So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 209969 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 36 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:56:37

86-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam duolarini ummatlariga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yganlari haqida

382/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:56:45

383/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:56:53

384/3. Abu Hurayra Ka’bul Axborga: «Albatta Allohning nabiyi: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men, inshaalloh duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohlayman», deganlar», deb aytganlarida, Ka’b roziyallohu anhu Abu Hurayraga: «Sen buni Rasulullohdan eshitganmisan?» dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Ha», deb javob berdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:00

385/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat qilinishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Barcha payg‘ambarlar o‘sha duoni aytishda shoshqaloqlikka yo‘l qo‘yishgan. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim. Kim ummatimdan Allohga biror narsani sherik qilmasa, inshaalloh, o‘sha duo (natijasi)ga erishadi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:07

386/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ijobat etilishi (aniq bo‘lgan) duosi bordir. Usha duoni aytib so‘rasa, ijobat qilinib, so‘ragan narsasi beriladi. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:15

387/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu   alayhi   vasallam:   «Har   bir   payg‘ambarning   ummati   uchun qiladigan duosi bor. Agar o‘sha duoni qilsa, ijobat etiladi. Men esa, xudo xohlasa, duoimni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun kechiktirib qo‘ydim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:25

388/7. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa o‘sha duoni qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘ydim», dedilar.

Qatodadan ham xuddi shu sanaddagi hadis rivoyat qilingan, faqat «o‘sha duo berilingan» bo‘lib kelgan.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:32

389/8. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir nabiyning ummati uchun qiladigan duosi bor. Men esa qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun uni berkitib qo‘ydim», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:43

87-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ummatlari uchun duo qilib, ularga mehribonlik bilan yig‘lashlari haqida

390/1. Abdulloh ibn Amr ibn Oss roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ibrohim alayhissalom haqlaridagi Allohning: «Parvardigorim, u butlar ko‘pdan-ko‘p odamlarni yo‘ldan ozdirdilar. Bas, kim menga ergashsa, o‘sha mendandir» oyati va Iso alayhissalom haqlaridagi: «Agar ularni azoblasang, ular Sening ojiz bandalaring. Agar ularni mag‘firat qilsang, albatta Sen Uzing qudrat, hikmat egasidirsan» oyatlarini tilovat qilib qo‘llarini ko‘tardilar-da, «Allohim ummatim, ummatim», deb yig‘ladilar. Alloh taolo: «Ey Jabroil! Muhammad alayhissalom huzurlariga boring. Rabbingiz u kishining hollarini biluvchi bo‘lsa ham, so‘rang-chi, u zotni nima yig‘latmoqda ekan?» deganida, Jabroil alayhissalom borib so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh bilgan narsaning xabarini berdilar. Shunda Alloh: «Ey Jabroil, Muhammad oldilariga borib: «Biz ummatingiz haqidagi narsada rozi etamiz, xafa qilib qo‘ymaymiz», deb ayting», dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:57:55

88-bob Kim kufr holatida vafot etsa, shafoatga erishmasligi va karindoshlarining karindoshligi foyda bermasligi haqida

391/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi: «Ey Allohning rasuli! Mening otam qaerdalar?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdadir», dedilar. U orqasiga o‘girilib ketayotgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni chaqirib: «Mening otam va sening otang do‘zaxdadir», dedilar.

(Izoh: Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu so‘zlari, ya’ni otalarini sherik qilishlari tasalli berish uchun edi).

Qayd etilgan