So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 220931 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 68 B


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:48:07

93/2. Yahyo ibn Ya’mar aytdilar: «Ma’bad al-Juhaniy qadar haqida har xil so‘zlarni aytganida, biz uni inkor qildik. Men va Humayd ibn Abdurahmon al-Himyariy hajga bordik. Roviylar yuqorida zikr qilingan Kahmasning hadisidagi ma’no va sanadlar bilan hadisni zikr qilishgan. Lekin hadisni ba’zi qo‘shimchalar va qisqartmalar bilan keltirishgan».

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:49:28

94/3. Yahyo ibn Ya’mar va Humayd ibn Abdurahmonlar aytishdi: «Biz Abdulloh ibn Umarga yo‘liqib, (qadariya toifasi)ning taqdir haqida gapirayotgan narsalarini zikr qildik. Roviy Umardan, u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilgan hadislariga o‘xshash hadisni keltirdi. Hadisda ba’zi qo‘shimchalar bo‘lib, ba’zi narsalar qisqartirilgan edi».
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:49:43

95/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kuni odamlar oldiga (chiqib), ko‘rinish berganlarida bir kishi kelib: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon - Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Unga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga va oxirat kuni qayta tirilishga ishonmog‘ing», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom - Allohga biror narsani sherik qilmay, Unga ibodat qilishing, farz namozini qoim qilishing, farz zakotini ado etishing va ramazon ro‘zasini tutishing», deb aytdilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ehson - Allohni go‘yo ko‘rib turgandek ibodat qilishing. Agar sen Uni ko‘rmasang, U seni albatta ko‘radi», dedilar. U kishi: «Ey Allohning rasuli, qiyomat qachon?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi, lekin senga uning alomatlari haqida gapirib beraman. Agar cho‘ri o‘z xojasini tug‘sa, u qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och kishilar odamlarga bosh bo‘lsa, bu ham qiyomat alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlari ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat besh narsaning biriki, u narsalarni faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan vaqtda, O’zi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi orqasiga qaytib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U kishini mening huzurimga qaytarib kelinglar», dedilar. Sahobalar uni qaytarish uchun chiqishgan edi, hech kimni ko‘rishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroil alayhissalom bo‘lib, odamlarga din o‘rgatish uchun keldilar», deb aytdilar.

Abu Hayyon at-Taymiy ham mana pgu sanad bilan bu hadisni o‘zidek rivoyat qilganlar. Lekin rivoyatlarida «Agar cho‘ri o‘z xo‘jayinini tug‘ib bersa», deb arabcha kalimadagi «Robba» o‘rniga «Ba’la» so‘zi bilan keltirilgan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:50:11

96/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mendan (xohlagan) narsalaringizni so‘ranglar», deganlarida, sahobalar so‘rashdan hayiqishdi. Shunda bir kishi kelib, u zotning tizzalari yaqinida (ya’ni, ro‘paralarida) o‘tirib: «Ey Allohning rasuli, Islom nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik qilmasliging, namozni ado etishing, zakot berishing va ramazon ro‘zasini tutishing», degan edilar, u kishi: «Rost aytdingiz», dedi-da, yana: «Ey Allohning rasuli, iymon nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, farishtalariga, kitoblariga, Allohga yo‘liqishga, payg‘ambarlariga, qayta tirilishga va taqdirning barchasiga (ya’ni, yaxshi-yu yomoniga) ishonishing», deb aytdilar. U kishi: «Rost so‘zladingiz», deb yana: «Ey Allohning rasuli, ehson nima?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohdan go‘yo ko‘rib turgandek qo‘rqishing. Agar sen Uni ko‘rmayotgan bo‘lsang, albatta U seni ko‘rib turibdi», dedilar. U kishi: «Rost gapirdingiz», deb yana: «Qiyomat qachon qoim bo‘ladi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ralayotgan kishi so‘raguvchidan ortiq bilmaydi. Men senga uning alomatlarini gapirib beraman. Agar xotin o‘z xo‘jayinini tuqqanini ko‘rsang, qiyomat alomatlaridandir. Agar yalangoyoq, yalang‘och, kar, soqov (ya’ni, johil, esi past) kishilarning yerda hukmron bo‘lganini ko‘rsang, bu ham qiyomat alomatlaridandir. Podachi-cho‘ponlarning imoratni (kim o‘zarga) baland qilib qurishlarini ko‘rishing ham qiyomat alomatlaridandir. Qiyomat beshta g‘ayb (yashirin) narsa ichidaki, u narsalarni faqat Allohning Uzi biladi», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (qiyomat) soati (qachon bo‘lishi to‘g‘risidagi) bilim bordir. U (Uzi xohlagan vaqtda, Uzi xohlagan joyga) yomg‘ir yog‘dirur va (onalarning) bachadonlaridagi homilalarini (o‘g‘ilmi-qizmi, rasomi-nuqsonlimi, baxtlimi-baxtsizmi ekanini) bilur. Biron jon ertaga nima ish qilishini bila olmas. Biron jon qay yerda o‘lishini ham bila olmas. Faqat Allohgina bilguvchi va ogohdir» (Luqmon surasi, 34-oyat). Keyin haligi kishi o‘rnidan turib chiqib ketdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni huzurimga qaytarib kelinglar», degan edilar, sahobalar axtarib chiqib topa olishmadi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishi Jabroildirlar. Sizlar so‘ramaganingiz uchun ta’lim olishingizni xohlab (kelgan edilar)», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:50:48

2-bob Islom arkonlaridan biri namozning bayoni haqida

97/1. Talha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Najd ahlidan bo‘lgan, sochlari to‘zigan bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga keldi. Biz uning ovozini eshitsak-da, nima deb gapirayotganini anglolmadik. U kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yonlariga kelib, Islom haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qish», dedilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi menga shartmi?» degan edi, u zot: «Yo‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy namoz o‘qishing mumkin», dedilar. Yana u zot: «Ramazon oyida ro‘za tutish», degan edilar, u kishi: «Menga bundan boshqasi ham shartmi?» dedi. U zot: «Io‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy ro‘za tutishing mumkin», dedilar. Yana u zot haligi kishiga zakot berishni ham zikr qildilar. Haligi kishi: «Bundan boshqasi ham shartmi?» degan edi, u zot: «Io‘q, faqatgina nafl - ixtiyoriy sadaqa berishing mumkin», dedilar. Shunda haligi kishi orqaga qaytib ketayotib: «Allohga qasamki, mana shundan ziyoda ham qilmayman, kamaytirmayman ham», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u rost so‘zlayotgan bo‘lsa, najot topibdi», dedilar».

Bu yerda Talha ibn Ubaydulloh otalaridan qilgan yuqoridagi rivoyat takror kelgan. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Otasiga qasamki, agar rost so‘zlayotgan bo‘lsa, najot topadi» yoki «Otasiga qasamki, agar rost so‘zlayotgan bo‘lsa, jannatga kiradi», deb aytgan so‘zlari ziyoda qilingan.

(Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Otasiga qasamki», degan so‘zlari haqiqiy qasam emas, balki arablarning odatiga aylanib qolganidek, so‘zlashganda qasam bilan gapirish edi.)

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:51:26

3-bob Islom arkonlarini so‘rash xususida

98/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan (zaruratsiz har xil) narsalarni so‘rashdan man etildik. Sahro ahlidan biror aqlli kishining kelib, ba’zi narsalarni so‘rashi bizga yoqar edi. Biz esa savol-javobni eshitib olar edik. Bir kuni sahro ahlidan bir kishi kelib: «Ey Muhammad! Sening elching biz tomonlarga borib, seni Alloh yuborganini aytyapti», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri so‘zlabdi», dedilar. U kishi: «Unda osmonni  kim  yaratgan?»  dedi.   Rasululloh  sollallohu  alayhi  vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yerni kim yaratgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh», dedilar. U: «Bu tog‘larni o‘rnatib, undagi narsalarni paydo qilgan kim?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh», dedilar. U: «Yeru-osmonni yaratib, bu tog‘larni o‘rnatgan Alloh seni payg‘ambar etib yubordimi?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Seni elching (bizning huzurimizga kelib) har kecha va kunduzda besh vaqt namoz o‘qishning xabarini bermoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurdimi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching bizga mollarimizdan zakot berish vojibligini aytyapti», deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga bu narsani buyurdimi?» deganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) har yili ramazon oyi ro‘zasini tutishni aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. U: «Seni payg‘ambar qilib yuborgan Zotga qasamki, Alloh senga mana shu narsalarni buyurganmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. U: «Sening elching (bizning huzurimizga kelib) yo‘l (mashaqqatlarini ko‘tarish)ga qodir bo‘lgan kishi haj qilishini aytmoqda», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘g‘ri aytibdi», dedilar. Keyin u kishi: «Seni haq bilan yuborgan Zot (Alloh)ga qasamki, men bu narsalarga qo‘shmayman ham, kamaytirmayman ham», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar rost gapirayotgan bo‘lsa, albatta jannatga kiradi», dedilar».

Anas roziyallohu anhu: «Biz Qur’onda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan har xil narsalarni so‘rayverishdan man qilingan edik», deb yuqoridagi hadisni davom ettirdilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:52:56

4-bob Jannatga kirishga sabab bo‘luvchi iymon hamda buyurilgan narsani mahkam tutgan kishining jannatga kirishi haqida

99/1. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safardaliklarida ro‘paralariga chiqib, tuyalari tizginini (yoki jilovini) ushlaganicha: «Ey Allohning rasuli (yoki ey Muhammad), jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoqlashtiradigan amal haqida menga xabar bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni gapirishdan to‘xtatdilar. Keyin sahobalariga qarab: «Haqiqatda (foydali savol berishga) muvaffaq etildi yoki hidoyat qilindi», dedilar-da, unga qarab: «Nima deding?» dedilar. U avvalgi gapini qaytargan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga ibodat qilasan, Unga hech narsani sherik qilmaysan, namozni ado etasan, zakotni berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan, endi tuyaning jilovini qo‘yib yubor», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:53:27

100/2. Abu Ayub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga dalolat qilingki, uni qilsam, jannatga yaqinlashtirib, do‘zaxdan uzoq qilsin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmay ibodat qilasan, namozni qoim qilasan, zakot berasan va qarindosh-urug‘ rishtalarini tiklaysan», dedilar. Bu kishi orqasiga qaytib ketganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar buyurilgan narsani mahkam ushlasa, jannatga kiradi», dedilar.

Ibn Abu Shaybaning rivoyatlarida «Agar uni mahkam ushlasa» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:53:48

101/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar uni qilsam, jannatga kirayin», deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga biror narsani sherik etmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan», dedilar. Shunda u kishi: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormayman», dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa, mana bu kishiga nazar solsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:54:08

102/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nu’mon ibn Qavqal Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, harom narsalarni harom, halol narsalarni halol deb bilsam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «Bunga biror narsani qo‘shmayman» lafzi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan