So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257440 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 68 B


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:54:34

103/5. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Nima deysiz, agar farz namozlarini o‘qisam, ramazon ro‘zasini tutsam, halol narsalarni halol, harom narsalarni harom deb bilsam va bunga bironta narsani ziyoda qilmasam, jannatga kiramanmi?» deganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar. Shunda u kishi: «Allohga qasamki, bunga biror narsani ziyoda qilmayman», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:55:02

5-bob Islom arkonlari va buyuk asoslar xususida

104/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom bega narsa ustiga bino qilingan: 1. Allohning tavhidi. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakot berish. 4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish. 5. Haj qilish», deb aytganlar. Bir kishi (ushbu hadis roviysidan): «Avval haj, keyin ramazon oyi ro‘zasi emasmi?» deb so‘raganida, roviy: «Io‘q! Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan mana shunday, ya’ni avval ramazon oyi ro‘zasi, keyin haj amali, degan tartibda eshitganman», dedi.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:55:29

105/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsa ustiga qurilgan: 1. Allohga ibodat qilib, Undan boshqasiga kufr keltirish. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakotni berish. 4. Haj qilish. 5. Ramazon ro‘zasini tutish», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:55:45

106/3. Abdulloh aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Islom besh narsa ustiga bino qilingan: Ular: 1. «Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning bandasi va rasuli», deb guvohlik berish. 2. Namozni qoim qilish. 3. Zakotni berish. 4. Baytullohni haj qilish. 5. Ramazon oyi ro‘zasini tutish», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:56:09

107/4. Tovus roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Abdulloh ibn Umarga: «G’azot qilmaysizmi?» deganida, u zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman, (u zot): «Albatta Islom besh narsa ustiga bino qilingan: 1. «La ilaha illalloh» shahodati. 2. Namozni ado etish. 3. Zakotni berish. 4. Ramazon oyi ro‘zasini tutish. 5. Baytullohni haj qilish», deb aytganlar», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:56:30

6-bob
Allohga, Uning rasuliga va din konunlariga iymon keltirish hamda unga da’vat etib, bu hakda so‘roq-savol kilish, uni muhofaza etib, yetmagan kishilarga etkazish haqida


108/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasining elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, qabilamiz Rabiy’a qabilasidandir. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofir Muzar qabilasi yashaydi. Shu sababli huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Bizga biror narsalarni buyuringki, o‘zimiz unga amal qilib, ortimizdagilarni ham o‘sha narsaga da’vat qilaylik», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man qilaman. Buyuradiganlarim: Allohga iymon keltirish, ya’ni «La ilaha illallohu va anna Muhammadan rasululloh», deb aytish, namozni qoim qilish, zakot berish va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Qaytarganlarim: qurigan oshqovoq idishi, sharob tayyorlanadigan xurmacha, taxtachadan o‘yib tayyorlangan idish, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish», dedilar.

Xalaf rivoyat qilgan hadisda: «Allohdan o‘zga iloh yo‘q, deb guvohlik berish, deya bitta barmoqlarini bukdilar» jumlasi ziyoda qilingan.

(Izoh: Yuqorida zikri kelgan idishlarda mast qiluvchi sharoblar tayyorlangan. Bu idishlar o‘sha sharoblarni tez yetiltirgan. Shuning uchun bu kabi idishlarni ishlatish man etilmoqda. Keyinchalik Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari bilan bu nasx bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni sharob tayyorlashdan man etib, faqat meshlarda tayyorlashga ruxsat qilgan edim. Endi bo‘lsa, barcha idishlarda ichimlik tayyorlayvering, lekin mast qiluvchilarini emas», deb aytib, barcha mast qiluvchi ichimliklardan man etganlar.)

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:56:42

109/2. Abu Jamra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Ibn Abbos roziyallohu anhu bilan odamlar o‘rtasida tarjimonlik qilar edim. Bir ayol kelib, sopol idishda tayyorlanuvchi sharob haqida so‘radi. Ibn Abbos roziyallohu anhu aytdilar: «Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida, u zot: «Bu qaysi jamoa yoki qaysi qabila?» dedilar. Ular: «Rabiy’a qabilasidanmiz», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qabila yoki jamoadagilar, xush kelibsiz, sizlarga xo‘rlik ham, pushaymonlik ham yetmasin», dedilar. Ular: «Ey Allohning rasuli! Biz huzuringizga uzoq masofadan kelamiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda kofirlardan iborat Muzar nomli qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga o‘zida barcha narsalarni qamrovchi bir ishni buyuringki, o‘sha narsalarni ortimizda qolganlarga bildirib, shu sababli biz ham jannatga kiraylik», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularni to‘rt narsaga buyurib, to‘rt narsadan man etdilar. Yakka Allohga iymon keltirishga buyurib: «Allohga iymon keltirish nimaligini bilasizmi?» deganlarida, ular: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Bu) «La ilaha illallohu va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytish, namoz o‘qish, zakot berish, ramazon oyi ro‘zasini tutish va o‘lja sifatida qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berish. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan idish va taxtachadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman. Sizlar bu narsalarni yodlab, ortingizda qolgan kishilarga bularning xabarini beringlar», dedilar».

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yuqoridagi hadisni zikr qilib, uning davomida Ashaj Abulqaysga: «Senda ikki xislat bordir. Usha xislatingni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. U halim va bosiqlik», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:57:04

110/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulqays jamoasidan bo‘lgan kishilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Biz Rabiy’a qabilasidanmiz. Biz bilan sizning o‘rtangizda Muzar nomli kofir qabila bor. Biz huzuringizga faqat urush harom qilingan oylardagina kela olamiz. Shuning uchun bizga shunday ishlarni buyuringki, biz o‘sha narsalarni ortimizda   qolganlarga   buyurib   va   o‘zimiz   unga   amal   qilib   jannatga kiraylik», deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga to‘rt narsani buyurib, to‘rt narsadan qaytaraman. Sizlarni Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilishga, namozni ado etishga, zakot berishga, ramazon oyi ro‘zasini tutishga va o‘lja qilib qo‘lga kiritilgan narsalarning beshdan birini berishga buyuraman. Ammo qurigan oshqovoq idishi, xurmacha, alqor o‘simligi bilan bo‘yalgan va taxtadan o‘yib ishlangan idishlarda sharob tayyorlab ichishni man etaman», dedilar. Ular: «Ey Allohning nabiysi! Siz taxtadan o‘yib ishlangan idishni qaerdan bilasiz?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u idishni sizlar daraxt ildizidan olib, uni teshib, unga xurmo solib, ustidan suv quyib, qaynashi to‘xtagandan keyin ichasizlar, siz yoki o‘sha ichganlarning birortasi mast bo‘lganidan jiyani bo‘yniga qilich urib qo‘yishi mumkin», dedilar. Qavmdagi bir kishiga xuddi shunday jarohat yetgan edi. U kishi aytadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hayo qilib jarohatimni yashirayotgan edim. Keyin: «Ey Allohning rasuli! Unda qanaqa idishda ichaylik?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Og‘zi mahkamlab bog‘lanadigan teri idishda ichinglar», dedilar». Shunda ular: «Ey Allohning rasuli, yerlarimizda kalamush ko‘p. Birorta ham teri idish butun qolmaydi», deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, agar kalamush yesa ham, o‘sha teri idishda ichinglar», deb Ashaj Abdulqaysga: «Senda ikki xislat bor, u xislatni Alloh va Uning rasuli yaxshi ko‘radi. O’sha xislat halim va bosiqlikdir», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  16 Oktyabr 2006, 13:57:23

111/4. Abu Said al-Xudriy xabar berishlaricha, Abdulqays elchilari Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), biz qaysi idishlarda ichimlik ichsak, yaxshi bo‘ladi?» deyishganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Taxtadan o‘yilgan idishda ichimlik ichmanglar», deb aytdilar. Ular: «Ey Allohning nabiyi! Alloh bizni sizga fido qilsin (ya’ni, sizni yomonliklardan saqlasin), taxtadan o‘yib ishlangan idishni bilasizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bilaman. U daraxt ildizi bo‘lib, uning o‘rtasi teshib olinadi. Bundan tashqari sizlar qurigan oshqovoq idishi va xurmachalarda   ham   sharob   tayyorlab   ichmanglar.   Balki   og‘zi   ip   bilan bog‘lanadigan (teridan ishlangan meshlar)da ichinglar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:05:49

7-bob
Ikki shahodat kalimasi hamda Islom shariatiga da’vat qilish haqida


112/1. Muoz roziyallohu anhu aytdilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni (Yamanga) yuborayotib: «Sen kitob ahli bo‘lgan qavm huzuriga ketmoqdasan. Avval ularni «La ilaha illalloh va anna Muhammadur rasululloh» shahodatiga da’vat qil. Agar bunga itoat qilishsa, Alloh ularga har kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga beriladigan sadaqani Alloh ularga farz qilganini bildir. Agar bunga ham itoat qilishsa, qimmatbaho, ya’ni sara mollarini olishdan chetlan. Mazlumning duosidan qo‘rq. Chunki mazlumning duosi bilan Allohning o‘rtasida parda yo‘q», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan