lur edim!»—dedilar. Janob Rasululloh: «Inshoolloh, shunday qilgayman!»—dedilar. Atbon bunday deydilar. «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan Abu Bakr as-Siddiq ertasiga quyosh ko‘tarilgan vaqtda mening uyimga tashrif buyurishdi. Ul zot ichkariga kirmoqqa izn so‘radilar, men izn berdim. So‘ng, ichkariga kirishlari hamonoq o‘ltirmay: «Uyingning qaerida namoz o‘qib bermog‘imni istaysan?» — dedilar. Men uyimning bir joyini ko‘rsat-dim, ul zot o‘sha joyga borib takbir aytdilar, biz saf tortdik, bizga imomlik qilib ikki rak’at namoz o‘qidilar, keyin ikki yelkalariga salom berdilar. Keyin, biz ul zotni o‘zimiz tayyorlagan «xazira»ga taklif qilib olib qoldik. Xonadon ahlidan bir qanchasi uyga kirib to‘planishdi. Shunda bir kishi «Molik ibn ad-Duxshin qaerda?» — dedi. Kimdir «U munofiqdur, Olloh taolo birlan uning rasulini yaxshi ko‘rmaydi!»—dedi. Ul zot «Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytganini ko‘ra-bila turib, bunday demagil!» — dedilar. Ul «Olloh taolo va uning rasuli ko‘proq bilguvchidir! Ammo, biz uning munofiqlarga nisbatan munosabatini ko‘rib, shunday deb aytuvdik»,— dedi. Ul zot «Darhaqiqat, Olloh taoloning rizoligini istab «Lo iloha illallohu» deb aytgan kishini kuydirmoqni Olloh taolo do‘zaxga harom qildi»,— dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:11:45

15-bob. Pishloq haqida

Humayd rivoyat qiladilar: «Men Anasning bunday deb aytganini eshitib erdim: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Safiyyaga uylandilar. Dasturxonga xurmo, pishloq va yog‘ qo‘yib musulmonlarni ziyofat qildilar».

Amr ibn Abu Umar Anasdan naql qilib: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Safiyyaga uylanganlarida) «hays» (pishloqqa xurmo va yog‘ qo‘shib tayyorlanadirgan taom) tayyorladilar»,— dedilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Xolam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga (qovurilgan) kaltakesak go‘shti, pishloq va sut tortiq qildilar. (Qovurilgan) kaltakesak go‘shtini ul zotning xontaxtalariga qo‘yishdi. Agar kaltakesak harom bo‘lganida xontaxtalariga qo‘yishmas erdi. Ul zot sutni ichib, pishloqni yedilar (ammo, kaltakesakdan jirkanib yemadilar)».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:11:59

16-bob. (Qand) lavlagi va arpa xususida

Sahl ibn Sa’d rivoyat qiladilar: «Biz jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Bizning bir kampirimiz bo‘lib, u (qand) lavlagini qozoniga solib, unga biroz arpa donidan qo‘shib qaynatib qo‘yar erdi. Biz jum’ani o‘qib bo‘lib, uni ko‘rgani borar va u bizni boyagi taom birlan siylar erdi. Shul boisdan ham biz har jum’a kuni xursand bo‘lur erdik. Odatda, biz jum’ani o‘qimagunimizcha na tushlik va na qaylula qilar erdik. Xudo haqi, o‘sha taomda na go‘sht yog‘i va na dumba yog‘i bo‘lar erdi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:12:11

17-bob. (Go‘shtni) tish birlan uzib olib chaynamoq va go‘shtni (qozondan) olmoq haqida

Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam biqin (qobirg‘a) go‘shtini yeb bo‘lib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar».

Ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qobirg‘a go‘shtini qozondan olib yedilar-da, tahoratlarini yangilamay namoz o‘qidilar» (chunki, taom yeganda tahorat buzilmaydi, og‘iz chayqalsa, bas)

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:12:23

18- bob Qo‘l go‘shtini yemoq xususida

Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga Makka tomonga yo‘l oldik».

Abdulloh ibn Abu Qatoda otalaridan naql qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning sahobalaridan bir guruhi birlan Makka yo‘lidagi bir joyda o‘ltirgan erdim, Janob Rasululloh ham yonginamizga kelib qo‘ngan erdilar. Barcha ehromda bo‘lib, faqat men ehrom bog‘lamagan erdim. Poyafzalimni yamab turganimda odamlar bir qulonni ko‘rib qolishdi, ammo buni menga bildirishma-di, chunki ular «Koshki, uni o‘zi ko‘rib qolsa!» deb istashgan erdi (chunki, ehrom kiygan odam o‘zi ko‘rib qolgan ov hayvonini ehrom kiymagan odamga ko‘rsatib qo‘ymasligi lozim). Bir payt, o‘girilib qulonga ko‘zim tushib qoldi. Urnimdan turib otimning oldiga bordim-da, uni egarladim. So‘ng, uni mindim, ammo qamchi birlan nayzani unutib qoldirgan erdim. Odamlarga: «Qamchi birlan nayzani olib beringizlar!» — dedim. Ular: «Yo‘q, aslo! Xudo haqi, biz senga bu ishda yordam bermaymiz!» — deyishdi (chunki, ular ehromda bo‘lib, ov borasida yordam ko‘rsatmoqlari mumkin ermas erdi). Men g‘azablanib otdan tushdim-da, qamchi birlan nayzani o‘zim olib, yana otga mindim. Otimni ov ustiga haydab, unga nayza otdim, so‘ng borib qarasam, o‘libdi. Odamlar uning go‘shtidan pishirib yeyishdi, so‘ng ehromdaliklari yodlariga tushib: «Qulon go‘shtidan yeb gunohkor bo‘lmadikmikan?» — deb xavotirga tushishdi. Keyin, biz yo‘lga tushdik, men qulonning ortib qolgan bir qo‘lini o‘zim birlan olib oldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga borgach, ul zotdan shul haqda so‘radik. Ul zot: «Qulon go‘shtidan biror bo‘lak olib keldingizlarmi?» — dedilar. Men qulonning qo‘lini ul zotga uzatib erdim, ehromdaliklariga qaramay, uni yeb suyaklarigacha tozalab qo‘ydilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:12:32

19- bob. Go‘shtni pichoq birlan kesmoq haqida

Amr ibn Umayya rivoyat qiladilar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qo‘yning yelkasidan qo‘lini kesib olayotganlarini ko‘rdim. Shunda namozga azon aytilib qoldi, ul zot qo‘yning qo‘li birlan pichoqni qo‘yib, o‘rinlaridan turdilar-da, tahoratni yangilamay namoz o‘qidilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:12:45

20-bob. Rasululloh sallallohu alayqi va sallam taomga nah urmas erdilar!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam taomga nah urmas erdilar, ishtahalari bo‘lsa, yer erdilar, ishtahalari bo‘lmasa, yemas erdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:12:55

21- bob. Arpa (unini) puflamoq (sovurmoq) haqida

Abu Xozim rivoyat qiladilar: «Men Sahldan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning zamonlarida (elangan) oq undan yopilgan nonni ko‘rganmisizlar?» — deb so‘radim. U: «Yo‘q»,— dedi. Men: «Arpa (unini) elar erdingizlarmi?»—dedim. U: «Yo‘q, ammo uni puflar (sovurar) erdik»,— dedi».

Qayd etilgan


Doniyor  24 Oktyabr 2006, 06:13:59

22-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan ul zotning sahobalari nima eyishar erdi?

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sahobalariga xurmo taqsim qildilar. Har bir sahobaga yettitadan xurmo berdilar, menga ham yettita xurmo berdilar. Ulardan biri yomonroq erdi. Xullas, ularning ichida menga yoqadirgani bo‘lmay, birini olib biriga uradirgan darajada erdi».

Qays: «Sa’d menga bunday deb aytdi»,— deydilar: «Mening Olloh taolo yo‘lida birinchi bo‘lib o‘q otgan arab erkanligimni bilursen. Biz Janob Rasululloh birlan g‘azot qilur erdik, o‘shanda hubla bargidan bo‘lak yemishimiz bo‘lmay, ichimiz qo‘yning qumalog‘i yanglig‘ erdi. Keyin, Banu Asad meni dinga bul qadar berilmaslikka unday boshladi, men ularning gapiga kirib, ilgarigi sa’yimni habata qilib qo‘ydim».

Qayd etilgan