So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257294 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:29

30-bob
 Nasabda hakorat kilish va o‘lganga dod-voylab yig‘lashda kufr kalimasini ishlatish haqida


183/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Insonlar orasida ikki sifat borki, ular kufrdir: nasabni haqorat qilish; o‘likka dod-voylab yig‘lash», dedilar.

(Izoh: Ulamolar arabchadagi «kafara» fe’liga to‘rt xil ma’no berishadi: 1) kufr amallari, johiliyat axloqlari; 2) kufrga olib boruvchi; 3) kufroni ne’mat; 4) o‘ziga halol qilib olsa, kofir bo‘lishi).

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:44

31-bob
Xojasi izmidan qochib ketgan qulning kofir deb atalgani haqida


184/1. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot quyidagicha rivoyatni eshitganlar: «Qaysi bir qul o‘z xojasi izmidan qochib ketsa, to qaytib kelgunicha kofir bo‘libdi».

Ushbu hadis roviylaridan biri Mansur: «Allohga qasamki, haqiqatda bu hadis Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilindi. Lekin men bu yerdan turib (ya’ni, Basradan) rivoyat qilinmog‘ini karih ko‘raman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:51

185/2. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaysi bir qul (xojasi izmidan) qochib ketsa, undan himoya ko‘tarilibdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:21:57

186/3. Jarir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qul qochib ketsa, uning namozi qabul qilinmaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:22:10

32-bob
«Yulduzlar almashuvi sababli bizga yomg‘ir yog‘di», deb aytgan kishining kofir bo‘lishi haqida


187/1. Zayd ibn Xolid al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hudaybiyyada tungi yomg‘ir so‘nggidan bomdod namozini o‘qib berdilar. Uqib bo‘lgach olamlarga yuzlandilar-da: «Rabbingiz nima deganini bilasizlarmi?» dedilar. Odamlar: «Alloh va Uning rasuli biluvchiroq», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «(Alloh): «Bandalarim Menga mo‘min va kofir holda tong ottirishadi. Kim «Allohning fazli va rahmati sababli yomg‘ir yog‘dirildi», desa, Menga mo‘min bo‘lib, yulduzlarga kofir bo‘libdi. Ammo kim yulduzdagi unday yoki bunday narsa sababli yomg‘ir yog‘dirildi, desa, Menga kofir, yulduzga mo‘min bo‘libdi», deydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:22:17

188/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Rabbingiz nima deb aytganiga qaramaysizlarmi? «Men bandalarimga ne’matlar ato etsam, ulardan bir toifasi kofir bo‘lib tong ottirishadi. Yulduzlar va yulduzlar sababli (yomg‘ir yog‘di), deyishgani uchun shunday bo‘lishdi», dedi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:22:25

189/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo osmondan barakasini tushirsa, odamlardan bir firqa o‘sha narsa sababli kofir bo‘ladi. Chunki Alloh taolo ularga yomg‘ir tushirsa, ular yulduzdagi u yoki bu sababli yomg‘ir yog‘di, deb aytishadi», dedilar. Lekin Murodiy ismli roviyning hadisida «Falon-fiston yulduz sababli yomg‘ir yog‘di» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:22:32

190/4. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlarida odamlarga yomg‘ir yog‘dirildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlardan ba’zilari shukr qiluvchi va ba’zilar kofir bo‘lishdi», dedilar. Chunki ba’zilari: «Bu yoqqan yomg‘ir Allohning rahmatidir», deyishdi va ba’zilar: «Yulduzdagi u yoki bu narsa o‘zgarishi sababli yomg‘ir yog‘di», deyishdi.

Keyin quyidagi oyat nozil bo‘ldi: «Men yulduzlarning botar joylariga qasam ichurmanki, (hattoki) sizlar (Qur’onni) yolg‘on, deyish(dek badbaxtlik)ni o‘zlaringizning rizq-nasibalaringiz qilib olursizlarmi?» (Voqea surasi, 75-82-oyatlar.)

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:22:52

33-bob
Ansorlarni (Alloh ulardan rozi bo‘lsin) yaxshi ko‘rish iymon va uning alomatlaridandir. Ularni yomon ko‘rish munofiklik alomatiga dalil ekani haqida


191/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ansorlarni yomon ko‘rish - munofiqlik alomati. Ansorlarni yaxshi ko‘rish mo‘minlik alomatidir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:00

192/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ansorlarni yaxshi ko‘rish - iymon alomati, ularni yomon ko‘rish munofiqlik alomatidir», dedilar.

Qayd etilgan