So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256801 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:29:40

73-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga vahiyning boshlanishi

314/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Oisha onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga birinchi boshlangan vahiy uyqudagi haqqoniy tush edi. Agar tush ko‘radigan bo‘lsalar, tongdagi ziyo kabi ko‘rardilar. Keyin u zotga uzlatga chekinib, xoli qolish suyumli etildi. U zot Hiro nomli g‘orda xoli qolib, qatorasiga bir necha tun ahllari huzuriga borib ovqatlanishdan oldin ibodatga mashg‘ul bo‘lardilar. So‘ngra Xadicha roziyallohu anho huzurlariga qaytib, u zot bilan tanovul qilardilar. Haq narsa to‘satdan keldi. U zot Hiro g‘orida edilar, farishta kelib: «Uqi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, qattiq qisdilar, hattoki bundan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aziyat yetdi. Keyin qo‘yib yubordilar. Jabroil alayhissalom: «Uqi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, ikkinchi marta qattiq qisdilar, hatto jonlari og‘ridi. So‘ngra qo‘yib yubordilar. Jabroil alayhissalom: «O’qi», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men yaxshi o‘qiy olmayman», dedilar. Keyin Jabroil alayhissalom u zotni ushlab, uchinchi marta qattiq qisdilar, hatto aziyat yetdi. So‘ngra qo‘yib yubordilar-da: «(Ey Muhammad alayhissalom, barcha mavjudotni) yaratgan zot bo‘lmish Parvardigoringiz nomi bilan (boshlab) o‘qing. U insonni laxta qondan yaratgan (Zotdir). Uqing, sizning Parvardigoringiz (insoniyatga) qalamni (ya’ni, yozishni-xatni) o‘rgatgan o‘ta karamli Zotdir. U Zot insonga uning bilmagan narsalarini o‘rgatdi», deb aytdilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qaytganlarida bo‘yin va yelkalari o‘rtasidagi go‘sht titrar edi. Shu holatda Xadicha onamiz huzurlariga kirib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», deb aytdilar. Bu zotni o‘rab qo‘yishgan edi, qo‘rqinch bartaraf bo‘ldi. So‘ngra u zot Xadicha roziyallohu anhoga: «Ey Xadicha, menga nima bo‘ldi? Men jonimga biror narsa bo‘ldimikin, deb qo‘rqib ketdim», deb bo‘lib o‘tgan voqea xabarini berdilar. Shunda Xadicha roziyallohu anho: «Io‘q, yo‘q! Xursandlik xabarini bering, Alloh nomiga qasamki, Alloh sizni hech xafa qilib qo‘ymaydi. Chunki siz qarindoshlar bilan aloqani bog‘laysiz, rost gapirasiz, og‘irni yengil qilasiz, kambag‘allarga mol ulashasiz, mehmondorchilikni joyiga qo‘yasiz va haq yo‘ldagi kishiga biror qiyinchilik yetsa, yordam berasiz», dedilar-da amakilarining o‘g‘li Varaqa ibn Navfal ibn Asad ibn Abduluzzoning huzuriga jo‘nab ketdilar. U kishi johiliyatda nasroniylikni qabul qilgan edi. U arabcha kitoblarni va Injilni ham arabchada yozar edi. Uzi keksa kishi bo‘lib, ko‘zi ko‘rmaydigan holga kelgan edi. Xadicha roziyallohu anho: «Ey amakimning (o‘g‘li)! Birodaringizning o‘g‘lidan eshiting», dedilar. Varaqa ibn Navfal: «Ey birodarimning o‘g‘li! Nimani ko‘rmoqdasiz?» dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ko‘rgan narsalarining xabarini berdilar. Shunda Varaqa: «Bu o‘sha yaxshi sirlar    sohibi    (Jabroil)dirlar.    Muso    alayhissalomga    ham    u    zot tushirilgan. Koshkiydi, men yosh bo‘lsam, koshkiydi, qavmingiz (sizni tug‘ilgan yurtingizga sig‘dirmasdan) chiqarib yuborganida tirik bo‘lsam», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ular meni (o‘z yurtimdan) chiqarib yuboradilarmi?» degan edilar, Varaqa: «Ha, chiqarib yuborishadi. Shu vaqtga qadar hech bir kishi siz kabi xabar olib kelmagan edi, agar keltirgan bo‘lsa ham uni qaytarib yuborgan edim. Alloh sizga muyassar etgan kunlar menga ham nasib etsa, qo‘llab-quvvatlab yordam berar edim», dedi», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:29:50

315/1. Jobir ibn Abdulloh al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vahiyning biroz to‘xtab, uzilib qolishi haqida gapirib dedilar: «Bir payt ketayotgan edim, osmondan bir ovoz eshitib qoldim. Boshimni ko‘tarib qarasam, o‘sha Hiro g‘oridaligimda kelgan farishta ekan. Farishta yer bilan osmon oralig‘ida bir kursiga o‘tirib olgan edi. Men esa qo‘rquvdan vahimaga tushdim. Qaytib borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», desam, uydagilar ustimni yopib qo‘yishdi, shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting. Butlardan yiroq bo‘ling», deb vahiy tushishini yana davom ettirdi».

Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta takror kelgan, lekin «Qo‘rquvdan vahimaga tushib yerga yiqildim» va «Vahiy tushishi ko‘payib, yana davom ettirildi» so‘zlari ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:30:06

316/3. Yahyo aytadilar: «Abu Salamadan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, «Men ham Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan «Eng avval Qur’ondan qaysi (sura) nozil bo‘lgan?» deb so‘rasam, Jobir roziyallohu anhu ham «Ia ayyuhal muddassir», deb aytdilar. Men: «Iqro’ surasi emasmi?» desam, u zot shunday dedilar: «Men sizlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan narsalarini gapirib beraman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hiro g‘orida bir oy (uzlat qilib) yashadim. O’sha bir oy muddat tugaganida bir vodiyning o‘rtasiga tushdim. Nogahon kimdir menga nido qildi. Oldimga, orqamga hamda o‘ng va chap tomonimga qarab, hech kimni ko‘rmadim. So‘ngra yana chaqirildim. Qarasam, hech kim ko‘rinmadi. Keyin yana chaqirildim. Boshimni ko‘tarib qarasam, havoda kursi ustida (muallaq) Jabroil alayhissalom turibdilar. Meni qattiq titroq tutdi. Keyin Xadichaning oldilariga borib: «Meni o‘rab qo‘yinglar, meni o‘rab qo‘yinglar», deb aytdim. Ular ustimdan suv quyishdi. Shunda Alloh taolo: «Ey (liboslariga) burkanib olgan zot, turing-da, (insonlarni oxirat azobidan) ogohlantiring. Yolg‘iz Parvardigoringizni ulug‘lang. Liboslaringizni pok tuting» oyatini nozil qildi», deb aytdilar», deya javob berdilar Abu Salama».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Yer bilan osmon orasida kursi ustida o‘ltirgan holda», degan so‘z ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:31:26

74-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Isroga yatsni Makkadan Qudddusga qilgan tungi safarlari va (Me’rojga chiqishlarida) namozlarning farz etilishi haqida

317/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Huzurimga xachirdan kichik, eshakdan kattaroq uzun oq Buroq, ya’ni shunaqa nomdagi hayvon olib kelindi. U tuyoqlarini ko‘z ochib-yumguncha lahzada, ya’ni juda tez tashlar edi. Uni minib Baytul Maqdisga bordim-da payg‘ambarlar bog‘laydigan halqaga bog‘lab, keyin masjidga kirib ikki rakat namoz o‘qidim. So‘ngra chiqsam, Jabroil alayhissalom huzurimga bir idishda xamr (aroq) va yana bir idishda sut bilan kelibdilar. Men sutni ixtiyor qildim. Buni ko‘rgan Jabroil   alayhissalom:   «Fitrat,   ya’ni   sof   istiqomatni   tanladingiz», dedilar. So‘ngra men bilan birga osmonga ko‘tarilib, (osmon eshiklarini) ochishlarini so‘radilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyildi. U zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, Jabroil: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Qarshimizdagi (eshik) ochilgan edi, Odam alayhissalom turibdilar. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra Jabroil men bilan ikkinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, Payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, ikki xolavachcha - Iso ibn Maryam va Yahyo ibn Zakariyo alayhissalom oldilarida turibman. Ikkovlari meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qilishdi. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan uchinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar etib yuborildi», dedilar. Bas, oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, (butun insoniyatga berilgan husnning) yarmi ato etilgan Yusuf alayhissalom oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan to‘rtinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Idris alayhissalom oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. Alloh Qur’oni karimda bu zot haqlarida: «Biz uni (ya’ni, Idrisni) oliy makonga ko‘tarib qo‘ydik», deb aytgan. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan beshinchi osmonga ko‘tarilib, (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi eshik ochilgan edi, Horunning oldilarida turibman. U zot meni olqishlab, yaxshilik tilab duo qildilar. So‘ngra  Jabroil  alayhissalom  men  bilan  oltinchi  osmonga  ko‘tarilib,  (eshik) ochilishini talab qildilar. Shunda: «Sen kimsan?» deyilgan edi, u zot: «Jabroilman», dedilar. «Sen bilan kim birga?» deyilgan edi, u zot: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha, payg‘ambar qilib yuborildi», dedilar. Oldimizdagi (eshik) ochilgan edi, Ibrohim alayhissalom oldilarida turibman. U zot esa orqalarini Baytul-ma’murga suyab turibdilar. Unga har kuni yetmish ming farishta kiradi, (agar u yerdan chiqishsa), unga qaytib kira olishmaydi. So‘ngra men bilan «Sidratul muntaho», ya’ni (sidr daraxti)ga bordilar. Uning barglari filning qulog‘iga, mevalari esa ko‘zalarga o‘xshaydi. Allohning amri uni qoplab olganida, u o‘zgarib ketadi. Allohning maxluqotlaridan birortasi uning husnini sifatlab berishga qodir emas. Alloh taolo menga vahiy qilib, har kecha va kunduzda ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Keyin Muso alayhissalom huzurlariga tushsam, u zot: «Rabbingiz ummatingiz uchun nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namoz», dedim. U zot: «Rabbingiz huzuriga boring-da, yengillatishini so‘rang. Chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi. Chunki men Bani Isroilda baloga yo‘liqqanman», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib: «Ey Rabbim! Ummatimga yengillik qilgin», desam, besh vaqtni bekor qildi. Muso alayhissalom huzurlariga qaytib: «Rabbim mendan besh vaqtni bekor qildi», desam, Muso alayhissalom: «Ummatingizning buni bajarishga toqati yetmaydi. Siz Rabbingiz huzuriga qayting-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Men Rabbim bilan Muso alayhissalom o‘rtalarida qatnashda bardavom bo‘ldim, hatto Alloh: «Ey Muhammad! Albatta ular har kecha va kunduzda besh mahal namoz o‘qiydilar. Har bir namozga o‘n barobar ziyodalik bordir. Usha (ziyodalik) bilan ellik mahal o‘rniga o‘tur. (Shundan kelib chiqib), kim biror yaxshilikni qasd etsa-yu, unga amal qila olmasa, bir yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Bordi-yu, amal qilsa, o‘nta yaxshilik (bajardi), deb yoziladi. Kim biror yomonlikni qasd etsa-yu, unga amal qilmasa, biror narsa yozilmaydi. Bordi-yu, unga amal qilsa, bitta yomonlik (bajardi), deb yoziladi», dedi. Keyin tushib Muso alayhissalom oldilariga bordim-da, buning xabarini bersam, Muso alayhissalom: «Rabbingiz huzuriga boring-da, Undan yengillik qilishini so‘rang», dedilar. Shunda Rabbim huzuriga qaytib bordim, ammo (bu so‘zlarni aytishga) Undan hayo qildim», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:31:45

318/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Meni ko‘tarib zamzam suviga olib borishdi, ko‘kragimni yorib, shu zamzam suvi bilan yuvishdi, keyin olgan joylarida qoldirib ketishdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:31:55

319/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning aytishlaricha, bir kuni Jabroil alayhissalom kelganlarida u zot yosh bolalar bilan birga o‘ynayotgan edilar. Jabroil alayhissalom u zotni ushlab yotqizdilar-da, qorinlarini yorib, qalblarini chiqardilar, uning ichidan quyuq qonni olib: «Mana shu sizdagi shayton nasibasidir», dedilar. So‘ng tillodan bo‘lgan tog‘oraga zamzam suvi soldilar, u suv bilan qalbni yuvib o‘z joyiga qaytarib qo‘ydilar. Haligi birga o‘ynayotgan bolalar onalari, ya’ni enagalari huzuriga kelib: «Muhammad qatl etildi», deb aytishdi. Ular u zotning huzurlariga borishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ranglari o‘zgarib ketgan edi.

Anas roziyallohu anhu: «Men u zotning ko‘kraklaridagi tikilgan narsaning asoratini ko‘rganman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:32:10

320/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Ka’badagi masjiddan Quddusdagi masjidga tungi safarga chiqqanlari haqida gapirib beradilar: «Vahiy qilinishidan oldin uch nafar kishi u zotning huzurlariga keldi. Ushanda u zot Masjidul Haromda uxlayotgan edilar...», deb hadisning qolganini xuddi yuqoridagi hadisda kelganidek oxiriga yetkazdilar. Lekin ba’zisini ziyoda, ba’zisini noqis, ba’zisini oldinlatib va ba’zisini keyinga qo‘yib zikr qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:32:32

321/5. Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Makkadalik paytimda uyimning shifti ochildi. Usha joydan Jabroil alayhissalom tushdilar-da, ko‘kragimni ochib, zamzam suvi bilan yuvdilar, hikmat va iymon to‘ldirilgan tillo tog‘ora olib kelib, uni qalbimga quydilar, so‘ng yopib qo‘ydilar. Keyin qo‘limdan ushlab osmonga ko‘tarildilar. Dunyo osmoniga kelganimizda Jabroil alayhissalom osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Soqchi: «Bu kim?» dedi. Jabroil alayhissalom: «Bu Jabroildir», dedilar. Soqchi: «Siz bilan birga boshqa biror kishi bormi?» desa, Jabroil alayhissalom: «Ha! Men bilan birga Muhammad alayhissalom birgalar», dedilar. Soqchi: «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» degan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Shunda eshik ochildi. Dunyo osmoniga ko‘tarilganimizda bir kishini ko‘rdikki, o‘ng tomonida bir jamoa va chap tomonida bir jamoa turar edi. U kishi agar o‘ng tomoniga qarasa, kular edi, agar chap tomoniga qarasa, yig‘lar edi. Usha kishi: «Solih payg‘ambar va solih kishining o‘g‘li xush kelibdi», deb aytdi. Men: «Ey Jabroil, bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Odam    alayhissalomdir.    Mana    bu    o‘ng    va    chap    tomonidagi    jamoa zurriyotlaridan tashkil topgan xalqlardir. O’ng tomondagisi jannat ahli, chap tomondagi jamoa esa do‘zax ahlidir. Shuning uchun o‘ng tomoniga qarasa, kuladi, chap tomoniga qarasa, yig‘laydi», dedilar. So‘ngra Jabroil alayhissalom men bilan birga ko‘tarilib ikkinchi osmonga chiqdilar va u osmon soqchisiga: «Ochgin», dedilar. Osmon soqchisi dunyo osmoni soqchisi aytgan so‘zni aytdi va (eshikni) ochdi...», dedilar. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmonda Odam, Idris, Iso, Muso va Ibrohim alayhissalomlarning barchalarini uchratdilar. Lekin makonlari qanday ekani haqidagi xabarni isbotlamadilar. Ammo Odam alayhissalomni dunyo osmonida, Ibrohim alayhissalomni oltinchi osmonda uchratdilar. Qachonki, Jabroil alayhissalom va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Idris alayhissalomning oldilaridan o‘tishganida, u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Uta turib: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Idris», dedilar. Keyin Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimizda u zot: «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Musodirlar», dedilar. So‘ngra Iso alayhissalom oldilaridan o‘tsak, «Solih payg‘ambar va solih birodar xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Iso ibn Maryamdirlar», dedilar. Keyin Ibrohim alayhissalom oldilaridan o‘tsak, u zot: «Solih payg‘ambar va solih kishi o‘g‘li xush kelibdilar», dedilar. Men: «Bu kim?» desam, Jabroil alayhissalom: «Bu Ibrohimdirlar», dedilar».

Ibn Abbos va Abu Habba al-Ansoriy roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «So‘ngra men balandlab, bir tekis yerga ko‘tarildim. Va u yerda farishtalar (Allohning taqdir-qazosi va boshqa buyruqlarini) yozishayotganining ovozini eshitdim», dedilar.

Ibn Hazm va Anas ibn Molik roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Alloh ummatimga ellik mahal namoz o‘qishni farz qildi. Men qaytib Muso alayhissalom oldilaridan o‘tganimda, u zot: «Rabbingiz ummatingizga nimani farz qildi?» dedilar. Men: «Ellik mahal namozni», dedim. U zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Rabbim huzuriga qaytsam, U buning yarmini o‘tib yubordi. Muso alayhissalom huzurlariga qaytib, buning xabarini bersam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting, chunki ummatingiz bunga toqat qila olmaydi», dedilar. Men Rabbim huzuriga qaytib borsam, Alloh: «U besh mahaldir. Ana shu besh mahal ellik mahalga o‘tadi. Mening huzurimda so‘z o‘zgartirilmaydi»,   dedi.   Men   Muso   alayhissalom   huzurlariga   qaytib borsam, u zot: «Rabbingiz huzuriga qayting», dedilar. Men: Rabimdan (borish xususida) hayo qildim», dedim. So‘ngra Jabroil alayhissalom bilan birga «Sidratul muntoho»ga bordim. U yerni ranglar o‘rab olibdi, uning nimaligini  bilmayman. Keyin jannatga kiritildim, u yerda gavhardan gumbaz bor bo‘lib, tuproqlari esa mushkdan ekan».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:32:57

