So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 210061 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 35 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:02

373/12. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim «La ilaha illalloh», desa va qalbida arpa vaznicha yaxshiligi  bo‘lsa,  u do‘zaxdan  chiqarib  yuboriladi. So‘ngra yana kim «La ilaha illalloh», deb qalbida bug‘doy vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi. Va yana kimning qalbida kichik qumursqa vaznicha yaxshiligi bo‘lsa, u ham do‘zaxdan chiqariladi», dedilar.

Abu Minhol esa rivoyatlarida quyidagilarni ziyoda qilganlar: «Yazid: «Sho‘‘baga yo‘liqib bu hadisni aytsam, u ham: «Bu hadisni bizga Qatoda roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan eshitgani aytib, «qumursqa» o‘rniga «jo‘xori», deb aytdi», dedi. Abu Bistom, ya’ni Sho‘‘ba buni aytish bilan noto‘g‘ri so‘zlabdi, dedi», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:11

374/13. Ma’bad ibn Hilol al-Anaziy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Sobit bilan Anas ibn Molik huzurlariga bordik. Anas roziyallohu anhuning oldilarga kirsak, zuho namozini o‘qiyotgan ekanlar. Sobit roziyallohu anhu biz uchun izn so‘ragan edilar, oldilariga kirdik. U zot Sobitni o‘zlari bilan birga karavotlariga o‘tqazdilar-da: «Ey Abu Hamza, (ya’ni Sobit!) Basralik birodarlaringiz sizdan shafoat haqidagi hadislarni gapirib berishingizni so‘rashadi. Bizga (bu haqda) Muhammad alayhissalom gapirib berganlar: «Agar qiyomat kuni bo‘lsa, odamlar bir-birlari bilan aralash-quralash bo‘lib, Odam alayhissalom huzurlariga kelib: «Zurriyotingizni shafoat qiling», deyishadi. Odam alayhissalom: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Allohning do‘stidirlar», deydilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muso alayhissalom huzurlariga boringlar. Chunki u zot Alloh bilan so‘zlashgan zotdirlar», deydilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men buning (ahli) emasman. Lekin sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar, chunki u zot Allohning ruhi va kalimasidirlar», deydilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borishsa, u zot ham: «Men uning (ahli) emasman. Lekin sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deydilar. «Men uning (ahlidirman)», deb aytaman. Men borib Rabbimdan izn so‘rayman. Menga (izn) berilsa, Uning oldida turib maqtaladigan narsalar bilan hamd aytaman. Hozir u hamdlarni aytishga qodir emasman. Alloh menga uni aytishga ilhom beradi. So‘ngra sajda qilgan holimda bo‘yin egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilik)ni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Shunda men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deyman. Menga: «(Ey Muhammad), boring-da, kimning qalbida bug‘doy yoki arpa miqdoricha iymoni bo‘lsa, (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib u (buyruq)ni bajaraman, so‘ngra Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman, keyin yana sajdaga bosh egaman. Va yana menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoatni so‘rang, shafoat beriladi», deb aytilsa, men: «Ummatim, ummatim», deyman. Menga yana: «Boring-da, kimning qalbida xantal urug‘icha iymon bo‘lsa, uni (do‘zaxdan) chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsani bajaraman. Keyin Rabbim huzuriga qaytib, maqtaladigan narsalar ila Unga hamd aytib, so‘ngra sajda qilish uchun bosh egaman. Menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim», deb aytaman. Menga yana: «Kimning qalbida xantal urug‘idan kichikroq, kichikroq, kichikroq iymoni bo‘lsa, uni do‘zaxdan chiqaring», deyiladi. Men borib, u aytilgan narsalarni bajaraman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:20

Bu hadis Anas ibn Molik xabar bergan rivoyatdir: Biz u zot huzurlaridan chiqib Zahruljabon degan yerga yetganimizda, yo‘nalishimizni Hasan Basriyga to‘g‘riladik va u zotga salom berdik, u zot (Hajjoj ibn Yusuf zulmidan qochib) Abu Xalifaning hovlisida yashirinib turgandilar. Biz u zot huzurlariga kirib salom berdik, va: «Ey Abu Said, (ya’ni Hasan!) Birodaringiz Abu Hamza, (ya’ni Anas ibn Molik) huzurlaridan keldik. Shafoat haqida gapirib bergan hadislaridagini eshitmaganmiz», desak, u zot: «Qani, uni qo‘shimchalari bilan so‘zlanglar-chi», dedilar. Biz hadisni gapirib bersak, u zot yana: «Qani, ortiqchasi bilan gapiringlar-chi», dedilar. Biz: «Bundan ziyoda qilganlari yo‘q», dedik. Shunda u zot: «Iigirma yildan beri u bizga bu hadisni gapiradi. U o‘sha paytda ham kuchli va eslash qobiliyati yaxshi edi. U unutgani uchunmi yoki sizlarga gapirib bersa, unga suyanib qolishingiz sababli tark qildimi, bilmayman, (davomi bor)», dedilar. Biz: «Unday bo‘lsa, bizga gapirib bering», desak, u zot kulib: «Inson shoshqaloq qilib yaratilgandir», dedilar-da, so‘ng: «Men hozir uni sizlarga so‘zlab beraman: «So‘ngra to‘rtinchisida Rabbim huzuriga qaytaman-da, Unga maqtaladigan narsalar ila hamd aytaman. Keyin sajdaga bosh egsam, menga: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsa ayting, u eshitiladi. Biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoat (vositachilikni) so‘rang, shafoat beriladi», deb aytiladi. Men esa: «Ey Rabbim! Kim «La ilaha illalloh», deb aytgan bo‘lsa, (uning ham do‘zaxdan chiqishiga) izn bergin», desam, Alloh: «Bu sizning ishingiz yoki bu sizga yuklangan vazifa emas. Lekin Mening azizligim, kibrligim va azamatim haqqi-hurmati, kim «La ilaha illalloh», deb aytsa, uni (shafoatsiz ham) do‘zaxdan chiqaraveraman», deb aytadi», dedilar».

Ma’bad roziyallohu anhu: «Guvohlik berib aytamanki, Hasan Basriy roziyallohu anhu Anas ibn Molikdan bu hadisni taxminan yigirma yil oldin, eslash qobiliyatlari yaxshi bo‘lgan paytlarida eshitib, uni gapirib berdilar», deb aytganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:31

375/14. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga bir kuni go‘sht olib kelindi. Va u zotga qo‘l qismi uzatildi. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘l qismini (lazzatli bo‘lgani uchun) yaxshi ko‘rardilar. Undan bir tishladilar-da: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyidiman. Nima uchun bunday bo‘lishi(m)ni bilasizlarmi? Alloh qiyomat kuni avvalgi-yu oxirgi, ya’ni Odam alayhissalomdan to oxirgi tug‘ilgan odamgacha bir tepalikka jamlaydi, bir jarchi nido qilib turadi. Hamma ko‘zga tashlanib turadi. Quyosh yaqinlashtiriladi. Odamlar esa toqat qilib ko‘tara olmaydigan darajada g‘am-g‘ussaga botib qolishadi. Ba’zilar ba’zilarga: «Nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizlarmi? Kim Rabbingizga vositachi, ya’ni shafoatchi bo‘ladi?» deyishsa, ba’zilari ba’zilariga: «Odam alayhissalom huzurlariga boringlar», deyishadi. Ular Odam alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Odam, siz bashariyatning otasisiz. Alloh sizni Uzi yaratib, ruhidan sizga puflagandir va farishtalarini sizga sajda qilishga buyurganida ular sajda qilishgan, (ya’ni, shunaqa ulug‘ mavqe’dagi kishisiz), bizga Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Odam alayhissalom: «Rabbim bugun shunday g‘azab qildiki, bundan oldin shu kabi g‘azab qilmagan. Bundan keyin ham bunday g‘azab qilmaydi. U meni daraxtga (yaqinlashishdan) man etganida unga osiylik qilib aytganini bajarmadim. Uzim, o‘zim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoraman.) Mendan boshqa kishi huzuriga, ya’ni Nuh alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Nuh alayhissalomning   oldilariga   borib:   «Ey   Nuh!    Siz   yerdagi   birinchi rasuldirsiz. Alloh sizni shukr qiluvchi banda, deb nomladi (ya’ni, shunaqa mavqe’dagi ulug‘ kishisiz). Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, u zot: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa qavmimni duoibad qilib qo‘yib xatoga yo‘l qo‘yganman. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Ibrohim alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Ibrohim alayhissalom huzurlariga borib: «Siz Allohning nabiyi va yer ahlidan do‘stidirsiz. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Ibrohim alayhissalom ularga: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa (ba’zi xatolarni sodir etganman)», deb yolg‘on gapirganlarini zikr qilib: «Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar mendan boshqa kishi, Muso huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular Muso alayhissalom huzurlariga kelib: «Ey Muso! Siz Allohning rasulidirsiz. Alloh sizni Uz risolati bilan va odamlar ichida Uzi bilan gaplashish ila fazilatli qilgan. Biz bilan Rabbingiz o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Muso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin pgu kabi g‘azab qilmagan, bundan keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Men esa bir odamni o‘ldirib qo‘yganman. Uni o‘ldirish esa menga buyurilmagandi. Uzim! Uzim! (Ya’ni, bugun o‘zim bilan o‘zim ovoradirman.) Sizlar Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytdilar. Ular Iso alayhissalom huzurlariga borib: «Ey Iso alayhissalom! Siz Allohning rasulidirsiz. Siz odamlar bilan beshikdayoq gaplashgansiz. Siz bir kalimadan, ya’ni Maryamga uni tashlanganda va Undagi ruh ila (dunyoga keldingiz). (Biz bilan Rabbingiz) o‘rtasida shafoatchi bo‘ling. Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deyishsa, Iso alayhissalom: «Rabbim bugun shu darajada g‘azab qilganki, bundan oldin bunday g‘azab qilmagan, keyin ham shu kabi g‘azab qilmaydi. Bugun Uzim! Uzim! (Ya’ni, o‘zim bilan o‘zim ovoradirman)», dedilar-da, ammo qilgan gunohlarini zikr etmasdan: «Sizlar Muhammad alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. Ular mening oldimga kelib: «Ey Muhammad sollallohu alayhi vasallam! Siz Allohning rasuli va payg‘ambarlarning oxirgisisiz. Alloh avvalgi-yu keyingi gunohlaringizni kechirib qo‘ygan (ya’ni, shu darajadagi mavqe’ga egasiz). Bizga nima bo‘lganiga va nimalar yetayotganiga qaramaysizmi?» deb aytishsa, borib Arshning ostida to‘xtayman, Rabbim uchun sajda qilgan holda bosh egaman. Keyin Alloh taolo menga shunday narsa beradi, ya’ni bu Allohga eng chiroyli hamdu-sano aytishni ilhom etishidir, mendan oldin biror kishiga bunday ilhom ato etmagan. So‘ngra U: «Ey Muhammad! Boshingizni ko‘tarib biror narsani so‘rang, u beriladi. Biror narsada shafoatni so‘rang, u ham ato qilinadi», deb aytsa, men boshimni ko‘tarib: «Ey Rabbim! Ummatim, ummatim (ya’ni, ummatimga najot ber)», deyman. Shunda menga: «Ey Muhammad! Jannat eshiklarining o‘ng tomonidagi eshikdan ummatingiz kishilarini hisobsiz (bemalol) jannatga kiritavering. Ummatingiz esa odamlar bilan boshqa eshiklarda sherikdirlar», deb aytiladi. Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jannatdagi eshikning ikki yonidagi tabaqasi Makka bilan Hajar shahri oralig‘icha yoki Makka bilan Busro shahri oralig‘ichadir», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:41

376/15. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oldilariga laganda obi yovg‘on va go‘sht keltirildi. Go‘shtning qo‘l qismini olib, undan tanovul qildilar. Chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qo‘yning eng mahbub joyi qo‘li edi. Undan bir tishlam yedilar-da: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyididirman», dedilar, so‘ngra yana go‘shtdan tishlab: «Men qiyomat kuni odamlarning sayyididirman», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarining bu haqda so‘rashmayotganini ko‘rganlaridan keyin: «(Sizlar) «Nima uchun bunday?» deb so‘ramaysizlar?» degan edilar, sahobalar: «Nima uchun bunday?» deyishdi. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Odamlar butun olamlar Rabbi huzurida turishadi», deb yuqoridagi hadisda kelganidek voqeani batafsil so‘zlab, orasida Ibrohim alayhissalom haqlarida kelgan quyidagi so‘zni ziyoda qildilar: «Yulduzlarni (yolg‘ondan) «Bu mening Rabbim», deganlari, olihalar haqida «Ularning kattalari sindirdi», deganlari va yana «Men kasaldirman», deb aytgan yolg‘on so‘zlaridir». Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Muhammadning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, ikki tabaqaning orasi, eshik kesakisigicha bo‘lgan masofa Makka bilan Hajar shahri oralig‘icha yoki Hajar shahri bilan Makka oralig‘ichadir», deb aytdilar.

Roviy: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bularning qaysi birini avval aytganlarini bilmadim», deganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:54:52

377/16. Rib’iy va Huzayfa roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh taolo odamlarni jamlaganda mo‘minlar (Uning huzurida) turishsa, ularga jannat yaqinlashtiriladi. Ular (jannatga yaqin turib kira olishmagach), Odam alayhissalom huzurlariga borib: «Ey otajon! Jannat ochilishini so‘rab bering», deyishsa, Odam alayhissalom: «Sizlarni jannatdan chiqargan narsa otangiz Odamning xatosi emasmi? Men buning uchun haqdor emasman. Sizlar Allohning do‘sti o‘g‘lim Ibrohim huzurlariga boringlar», deb aytadilar. (Ular Ibrohim alayhissalom odilariga borishsa), Ibrohim alayhissalom: «Men Allohning do‘sti bo‘lsam ham, bunga loyiq emasman. Sizlar ortimdagi (payg‘ambarlar huzuriga boringlar). Musoga suyaninglar, chunki u Alloh bilan (vositasiz) gaplashgan», deb aytsalar, ular Muso alayhissalom huzurlariga kelishsa, Muso alayhissalom: «Men bu narsaga loyiq emasman, sizlar Allohning kalimasi va ruhi bo‘lgan Iso alayhissalom huzurlariga boringlar», deb aytadilar. (Ular Iso alayhissalom huzurlariga kelishsa), bu zot ham: «Men bunga loyiq emasman», deb aytadilar. Keyin ular Muhammad alayhissalom huzurlariga kelishadi. Men tek tursam, menga izn beriladi. Omonat va qarindosh-urug‘chilik rishtalari yuboriladi. U ikki rishta sirot ko‘prigining ikki yonida, ya’ni o‘ng va chap tomonida turadi. Sizlarning avvalingiz chaqmoq kabi o‘tadi», deb aytganlarida, men: «Ota-onam sizga fido bo‘lsin, qaysi narsa chaqmoq kabi o‘tadi?» desam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Chaqmoqning qay darajada tez o‘tib, ko‘z yumib-ochgunchalik fursatda qaytishini ko‘rmaganmisizlar? So‘ngra shamol kabi, so‘ngra qush kabi o‘tishadi. Odamlarning yurishi amallariga qarab bo‘ladi. Nabiylaringiz esa sirot ko‘prigi oldida turib: «Ey Rabbim, omonda qil! Omonda qil», deb turadi. Hattoki bandalarning amallari ojiz qolib, ish bermasdan kishi yurishga qodir bo‘lolmay, sudralib keladi. Sirot ko‘prigining ikki yonida ilgichlar bo‘ladi. Buyurilgan kishini ilib oladi. Ilinmasdan lekin tirnalgan najot topib, ilinib qolgan do‘zaxga tushadi», dedilar».

«Abu Hurayraning joni Uning yadida bo‘lgan Zotga qasamki, jahannamning chuqurligi yetmish yil yuriladigan masofachadir», deb aytdilar Abu Hurayra.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:55:05

85-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Men jannatda odamlar ichida birinchi bo‘lib shafoat qiluvchi hamda payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», degan so‘zlari haqida

378/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga odamlarning birinchisi bo‘lib (kiruvchisi), shafoat qiluvchisiman. Va yana men payg‘ambarlar ichida eng ko‘p ergashiluvchisiman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:55:12

379/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men qiyomat kuni payg‘ambarlarning ichida ko‘p ergashiluvchisi va jannat eshigini birinchi bo‘lib taqillatuvchiman», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:55:19

380/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men jannatga birinchi bo‘lib shafoat qiluvchiman. Payg‘ambarlardan birortasi (ummati tomonidan) men kabi tasdiqlanmagan. Payg‘ambarlarning ichida ummatidan faqat bir kishi tasdiqlab iymon keltirgani ham bor», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:55:27

381/4. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men qiyomat kuni jannat eshigi oldiga kelib, u yerni ochishlarini so‘rayman. U yer soqchisi: «Sen kimsan?» deydi. Men: «Muhammadman», desam, u: «Sengagina ochishga buyurilganman. Sendan avval biror kishiga ochmayman», deydi», deb aytdilar.

Qayd etilgan