* * *
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilindi: "œQaysi bir safarda bir a’robiy (sahroyi) Abdulloh ibn Umar yonlariga kelib: "œSen falonchining o‘g‘li emasmisan?" deb so‘radi. Shu a’robiyning otasi hazrat Umar ibn Xattob bilan do‘st bo‘lgan ekan. Abdulloh a’robiyga: "œHa, otangning do‘sti Umarning o‘g‘liman", dedilar va o‘zlarining tuyalari ortida olib yurgan eshakni hamda boshlaridagi sallani yechib, a’robiyga berdilar.
Shunda yonlaridagi kishilardan biri taajjublanib dedi: "œBu bir a’robiy bo‘lsa, unga ikki dirham bersangiz kifoya qilardi, siz esa eshakni ham sallani, ham berib yubordingiz". Abdulloh: "œRasululloh otang do‘st tutgan kishilarning do‘stligini saqla, ular bilan aloqani uzma, uzsang Alloh taolo sening nuringni o‘chirib qo‘yadi, degan edilar", — deb javob qildilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).