Assalomu alaykum.
Bolaligini sog'inmaydigan, qilgan sho'xliklarini eslamaydigan, o'ynagan o'yinlarini unutmaydigan odam bo'lmasa kerak.
Bolaligimizda qilgan sho'xliklarimizni eslasak bir attang deymiz, bir kulgumiz keladi.
Qo'shnimizning daraxtidan yong'oq o'g'irlab, qishloqdagi daladan handalak o'g'irlab, rogatkada qush uraman deb qo'shnimizning oynasini sindirib qoyib qochib qolganlarim, qulog'idan cho'zgani uchun so'fi tog'aning tahorat suviga qalampir solib qo'ygan oshnamning hangomasiga maza qilib kulganim, kechasi onamning so'kishlariga quloq solib uyquga ketgandan so'ng sekingina yana Dendyni televizorga ulab ertalabgacha Super Marioni o'ynab chiqqan bolaligimni juda sog'inib ketaman.
Facebookda bir sahifa bor, 80-90 yillarni esga soladi.
Bog'chada ekskursiyaga chiqayotib shunday yurganmisiz siz ham?