Forumdoshlar, shu kunlarda vaqtimiz borligi sababli uch-to'rt kishi diydor ko'rishmakni maqsad qilgan edik. Endi safimizni kengaytirmak hayrli ko'rindi. Har qalay, ko'pchilik ko'pchilikda. ))
Shunday qilib ertaga iloj topganlar, lozim topganlar, yaqin olganlar Marg'ilonda yig'ilishsak dedik. Bu yog'i yo'llar ham ancha erib qoldi. Anjandan keladiganlarni Andijon darvozada Muzaffar kutib oladi. Nomongondan keladiganlarni Namangan darvozada Muzaffar kutib oladi. Dovon oshib keladiganlarni Toshkon pitakda Muzaffar kutib oladi (mobodo-da endi...).
Farg'onadan keladiganlarni Farg'ona darvozada... ha mayli, Muzaffar kutib oladi.
Ikki kundan beri Admin.ni topa olmayapmiz. Bir multfilmdagi gap keldiyu...
Ha aytgancha, yozdagi qolib ketgan baliq Aqoidning esidan chiqmagan ekan, shuni egalariga topshirmoqchi shekilli. Nima ham derdik, "berganni betiga qarama!"-deyisharmidi...
Yana, "Bir kun ming kun bo'larmidi?" - degan gaplar ham bor. Bu aaayyrim forumdoshlarimizga tegishli.