So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256687 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:11:41

143/3. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishi (haqiqiy) musulmondir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:11:51

144/4. Abu Muso roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli! Islomdagi qaysi amal afzal?» desam, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘lgan kishi afzal», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat: «Rasulullohdan (s.a.v.) qaysi musulmonlar afzal deb so‘ralganida», bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:13:46

15-bob
Iymon halovatini topish bilan sifatlangan kishining xislatlari bayoni


145/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda uch xislat bo‘lsa, iymon halovatini topibdi: 1. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan mahbub bo‘lsa. 2. Bir kishini Alloh roziligi uchun yaxshi ko‘rsa. 3. Alloh uni kofirlikdan qutqarganidan keyin unga qaytishni xuddi olovga tashlanishni yomon ko‘rganidek yomon ko‘rsa», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:14:08

146/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi: 1. Biror kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rsa. 2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa. 3. Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni afzalroq deb bilsa», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «kufrlikka qaytmog‘idan», degan so‘z o‘rniga «yahudiy va nasroniylikka qaytmog‘idan» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:14:35

16-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbati ahli, farzandi, otasi va boshka barchaga muhabbatidan ko‘ra ko‘proq bo‘lishining shartligi hamda bunday muhabbati bo‘lmagan kishini iymonsiz deb nomlash haqida


147/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Banda (Abdulvoris rivoyatlarida «banda» o‘rniga «kishi» bo‘lib kelgan) nazdida men uning ahlidan, molidan va odamlarning barchasidan afzal bo‘lmagunimcha u mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:14:42

148/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz garchi men unga farzandidan, otasidan va odamlarning barchasidan afzal bo‘lmagunimcha mo‘min bo‘la olmaydi», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:14:53

17-bob Kishi o‘ziga sevimli deb bilgan yaxshiliklarni musulmon birodariga ravo ko‘rishi iymon xislatlariga egaligigiga dalil ekani haqida

149/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz birodari yoki qo‘shnisiga o‘zi uchun sevimli deb bilgan narsani ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:15:00

150/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, banda o‘zi uchun sevimli deb bilgan narsasini qo‘shnisi yoki birodariga ham ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:15:16

18-bob Qo‘shniga ozor  berishning haromligi haqida

151/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘shnisi uning yomonliklaridan omonda bo‘lmagan kishi jannatga kirmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:15:29

19-bob
Qo‘shni va mehmonni hurmat qilishga undash, yaxshi narsalardan boshkasida gapirmasdan jim turish hamda mana shu narsalarning barchasi iymondan ekani haqida


152/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, yaxshi so‘zlarni aytsin yoki jim tursin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, qo‘shnisini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga iymon keltirsa, mehmonni hurmat qilsin», dedilar.

Qayd etilgan