322/6. Anas ibn Molik roziyallohu anhu Molik ibn Sa’sa’adan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uyqu bilan uyg‘oqlik orasida turgan edim, ikki kishi orasida turib gapirayotgan uchinchi bir kishining so‘zlarini eshitdim. Usha kishi huzuriga olib kelindim. Tillodan bo‘lgan bir tog‘ora keltirildi. Unda zamzam suvi bor edi. Qalbimni (olish uchun ) u yeridan bu yerigacha, ya’ni qorinning pastki qismigacha yorib, qalbimni chiqarib, zamzam suvi bilan yuvib, keyin hikmat va iymon bilan to‘ldirib o‘rniga qaytarib qo‘yishdi. So‘ngra oq hayvon oldiga olib borildim. U Buroq, deb nomlanar edi. U eshakdan baland, xachirdan pastroq edi. Qadamini tashlasa, bir chetga tushadi. Usha hayvonga   mindirildim,   so‘ng   yurib   dunyo   osmoniga   bordik.   Jabroil alayhissalom u yerning ochilishini talab qildilar. Shunda u zotga: «Bu kim?» deyilgan edi, u zot: «Jabroil», dedilar. «Siz bilan birga kim?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Muhammad sollallohu alayhi vasallam birga», dedilar. «U payg‘ambar qilib yuborildimi?» deyilgan edi, Jabroil alayhissalom: «Ha», dedilar. Bas, soqchi bizga eshikni ochib: «Xush kelibdi, bu keluvchi kishi muncha ham yaxshi», deb aytdi. Biz esa Odam alayhissalomning huzurlariga bordik», deb yuqoridagi qissani davom ettirganlar. Ya’ni, «Ikkinchi osmonda Iso va Yahyo alayhissalomlar bilan, uchinchi osmonda Yusuf alayhissalom bilan, to‘rtinchi osmonda Idris alayhissalom bilan, beshinchi osmonda Horun bilan uchrashib, keyin oltinchi osmonda to‘xtadik-da, Muso alayhissalom oldilariga bordim. U zotga salom bergan edim, u zot: «Solih birodar, solih payg‘ambar xush kelibdi», dedilar. U zotning oldilaridan o‘tib ketayotsam, u zot yig‘ladilar. Shunda: «Sizni nima yig‘latdi?» deyilgan edi, u zot: «Ey Rabbim, bu yigitni mendan keyin (payg‘ambar etib) yubording. Uning ummati mening ummatimdan ko‘ra ko‘proq jannatga kiradi», dedilar. So‘ngra yana yurib, yettinchi osmonda to‘xtadik. Ibrohim alayhissalom oldilariga bordik», deb hadisning davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam to‘rtta anhor ko‘rganlarini gapirganlar. (Yana davom etib dedilar): «Uning aslidan ikkita zohiriy va ikkita botiniy anhor chiqardi. Shunda men: «Ey Jabroil, bu anhorlar nima?» desam, u zot: «Botiniy anhorlar jannatdagi anhorlardir. Ammo zohiriy anhorlar Nil va Furot anhorlaridir», dedilar. So‘ngra meni Baytul-ma’murga ko‘tarishdi. Men: «Ey Jabroil, bu nima?» desam, u zot: «Bu Baytul-ma’mur bo‘lib, har kuni unga yetmish ming farishta kiradi. Agar u yerdan chiqadigan bo‘lsa, oxirgi kiruvchi bo‘ladi, (yana) qaytib (unga) kira olmaydi», dedilar. Keyin menga ikki idish olib kelindi. Ularning birida xamr (aroq), ikkinchisida sut bor edi. Menga u ikkovi ko‘rsatilgan edi, men sutni tanladim. Shunda: «Alloh ummatingizga fitratni to‘g‘rilab qo‘ygan narsaga yetishdingiz», deyildi. Keyin menga har kuni ellik mahal namoz o‘qish farz etildi...», deb bu haqdagi qissani zikr qilib, hadisni tamomlaganlar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «Mening huzurimga hikmat va iymon to‘ldirilgan tillodan bo‘lgan tog‘ora olib kelindi va ko‘krakning yuqori qismidan to qorinning pastki qismigacha yorib, zamzam suvi ila yuvib, so‘ngra hikmat va iymon bilan to‘ldirildi» so‘zi ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:33:19

323/7. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining Isro deb atalmish tungi safarga chiqqanlarini aytib: «Muso alayhissalom bug‘doyrang, uzun bo‘yli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Iso alayhissalom esa to‘lagina va o‘rta bo‘ylidirlar», deb zikr qilib, yana jahannam xazinachisi Molik ismli farishtani va Dajjolni ham zikr qildilar.

Qayd etilgan