So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257383 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:07

193/3. Barro roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ansorlar haqida gapirib: «Ularni faqat mo‘min yaxshi ko‘radi. Ularni faqat munofiqlargina yomon ko‘radilar. Kim ansorlarni yaxshi ko‘rsa, Alloh ularni yaxshi ko‘radi. Kim ansorlarni yomon ko‘rsa, Alloh ularni yomon ko‘radi», dedilar.

Sho‘‘ba roziyallohu anhu Adiyga: «Bu hadisni Barrodan eshitdingmi?» deganlarida, Adiy: «Menga gapirib bergan edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:15

194/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan kishi ansorlarni yomon ko‘rmaydi», dedilar.

Bu yerda Abu Said roziyallohu anhudan rivoyat qilingan xuddi shu ma’nodagi hadis keltirilgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:23

195/5. Zirr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ali roziyallohu anhu:   «Donlarni   yorib,   insonlarni  yaratgan   Zotga  qasamki,   menda  omi payg‘ambar (Muhammad alayhissalom)dan ahd bor. U ham bo‘lsa meni faqat mo‘min yaxshi ko‘rib, munofiq yomon ko‘radi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:36

34-bob
Toat noqis bo‘lishi bilan iymonning noqis bo‘lishi hamda kufr kalimasini Allohga kufr keltirishdan boshqa narsalarda, ya’ni ne’matga va huquqlarda ishlatilishining bayoni


196/1. Ibn Umar roziyshshohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey ayollar jamoasi, sadaqa beringlar va istig‘for aytishni ko‘paytiringlar. Chunki do‘zax ahlining ko‘pchiligini siz, ayollardan tashkil topganini ko‘rdim», deganlarida, bir oqila ayol: «Nima uchun do‘zax ahlining aksariyati biz ayollardan tashkil topgan?» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «La’natni ko‘p aytasizlar va erlaringizga ko‘p noshukrlik qilasizlar. Men sizlardan ko‘ra aql va dinda noqis bo‘lib, aqllilar ustidan g‘olib keluvchilarni ko‘rmadim», dedilar. Haligi ayol: «Aqli va dini noqis deganingiz nima?» deb so‘ragan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ikki ayolning guvohligi bir erkak guvohligiga teng bo‘lishi aqli noqisligidir. Hayz va nifos qoni ko‘rganida namoz o‘qimasligi dini noqisligidir», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:51

35-bob
Namozni tark kilgan kishiga kufr kalimasining ishlatilishi haqida


197/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qachonki, odam bolasi sajda (oyati)ni o‘qib (darhol) sajda qilganida shayton yig‘lab uzoqlashadi va unga voy bo‘lsin, deb aytadi», dedilar.

Abu Kuraybning rivoyatlarida «Menga voy bo‘lsin! Odam bolasi sajda qilishga buyurilganida sajda qildi va unga jannat berildi. Men esa bosh tortdim va menga do‘zax berildi» bo‘lib kelgan.

A’mash roziyallohu anhuning rivoyatlarida ham shu sanad bilan rivoyat qilingan, lekin «Osiylik qilganim uchun menga do‘zax berildi» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:23:58

198/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi bilan shirk va kufr orasida namozni tark qilish bor», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:17

36-bob
Alloh taologa iymon keltirish amallarning eng afzali ekani haqida


199/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi amal afzal?» deb so‘ralganida, u zot: «Allohga iymon keltirish», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. «Keyin qaysi?» deb so‘ralganida, u zot: «Maqbul haj», dedilar.

Muhammad ibn Ja’farning rivoyatlarida esa «Alloh va rasuliga iymon keltirish» bo‘lib kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:25

200/2. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning rasuli, amallarning qaysi biri afzalroq?» desam, u zot: «Allohga iymon keltirish va Uning yo‘lida jihod qilish», dedilar. Men: «Qaysi qulni ozod qilish afzalroq?» deganimda, u zot: «Egasi nazdida yaxshi bo‘lganini hamda narxi qimmatini», dedilar. Men: «Agar buni qila olmasam-chi?» desam, u zot: «Hunarmandga yordam bergin yoki hunarsizni ish bilan ta’minlagin», dedilar. Men: «Ey Allohning rasuli, agar ba’zi amallarni ado etishda zaiflashib qolsam, nima qilay?» deganimda, u zot: «Odamlardan yomonligingni to‘xtat. Bunday qilishing ham o‘z nafsing uchun sadaqadir», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:32

201/3. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysisi afzal?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. U zotning rioyalarini qilib ortiqcha so‘rashni tark qildim».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:39

202/4. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhdan rivoyat qilinadi. «Men: «Ey Allohning nabiyi, amallarning qaysisi jannatga yaqinroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar».

Qayd etilgan