So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257408 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:17:06

163/7. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Yaman ahli keldi. Ularning tabiatlari muloyim, qalblari nozikdir. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, xotirjamlik qo‘y boquvchilarda, faxrlanish va gerdayish kun chiqar tomondagi ot va tuya boquvchi badaviylarda», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:17:18

164/8. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarga Yaman ahli keladi. Ular ko‘ngilchan, tabiatlari nozik. Iymon yamanliklarda, hikmat yamanliklarda, kufrning boshi esa mashriq tomonda», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Lekin «kufrni boshi mashriq tomonda», degan so‘z yo‘q. A’mash yuqoridagi sanad bilan Jarirning hadisiga o‘xshab keltirgan va «Faxr va gerdayish tuya boquvchilarda, xotirjamlik hamda viqor qo‘y boquvchilarda» lafzini ziyoda qilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:17:24

165/9. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bag‘ritoshlik va qo‘pollik mashriq tomonda, iymon Hijoz ahlida», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:17:40

22-bob.
Jannatga fakat mo‘minlar kirishi, mo‘minlarni yaxshi ko‘rish iymondan ekani va salomni tarkatish muhabbatning hrsil bo‘lishiga sabab bo‘lishi haqida


166/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha (komil) iymonli bo‘lmaysiz. Agar bajarsangiz, bir-biringizni yaxshi ko‘rishingizga sabab bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni tarqating», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Jonim Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:17:49

167/2. Tamiym ad-Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xolislikdir», deganlarida, biz: «Kim uchun ey Rasululloh?» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar.

(Izoh: Allohga xolislik - Unga iymon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga xolislik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga xolislik - u zot olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar  imomiga xolislik - haq  bo‘lsa,  unga  yordam  berib,  itoat qilish. Ommaga xolislik - ularga amru-ma’ruf, nahyi-munkar qilish hamda ozor bermaslik bilan bo‘ladi.)

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:18:09

23-bob
Din xolislik ekani haqida


Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

168/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga namozni o‘qishga, zakotni berishga va har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:18:15

169/2. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:18:21

170/3. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga quloq solish va itoat qilishga bay’at qildim». U zot: «Agar qodir bo‘lsang», deb aytib turdilar. Va yana Jarir: «Har bir musulmonga xolis bo‘lishga bay’at qildim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:18:33

24-bob
Gunoh sodir etish sababli iymonning noqis bo‘lishi, iymonni mukammal bo‘lmasligini xohlab gunohga kirishib ketgan insonning iymoni yo‘kligi haqida


171/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zinokor zino qilayotgan paytda (komil) mo‘min emas. Ug‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda (komil) mo‘min emas. Aroq ichuvchi aroq ichayotgan paytda (komil) mo‘min emas», dedilar.

Abu Hurayra bu hadisdagilar qatoriga «Odamlar ko‘z tikib turgan vaqtda qadrli (qimmatbaho) narsani o‘ljalar ichidan (taqsimlanishdan oldin) tortib olayotganda (komil) iymonli emas», deyilgan jumlani qo‘shardilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis biroz farqli ravishda to‘rt marta takror kelgan. To‘rtinchisida «Ulja taqsimlashdan oldin sizlardan biringiz undan yashirgan bo‘lsa, komil mo‘min emas, unday qilishdan chetlanib yiroq bo‘linglar» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:19:01

172/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Zinokor zino qilayotgan paytda komil mo‘min emas. Ug‘ri o‘g‘irlik qilayotgan paytda komil mo‘min emas. Aroq ichuvchi aroq ichayotgan paytda komil mo‘min emas. Bulardan keyin tavba eshiklari ochiqdir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan