So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257381 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:19:31

25-bob
Munofiqning xislatlari haqida


173/1. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «To‘rt xislat borki, ular kimda topilsa, u haqiqiy munofiqdir. Kimda ana shu xislatlardan birortasi bo‘lsa, to uni tark qilgunicha o‘sha kishida munofiqlikdan bir xislat bo‘ladi. Ular agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; ahdlashsa, xiyonat qiladi; va’da bersa, xilof qiladi; xusumatlashsa, haqdan yuz o‘giradi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:19:42

174/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Munofiqning alomati uchtadir - agar gapirsa, yolg‘on gapiradi; va’da bersa, xilof qiladi; omonat berilsa, xiyonat qiladi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan. Lekin oxirida «Agar ro‘za tutib, namoz o‘qib, o‘zini musulmon deb da’vo qilsa ham» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:19:56

26-bob
Musulmon birodarini «Ey kofir» deb aytgan kishining iymoni
Haqida


175/1. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar kishi birodarini kofir desa, bu so‘z ikkovlaridan biriga qaytadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:20:04

176/2. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir kishi birodariga «Ey kofir» deb aytsa, ikkovlaridan biriga qaytadi. Agar u o‘sha aytgan so‘zidek bo‘lsa, (kofirdir). Bordi-yu, aytgan so‘zi o‘sha kishida bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:20:11

177/3. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir kishi bila turib haqiqiy otasidan boshqani otam deb da’vo qilsa, kufroni ne’mat qilibdi. Kim o‘ziniki bo‘lmagan narsani «meniki», deb da’vo qilsa, biz (ning jamoamiz)dan emas. Va joyini do‘zaxdan tanlab qo‘ysin. Kim biror kishini «kofir» yoki «Allohning dushmani» deb aytsa, o‘sha aytgan so‘z u kishida mavjud bo‘lmasa, aytuvchining o‘ziga qaytadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:20:24

27-bob
Bila turib otasini tan olmagan kishining iymoni haqida


178/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Otalaringizdan yuz o‘girmanglar. Kim otasidan yuz o‘girsa, u kufroni ne’mat qilibdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:20:33

179/2. Abu Usmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Ziyod (Muoviya ibn Abu Sufyonni otam deb) da’vo qilganida (onasi bir bo‘lgan) Abu Bakraga yo‘liqib: «Bu nima qilganlaringiz? Abu Vaqqos: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda bila turib otasidan boshqa kishini otam, deb da’vo qilsa, jannat unga haromdir», deb aytganlarini quloqlarim bilan eshitganman», deganlar», deb aytsam, Abu Bakra roziyallohu anhu: «Men ham shuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan eshitganman», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takrorlanib, «quloqlarim eshitgan»dan keyin «qalbim uni yod olgan», so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:20:54

28-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Musulmonni so‘kish fosiqlik, uni katl etish kofirlik», degan so‘zlari haqida


180/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Musulmonni so‘kish fosiqlik, uni o‘ldirish kofirlikdir», dedilar.

Zubayd aytadilar: «Abu Voilga «Siz ham Abdullohning Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan ushbu rivoyatlarini eshitganmisiz?» desam, u zot: «Ha», deb javob berdilar».

Ammo Sho‘‘ba rivoyatida Zubaydning Abu Voilga aytgan so‘zlari yo‘q.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:08

29-bob
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (kilich bilan) urib (Islomdan) orkaga kaytib ketmanglar», degan so‘zlari haqida


181/1. Abu Zur’a bobolari Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vido hajida menga «Odamlarni tinchlantir», deb, keyin: «Mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (qilich) bilan urib kofir bo‘lgan holda orqaga qaytib ketmanglar», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:15

182/2. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vido hajida: «Sizlarga voy bo‘lsin! Yana mendan keyin ba’zingiz ba’zingizning bo‘yniga (qilich) bilan urib kofir bo‘lib ketmanglar», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan