Darhaqiqat, otamiz bizning dunyoga kelishimizga sababchi bo’ladi, voyaga yetishimizda o’zining sa’yi-harakatlari, ibrati, ro’zg’or yuritishi bilan faol ishtirok etadi. Bizning kamolga erishuvimizdagi onaning beqiyos xizmatlarini ta’riflashga esa til ojiz, qalam noqis, so’z tanqis. Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam "œJannat onalarning oyoqlari ostidadir" deganlar va ummatlaridan bu dunyoda jannat izlaganlarni onani rozi qilishga, uning duosini olishga targ’ib qilganlar. Bir a’robiy Payg’ambar alayhissalomdan: "œMenda otamning haqqi ko’pmi yoki onamning?" deb so’raganida u zot uch martagacha "œOnangning haqqi" deb javob qaytarganlar va to’rtinchi marta so’ralganda "œotangning" deganlar. Bir yigit sahobalardan: "œOnamni yelkamga ko’tarib Makkaga olib borib, yetti marta Ka’bani tavof qildirdim, endi uning haqqini ado qiloldimmi?" deb so’raganida ular: "œYo’q, bu xizmating bilan u seni emizish uchun bir marta uyqusini buzganini ham rozi qilolmading" deyishgan ekan.
Ushbu risolamiz farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari va qarzdorligi to’g’risida. Shoyadki, ota-onalarini hurmat qilishni o’rgatishda, ularning xizmatiga shay turib, duosini olishda va oxiratni obod qilishda ko’mak bersa! Alloh taolo barchalarimizni farzandlik burchini to’la ado etishimizni, ota-onalarini rozi qilib, Alloh taolo rizoligiga erishuvimizni nasib etsin, omin!