So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256926 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 30 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:33:28

324/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Isro kechasida Muso ibn Imronning oldilaridan o‘tdim. U zot bug‘doyrang, uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryamni ko‘rdim, u zot o‘rta bo‘yli, qizil va oq rangga moyil hamda uzun sochli kishi edilar. Va yana do‘zax xazinachisi Molik hamda Dajjol belgilari bilan ko‘rsatildi. Alloh ularni menga, yo‘liqqanda shubha bo‘lmasligi uchun ko‘rsatdi», dedilar.

Qatoda roziyallohu anhu buni sharhlab: «Albatta Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muso alayhissalomga yo‘liqdilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:33:37

325/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Azraq vodiysidan o‘tayotib: «Bu qaysi vodiy?» deganlarida, sahobalar: «Bu Azraq vodiysi», deb aytishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Muso alayhissalomni shu dovondan tushayotgan holda ko‘rmoqdaman. U zotning Allohga talbiya aytish bilan so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar.

So‘ngra Harsho dovoniga kelib: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, «Harsho dovoni», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Yunus ibn Matto alayhissalomni semiz qizil tuya ustida ko‘rgandekman. U zotning ustlarida jundan ishlangan jubba (chopon) bor, tuyalarining tizgini esa kanopdan edi. U zot esa talbiya aytardilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:33:46

326/10. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makka va Madina oralig‘ida ketayotib, bir vodiydan o‘tdik. U zot: «Bu qaysi vodiy?» degan edilar, sahobalar: «Azraq vodiysi», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muso alayhissalomni ko‘rib turgandekman», deb ranglari va sochlari haqida nimalarnidir zikr qildilar. (Lekin ushbu hadis roviyi Dovud quloqlariga barmoqlarini qo‘yganlari uchun rang va sochlar haqidagi narsani yodlay olmaganlar.) «Muso alayhissalom bu vodiydan o‘ta turib, Allohga talbiya aytib so‘raydigan narsalari bor edi», dedilar. So‘ngra yana yurib dovonga keldik. U zot: «Bu qaysi dovon?» degan edilar, ular: «Harsho yoki Lift nomli dovon», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Yunus alayhissalomni ko‘rgandekman, u zot qizil tuyada ustlarida jundan yasalgan jubba (chopon) bor, tuyalari tizgini esa toladan bo‘lib, bu vodiydan talbiya aytgan holda o‘tardilar», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:33:54

327/11. Mujohid roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Ibn Abbos roziyallohu anhu huzurlarida edik. Odamlar Dajjolni zikr qilishdi. Kimdir «Dajjolning ko‘zlari o‘rtasiga kofir, deb yozib qo‘yilgan», dedi. Ibn Abbos: «Men bu haqda (Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan) eshitmaganman. Shunday bo‘lishi ham mumkin, lekin Ibrohim alayhissalom haqlarida eshitganman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar (u zotni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz), yoningizdagi birodaringizga qarang. (Ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlariga qarashni nazarda tutmoqdalar.) Ammo Muso alayhissalom bug‘doyrang,   to‘la   kishi   bo‘lib,   toladan   eshilgan   jilovli   qizil   tuyada vodiydan pastga talbiya aytib tushayotganlarini ko‘rgandayman», dedilar», deb aytdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:34:15

328/12. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga payg‘ambarlar ko‘rsatildi. Muso alayhissalom uncha semiz bo‘lmagan, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshash edilar. Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zotning Urva ibn Mas’udga o‘xshashlarini bildim. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim, u zot yoningizdagi birodaringizga o‘xshashdir (ya’ni, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarini nazarda tutayotgan edilar). Jabroil alayhissalomni ko‘rdim, u zot Dihyaga (boshqa rivoyatda Ibn Rumh Dihya ibn Xaliyfaga, deyilgan) o‘xshashdir», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:34:26

329/13. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men Isroga yuborilgan paytda Muso alayhissalomga yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Muso alayhissalom uzun bo‘yli, jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana «Iso alayhissalomga ham yo‘liqdim», deb u zotni quyidagicha ta’rifladilar: «Iso alayhissalom o‘rta bo‘yli, qizil rangga moyil bo‘lib, hammomdan yangi chiqqan kishiga o‘xshardilar. Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Men u zotning zurriyotlari ichidagi eng o‘xshashiman. Bas, huzurimga ikki idish olib kelindi. Birida sut, ikkinchisida xamr (aroq) bor edi. Menga: «Qaysi birini xohlasangiz, oling», deyildi. Men sutni olib ichgan edim, (Jabroil alayhissalom): «Asl fitratga hidoyat qilindingiz yoki asl fitratga yetishdingiz. Agar xamrni olganingizda ummatingiz adashar edi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:41:30

75-bob Masih ibn Maryam alayhissalom va Masih Dajjol zikri haqida

330/1. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kechalarning birida Ka’ba huzurida tursam, bug‘doyrang, ko‘rinishidan chiroyli, sochlari qulog‘ining yumshoq joyigacha o‘sib tushgan bir kishi (tushimda) ko‘rsatildi. U sochini tarab olgan edi. Usha sochidan suv oqar edi. U ikki kishi orasida yoki ikki kishi yelkasiga suyanib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, «Masih ibn Maryam», deyildi. So‘ngra kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, go‘yoki o‘ng ko‘zi turtib chiqqan uzum donasi kabi kishini (tushimda) ko‘rdim. «Bu kishi kim?» desam, «U Masih Dajjoldir», deyildi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:42:03

331/2. Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abdulloh ibn Umar aytishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kunlarning birida odamlar orasida, Masih Dajjolni zikr qildilar. Va u zot: «Albatta Alloh taolo g‘ilay ko‘zli emas. Ogoh bo‘ling, albatta Masih Dajjolning o‘ng ko‘zi g‘ilaydir. Go‘yoki uning (o‘sha g‘ilay ko‘zi) uzum donasi kabi irg‘ib chiqqandek», deb, u zot yana: «Kechalarning birida tushimda Ka’ba oldida turganim ko‘rsatildi. Shunda chiroyli, bug‘doyrang bir kishi turibdi. (Uning) uzun sochi ikki yelkasi orasiga tushib turar edi. Sochi taralgan va boshidan suv tomchilab turar, qo‘lini esa ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, ular orasida Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Masih ibn Maryam», deb aytishdi. Keyin u zotning orqalarida kalta bo‘yli, jingalak sochli, o‘ng ko‘zi g‘ilay, odamlardan Ibn Qatonga ko‘proq o‘xshab ketadigan bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishi yelkasiga qo‘yib olib, Baytullohni tavof qilar edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Masih Dajjoldir», deb aytishdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:42:18

332/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ka’ba oldida ekanimda uzun sochli bir kishini ko‘rdim. U ikki qo‘lini ikki kishiga qo‘yib olgan edi. Men: «Bu kim?» desam, ular: «Iso ibn Maryam yoki Masih ibn Maryam», deb aytishdi. U ismlarning qaysi birini aytishganini bilmayman. Bu kishining orqasida afti-angori qizg‘ish, sochi jingalak, o‘ng ko‘zi g‘ilay, xuddi Ibn Qatonga o‘xshaydigan bir kishini ko‘rdim. Va: «Bu kim?» desam, ular: «Masih Dajjoldir», deyishdi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:42:25

333/4. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar qurayshliklar meni yolg‘onga tutmaganida Hijr degan joyda turardim-da, Alloh menga Baytul-maqdisni ochib berar edi va u (Dajjol)ga qarab turib, uning alomatlari haqida xabar bera boshlar edim», deb aytdilar.

Qayd etilgan