So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257623 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 68 B


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:47

203/5. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Amallarning qaysi biri Allohga mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar. Agar ziyoda so‘rasam, menga ziyoda javob berar edilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:24:53

204/6. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amallarning afzali vaqtida o‘qilgan namoz va ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:25:11

37-bob
Shirk-gunohlarning eng xunugi (yomoni, og‘iri) ekani va undan keyingi eng ulkan gunohlarning bayoni


205/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Qaysi gunoh Alloh huzurida katgaroq?» deb so‘rasam, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilmog‘ing», dedilar. Men: «Haqiqatda bu ulkan gunoh, so‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin bolalaringning sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» desam, u zot: «Keyin qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:25:44

206/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat).

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:25:59

38-bob
Kabira gunohlarning eng ulkani haqida


207/1. Abdurahmon ibn Abu Bakra roziyallohu anhu otalaridan rivoyat qiladilar. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida edik. U zot: «Sizlarga kabira gunohlarning ulkani haqida xabar beraymi?» deb uch bora aytdilar-da, (so‘ng) «Allohga (biror narsani) sherik qilish, ota-onaga oq bo‘lish, yolg‘on guvohlik yoki yolg‘on so‘z», dedilar. Bu so‘zni gapirayotganlarida suyanib turgandilar, o‘tirib oldilar. Bu so‘zni qayta-qayta takrorlardilar. Biz esa, u zot jim bo‘lsalar-ku, deb umid qilardik».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:29:46

208/2. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabira gunohlar haqida gapira turib: «Ular Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, biror jonni o‘ldirish va yolg‘on so‘z», dedilar.

Anas ibn Molik aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kabiralarni esladilar yoki kabiralar haqida so‘raldilar. «Allohga shirk keltirish, odam o‘ldirish, ota-onaga oq bo‘lish», deb aytdilar. Yana: «Gunohi kabiralarning kattasi haqida xabar beraymi?» dedilar. So‘ngra: «Yolg‘on so‘z» yoki «Yolg‘on guvohlik berish», deb aytdilar. Hadisdagi «Yolg‘on guvohlik berish», degan so‘zga gumonim ko‘proq».

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:29:55

209/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Halokatga eltuvchi yetti amaldan saqlaninglar», deganlarida, sahobalar: «Ey Allohning rasuli, ular nima?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «1. Allohga sherik bor deyish. 2. Sehrgarlik. 3. Alloh o‘ldirishni harom qilgan jonni o‘ldirish. Ammo haq bilan bo‘lsa (ya’ni, had, qasos va shunga o‘xshash narsalarda) zarari yo‘q. 4. Yetimning molini yeyish. 5. Sudxo‘rlik orqasidan kun kechirish. 6. Urushda orqaga chekinish. 7. Iffatli, fohishalikdan uzoq, mo‘mina ayollarni (fohishalikda) ayblash», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:30:02

210/4. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kishi ota-onasini so‘kmog‘i ulkan gunohlardandir», deganlarida, sahobalar: «Kishi ota-onasini ham so‘kadimi?» deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, kishi birovning otasini so‘kadi. Keyin u ham buning otasini so‘kadi. Birovning onasini so‘ksa, u ham uning onasini so‘kadi», dedilar. (Ya’ni, bu bilan u o‘z ota-onasini so‘kkan bo‘ladi.)

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:30:18

39-bob
Kibrning haromligi  haqida


211/1. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning qalbida zarra misqolicha kibr bo‘lsa, u jannatga kirmaydi», deganlarida, bir kishi: «Ba’zi kishilar borki, yaxshi kiyim va yaxshi poyafzal kiyishni yaxshi ko‘radi (bu amali ham kibr-havoga kiradimi?)» deganida, u zot: «(Yo‘q, bu amali kibr emas), albatta Alloh ko‘rkamdir. Va ko‘rkamlikni yaxshi ko‘radi. Aslida kibr haq so‘zni rad etib, odamlarga past nazar bilan qarashdir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  17 Oktyabr 2006, 06:30:24

212/2. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qalbida xantal urug‘i misqolicha iymoni bor biror kishi do‘zaxga kirmaydi. Va qalbida xantal urug‘i misqolicha kibri bor biror kishi jannatga kirmaydi», dedilar.

Qayd etilgan