So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257301 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 31 32 33 34 35 36 37 38 39 40 41 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:42:39

334/5. Umar ibn Xattob roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bir payt uxlayotgan edim, tushimda Ka’bani tavof qilayotgan emishman. Shunda bug‘doyrang, uzun sochli, ikki kishi orasida, boshidan suv tomib yoki oqib turgan kishini ko‘rib: «Bu kim?» desam, ular: «Bu Ibn Maryam», deb aytishdi. So‘ngra o‘girilib qarasam, qizg‘ish rangli, jussali, sochi jingalak, ko‘zi g‘ilay, go‘yoki (o‘sha g‘ilay ko‘zida) uzum donasi turtib turgandek bir kishini ko‘rdim-da, «Bu kim?» deb aytsam, ular: «(Bu) Dajjol», deyishdi. U xuddi Ibn Qatonga o‘xshar edi», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:42:45

335/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga (Dajjol) Hijr nomli joyda ko‘rsatildi. Quraysh esa mendan Baytul-maqdisga qilingan tungi sayohat haqida va Baytul-maqdisning o‘zi haqida ba’zi narsalarni so‘rar edi. Men esa ularga buni isbotlab bera olmay shu darajada g‘amga botdimki, hech bunaqa bo‘lmagan edim. Bas, Alloh so‘rashayotgan narsalarini ko‘rish uchun meni ko‘tardi va ularga bu haqda xabar berdim. Va yana payg‘ambarlar jamoasini ko‘rdim, Muso alayhissalom tik turib namoz o‘qimoqdalar, u zot jingalak sochli bo‘lib, go‘yoki Shanu’a qabilasidagi kishilarga o‘xshardilar. Va yana Iso ibn Maryam alayhissalomni ham ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qiyotgan edilar. U zot Urva ibn Mas’ud as-Saqafiyga o‘xshar edilar. Va yana Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. U zot tik turib namoz o‘qirdilar. U zot birodaringizga o‘xshardilar», deb o‘zlariga o‘xshashliklarini ifoda etdilar. (Yana so‘zlarida davom etib): «Keyin namoz vaqti bo‘ldi. Men ularga imom bo‘ldim. Qachonki, namozimni tugatganimdan keyin bir so‘zlovchi: «Mana bu do‘zax sohibi bo‘lmish Molik nomli (farishtadir). Bunga salom bering», degan edi, men u zotga o‘girilib qarasam, birinchi bo‘lib, mendan oldin salom berdilar», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:43:00

76-bob. «Sidratul munta’o»ning zikri

336/1. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Isroga yuborilganlarida «Sidratul muntaho»ga kelib to‘xtadilar. U oltinchi osmondadir. Yerdan ko‘tarilganlar o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. Uning tepasidan tushganlar ham o‘sha yerda to‘xtatib ushlab qolinadi. (Sidratul muntaho jannat chetidagi, Arshning o‘ng tomonidagi sidr daraxtidir.) Ushanda sidr daraxtini nimadir o‘rab olgan edi. Abdulloh: «Tillodan bo‘lgan (narsa) o‘rab olgan», dedilar. Ushanda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga uch narsa berildi: 1. Besh vaqt namoz. 2. Baqara surasining oxirgi oyati. 3. Allohga biror narsani sherik keltirmasa, halokatga tushishga sabab bo‘luvchi narsalarning kechirilishi.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:43:17

337/2. Shayboniy aytdilar: «Zirr ibn Hubayshdan Allohning so‘zidagi «Bas, (Muhammad alayhissalomga) ikki kamon oralig‘ida yo (undan-da) yaqinroq bo‘lib» oyati haqida so‘raganimda, u zot: «Ibn Mas’ud xabar berishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, Jabroil alayhissalomning olti yuzta qanotlari bor edi», deb javob berdilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:43:23

338/3. Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi» oyati haqida shunday dedilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, u zotda olti yuzta qanot bor edi».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:43:30

339/4. Sulaymon Shayboniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot Zirr ibn Hubayshdan, u zot esa Abdullohdan «Darhaqiqat, u (o‘sha soatda) Parvardigorining buyuk oyatlarini ko‘rdi» oyati haqida eshitganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘shanda Jabroil alayhissalomni o‘z suratlarida ko‘rganlar, u zotning olti yuzta qanotlari bor edi.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:45:23

77-bob Allohning «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» so‘zi haqida

340/1. Abu Hurayra roziyallohu anhu «Darvoqe, uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyati haqida «Jabroil alayhissalomni ko‘rganlar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:45:30

341/2. Ibn Abbos roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Rabbilarini) qalblari bilan ko‘rdilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:45:37

342/3. Ibn Abbos roziyallohu anhu «(Payg‘ambarning) ko‘ngli ko‘rgan narsasini inkor etmadi. «Darvoqe, Uni ikkinchi bor ko‘rdi» oyatida haqida «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Rabbilarini) qalblari bilan ikki marta ko‘rdilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:45:46

343/4. Masruq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Oisha onamiz huzurlarida suyanib turgan edim, hazrati Oisha: «Ey Abu Oisha (ya’ni, Masruq)! Uch narsa borki, kim ulardan birortasini gapirsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi», dedilar. Men: «U narsalar nima?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Kim Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rabbilarini ko‘rganlar, deb gumon qilsa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi», dedilar. Men suyanib turgan edim, o‘tirib oldim-da: «Ey mo‘minlar onasi! Menga muhlat bering, shoshiltirmay turing, Alloh taolo «Darhaqiqat, u ochiq ufqda ko‘rdi» yoki «Darvoqe, u ikkinchi bor ko‘rdi», deb aytgan-ku», desam, Oisha roziyallohu anho: «Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘ragan ummatlaridan birinchi shaxsman. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U Jabroildir, bu ikki safardan boshqa payt xalq qilingan suratlarida ko‘rmaganman. U zot osmondan tushayotganlarida ulkanliklaridan yer bilan osmon oralig‘ini to‘sib qo‘yganlarini ko‘rdim», dedilar. Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Ko‘zlar Unga yeta olmas, U ko‘zlarga yetar. U mehribon va (har narsadan) ogoh Zotdir», degan. Eshitmaganmisan, Alloh taolo: «Biron odam uchun Alloh unga so‘zlashi joiz emas, magar vahiy-ilhom orqali yo biron parda-to‘siq ortidan yoki biron elchi-farishta yuborib, o‘sha (farishta Allohning) izni-ixtiyori bilan U xohlagan narsani vahiy qilish orqaliginadir. Albatta U yuksak va hikmat egasidir», deb aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Allohning kitobidan biror narsani yashirganlar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh taolo: «Ey payg‘ambar, sizga Parvardigoringiz tomonidan nozil qilingan narsani yetkazing! Agar (bu farmonga amal) qilmasangiz, Uning elchiligini (bandalariga) yetkazmagan bo‘lursiz», deb aytgan. Kim Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ertaga nima bo‘lishining xabarini bera oladilar, desa, Allohga nisbatan ulkan yolg‘on so‘zlabdi. Chunki Alloh: «Ayting, osmonlar va yerdagi biron kimsa g‘aybni bilmas, magar Allohgina (bilur)» deb aytgan», dedilar»

Qayd etilgan