So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256843 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:09:52

133/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Itbon ibn Molik ko‘zlari xiralashib qolganida odam yuborib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga shunday dedi: «(Uyimga) kelib, masjid qilib olishim uchun bir joyda namoz o‘qib belgilab bering», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qavm bilan birga keldilar. Shu payt bir kishini sifatlab ketishdi. Uning ismi Molik ibn Duxshum edi...», deb hadisning qolgani yuqoridagi hadisdagidek davom ettirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:11

11-bob
Kim Allohni Rabbim deb, Islomni din deb, Muhammad  alayhissalomni rasul deb rozi bo‘lsa, agar u kabira gunohlarni sodir etgan bo‘lsa ham mo‘min ekani haqida


134/1. Abbos ibn Abdulmuttalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Allohni Rabb deb, Islomni din deb, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni rasul deb rozi bo‘lsa, iymon halovatini topibdi», deb aytganlarini eshitdim».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:28

12-bob Iymon bo‘laklari adadi, o‘sha bo‘laklarning eng afzali va pasti hamda hayoning fazilati va uning iymondan ekani bayoni

135/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan ortiq bo‘lakdir. Hayo iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:37

136/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon yetmishdan yoki oltmishdan ortiq bo‘lakdir. Bularning eng afzali «La ilaha illalloh» bo‘lsa, eng pasti odamlar yuradigan yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham o‘sha iymon bo‘laklaridan biridir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:44

137/3. Solimning otalaridan qilgan rivoyatlarida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir kishining birodariga hayo haqida va’z qilayotganini eshitdilar. (Ya’ni: «Juda qattiq hayoli bo‘lma! Uzingga qiyin bo‘ladi», derdi.) Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayo iymondandir», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «bir kishi», degan so‘z «ansoriy kishi» lafzi ila kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:52

138/4. Imron ibn Husayn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Hayo faqat yaxshilik olib keladi», deb aytgan so‘zlarini gapirsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Hikmatda yozilishicha, hayoda viqor hamda xotirjamlik bor», deb aytdi. Shunda Imron roziyallohu anhu unga qarata: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so‘zlarini gapirsam, sen bo‘lsang sahifangdagi narsalarni so‘zlaysan-a», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:10:59

139/5. Abu Qatoda aytdilar: «Biz bir nechta kishi Imron ibn Husayn huzurlarida edik. Ichimizda Bushayr ibn Ka’b ham bor edi. Shu payt Imron: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayoning hammasi yaxshilik», deganlar», deb aytsalar, Bushayr ibn Ka’b: «Ba’zi kitob yoki hikmatda ko‘rganmizki, hayoda Alloh uchun viqorli va xotirjam bo‘lish bor hamda unda zaiflik ham bor», dedi. Imronning Bushayr aytgan so‘zga achchiqlari keldi, hatto ikki ko‘zlari qizarib ketdi. Imron: «Men senga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan so‘zlarini zikr qilsam, sen unga qarshi bo‘lmoqdasan», dedilar. Keyin yana Imron shuni aytsalar, Bushayr ham o‘z so‘zini gapirdi. Imronning yana achchiqlari chiqdi. Shunda biz:  «Ey Abu Nujayd (ya’ni, Imron), Bushayr bizdan (ya’ni, musulmon), uning zarari yo‘q (ya’ni, u munofiq ham, zindiq ham emas)», deb aytdik». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:11:14

13-bob Islom sifatlarini o‘zida  jamlovchi narsalar haqida

140/1. Sufyon ibn Abdulloh as-Saqafiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Men): «Ey Allohning rasuli! Menga Islomdagi bir so‘zni aytingki, sizdan keyin biror kishidan so‘ramayin», (Abu Usomaning hadisida «... sizdan boshqasidan so‘ramayin...» bo‘lib kelgan) desam, u zot: «Allohga iymon keltirdim, deb ayt, keyin istiqomat, ya’ni to‘g‘ri yo‘lni lozim tut», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:11:27

14-bob Islomdagi amallardan birining  boshqasidan afzalligi va ularning qay biri eng afzal ekani bayoni

141/1. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Islomdagi qaysi amal yaxshi?» deb so‘raganida, u zot: «Qorni ochlarni to‘ydirishing hamda tanigan va tanimagan kishingga salom berishing», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:11:34

142/2. Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytdilar: «Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Musulmonlarning qaysi biri yaxshiroq?» deb so‘raganida, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘luvchi kishi yaxshiroqdir», dedilar».

Qayd etilgan