So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 210062 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 68 B


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:09

89-bob Allohning kalomidagi: «(Ey Muhammad alayhissalom), yakin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati haqida

392/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurayshni chaqirgan edilar, umumiy va xos (qarindosh)lar jamlanishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Ka’b ibn Luay bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Murra ibn Ka’b bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdushshams bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Abdumannof bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan asranglar. Ey Hoshim bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan qutqaringlar. Ey Abdulmuttalib bolalari, jonlaringizni do‘zaxdan saqlanglar. Ey Fotima, joningni do‘zaxdan qutqar, chunki men Alloh (ning azobidan) biror narsani sendan daf etishga qodir emasman, lekin sizlar bilan qarindoshlik rishtalarim borki, men o‘sha rishta bilan sizlarni (biroz) siylayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:17

393/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘rinlaridan turib Safo tepaligiga chiqdilar-da: «Ey Fotima binti Muhammad, ey Safiyya binti Abdulmuttalib, ey Abdulmuttalib bolalari! Men Allohning (azobidan) birortasini sizlardan daf etishga qodir emasman. Ammo molimdan xohlaganingizcha so‘rayveringlar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:26

394/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida: «Ey Quraysh jamoasi! Jonlaringizni Allohning (azobidan saqlash uchun) sotib olinglar. Allohning (azobidan) birortasini sizdan to‘sa olmayman. Ey Abdulmuttalib bolalari! Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Abbos ibn Abdulmuttalib, Allohning (azobidan) birortasini sizlardan to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining ammasi Safiyya, sizdan Allohning (azobidan) birortasini to‘sa olmayman. Ey Alloh rasulining qizi Fotima! Xohlagan narsangni so‘rayver, lekin Allohning (azobidan) birortasini sendan to‘sa olmayman», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:35

395/4. Qabiysa ibn Muhoriq va Zuhayr ibn Amrlardan qilingan rivoyatda keltirilishicha, «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ustma-ust toshlardan iborat tog‘dagi xarsang tosh ustiga chiqib: «Ey Abdumannof bolalari! Men sizlarni ogohlantiruvchiman. Men bilan sizlarning misolingiz xuddi dushmanni ko‘rgach, o‘z ahlining bosib olinishidan qo‘rqib, ularni saqlab qolish uchun diqqat, diqqat, deb qichqirgan kishiga o‘xshaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:45

396/5. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «(Ey Muhammad alayhissalom), yaqin qarindosh-urug‘laringizni (Allohning azobidan) ogohlantiring», «... va muxlis qarindoshlaringizni ogohlantiring» oyati nozil bo‘lganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (uylaridan) chiqib, Safo tepaligiga ko‘tarildilar-da: «Diqqat! Diqqat!» deb qichqirdilar. Atrofdagilar: «Bu baqirayotgan kishi kim?» deyishgan edi, bilgan kishilar: «Muhammad», deyishdi. Hamma to‘plangan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey falonchi bolalari! Ey pistonchi bolalari! Ey falonchi bolalari! Ey Abdumannof bolalari! Ey Abdulmuttalib bolalari!» dedilar. Barchalari u zotning atroflariga jamlandi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Menga qaranglar, agar mana shu tog‘ning tagidan otliqlar (bostirib) chiqmoqda, desam, so‘zimni tasdiqlaysizlarmi?» degan edilar, ular: «Biz yolg‘on gapirganingizni bilmaymiz», deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men sizlarni yaqinda turgan qattiq azobdan ogohlantiraman», dedilar. Buni eshitgan Abu Lahab: «Bizni faqat shuning o‘ziga jamladingmi?» deb o‘rnidan turib ketdi. Shunda «Abu Lahabning qo‘llari qurigay. (Aniqki), u quridi» oyati nozil bo‘ldi.

A’mash surani «Tabbat yadaa Abi lahab»,ni o‘qib, haqiqatda quridi» deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Yaqin qarindosh-urug‘laringizni ogohlantiring» oyati zikr qilinmagan.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:58:57

90-bob Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Tolibni shafoat qilganlari sababli u zotdan (azobning) yengil bo‘lishi haqida

397/1. Abbos ibn Abdulmutgalib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolibga biror narsada foyda bera olasizmi? Chunki u kishi sizni himoya qilib, dushmanlaringizga qahr-g‘azab qilardilar», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u kishi do‘zaxning sayoz yeridadirlar. Agar (shafoatim) bo‘lmaganida do‘zaxning tubida bo‘lardilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:06

398/2. Abdulloh ibn Horis roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abbos: «Ey Allohning rasuli! Abu Tolib sizni himoya qilib, sizga yordam berardilar. Bu qilgan yaxshiliklari naf beradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, u zot do‘zaxning eng tagida edilar, men u zotni do‘zaxning sayoz joyiga chiqarib qo‘ydim», dedilar.

Sufyon roziyallohu anhu ham yuqoridagi mazmunda hadis rivoyat qilganlar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:12

399/3. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida amakilari Abu Tolib zikr qilinganida, u zot: «Shoyadki, qiyomat kuni shafoatim sababli do‘zaxning eng sayoz yeriga, ya’ni olov oyoqning oshig‘ qismiga yetib, issig‘idan miya qaynaydigan joyiga chiqarib qo‘yilsa», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:26

91-bob Do‘zax ahli azoblanishining eng yengili haqida

400/1. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zax ahli ichida azobi eng yengil kishiga olovdan bo‘lgan ikki kavush kiygiziladi. Usha kavushidagi harorat sababli miyasi qaynaydi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  19 Oktyabr 2006, 06:59:34

401/2. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Do‘zaxdagi azobi eng yengil kishi Abu Tolibdir. U (olovli) ikki kavushni kiygani sababli miyasi qaynab turadi», dedilar.

Qayd etilgan