So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 220930 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:06:06

113/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muozni Yamanga yuborayotib: «Sen kitob ahli bo‘lgan qavm huzuriga ketmoqdasan. Ularni avval Alloh azza va jallaning ibodatiga da’vat qil. Agar ular Allohni tanishsa, Alloh ularga bir kecha va kunduzda besh vaqt namozni farz qilganining xabarini ber. Agar bunga ham amal qilishsa, boylardan olib kambag‘allarga beriladigan zakotni Alloh ularga farz etganining xabarini ber. Agar bunga ham itoat qilishsa, ulardan o‘sha molni ol. Lekin qimmatbaho, sara mollarni olishdan saqlan», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:06:46

8-bob
Odamlar «La ilaha illalloh Muhammadur rasululloh», deb aytmagunicha, namozni koim qilmagunicha, zakot  bermagunicha, Nabiy sollallohu alayhi vasallam olib kelgan risolatning barchasiga iymon keltirmagunicha ularga (karshi) urush kilishga buyurish. Kim shu narsalarga bo‘yin egsa, o‘z joni va molini saklabdi. (Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va kasoslarda bunday emas.) Uning botini esa Allohga havola kilinur. Hamda zakot va boshqa Islom shiorlarini inkor qilganlarga  urush e’lon qilish va imomning Islom rasm-rusm, ibodatlariga ahamiyat berishi haqida


114/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin Abu Bakr roziyallohu anhu xalifa bo‘ldilar. Abu Bakrning xalifalik paytlarida arablardan kofir bo‘lganlari paydo bo‘ldi. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Abu Bakr roziyallohu anhuga: «Siz qanday qilib urushasizki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha urushishga buyurildim, kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda unday emas. Uning hisobi esa (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb aytganlar?!» deganlarida, Abu Bakr roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, kim namoz bilan zakot orasini ajratsa, u bilan urushaveraman. Chunki zakot molning haqqidir. Alloh nomiga qasamki, agar ular Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida zakot sifatida berayotgan  echkilarini  man  qilishsa  ham  ularga  urush  e’lon  qilaman», dedilar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Alloh nomiga qasamki, bildimki, Alloh Abu Bakr roziyallohu anhuning qalblarini urushga moyil qilibdi. Va yana bildimki, Abu Bakr roziyallohu anhu haq ekanlar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:06:53

115/2. Abu Hurayra roziyallohu anhu xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Kim «La ilaha illalloh», desa, moli va jonini omonda saqlabdi. Lekin molning haqqida (ya’ni, zakotda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:00

116/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishilar «La ilaha illalloh», deb guvohlik bermagunicha hamda menga va men olib kelgan narsaga (ya’ni, risolatga) iymon keltirmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Agar mana shu narsani bajarishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida, ya’ni had va qasoslarda bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:08

117/4. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh», deb aytishmagunicha  urushishga  buyurildim.   Agar   «La  ilaha  illalloh»,   deb aytishsa, qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Allohning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisobi (ya’ni, botini) Allohga havoladir», deb quyidagi oyatni o‘qidilar: «Zotan, siz faqat bir pand-nasihat qilguvchidirsiz, xolos. Siz ularning ustida zo‘ravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz» (G’oshiya surasi, 21-22-oyatlar).

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:15

118/5. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar «La ilaha illalloh va anna Muhammadar rasululloh» shahodatini aytishmagunicha, namozni qoim qilishmagunicha, zakotni berishmagunicha ular bilan urushishga buyurildim. Agar uni bajarishsa, ular qonlari-yu mollarini omonda saqlashibdi. Lekin Uning haqqida (ya’ni, had va qasoslarda) bunday emas. Ularning hisoblari (ya’ni, botinlari) Allohga havoladir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:23

119/6. Abu Molik otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», deb Allohdan boshqa ibodat qilinadigan narsaga kufr keltirsa, uning moli va qoniga tegish harom. Hisobi (ya’ni, botini) esa Allohga havoladir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:46

9-bob
Modomiki, o‘lim g‘arg‘arasi kelmagan ekan, o‘limi yaqinlashgan kishining Islomni qabul qilishi durust ekaniga dalil hamda mushriklarga istig‘for joiz, deyilgan gapning nasx qilingani va kim mushrik bo‘lib vafot etsa, do‘zax ahlidan ekani, uni biror vosita saqlay olmasligi bayoni


120/1. Sa’id ibn Musayyab otalaridan qilgan rivoyatda aytilishicha, Abu Tolib o‘lim bo‘sag‘asida yotganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kirdilar. Qarasalar, oldida Abu Jahl va Abdulloh ibn Abu Umayya ibn Mug‘iyralar bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey amaki! «La ilaha illalloh», deb ayting, Alloh huzurida sizga guvoh bo‘laman», dedilar. Abu Jahl va Abdulloh ibn Umayyalar: «Ey Abu Tolib, Abdulmuttalib millatidan (ya’ni, dinidan) yuz o‘girasanmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga yuqoridagi so‘zlarni bildirib qaytaraverdilar, ammo Abu Tolibning oxirgi so‘zi «Abdulmuttalib millatidaman (ya’ni, dinidaman)», deyish bo‘ldi. Ya’ni, «La ilaha illalloh» deyishdan bo‘yin tovladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar man qilinmasam, haqqingizga istig‘for aytaman», dedilar. Keyin Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Na payg‘ambar va na mo‘minlar, agar mushriklar qarindoshlari bo‘lsa ham -ularning do‘zax egalari ekanliklari aniq ma’lum bo‘lgandan keyin, u mushriklar uchun mag‘firat so‘rashlari joiz emasdir» (Tavba surasi, 113-oyat).

Alloh taolo Abu Tolib haqida quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh O’zi xohlagan kishilarni hidoyat qilur. U hidoyat topguvchi zotlarni yaxshiroq bilguvchidir» (Qasos surasi, 56-oyat).

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:07:53

121/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam amakilari o‘lim bo‘sag‘asida yotganida unga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari bo‘yin tovladi. Shunda Alloh taolo «Siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz» oyatini nozil qildi.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:08:01

122/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam amakilariga: «(Siz) «La ilaha illalloh», deb ayting, men sizga qiyomat kuni guvoh bo‘laman», deganlarida, amakilari: «Agar meni Quraysh zaifligi majbur qilibdi-da, deb ayblashmaganida, men sizni (aytgan so‘zingizni qabul qilib) mamnun etar edim», dedi. Shunda Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «(Ey Muhammad alayhissalom), aniqki, siz o‘zingiz suygan kishilarni hidoyat qila olmassiz, lekin Alloh Uzi xohlagan kishilarni hidoyat qilur» (Qasos surasi, 56-oyat).

Qayd etilgan