So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256892 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 42 43 44 45 46 47 48 49 50 51 52 ... 68 B


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:22:20

9-bob Ikki oyokni mukammal yuvishning shartligi haqida

442/1. Shaddodning qullari Solim roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu vafot etgan kunlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari Oisha roziyallohu anhoning huzurlariga kirdim. Abdurahmon ibn Abu Bakr roziyallohu anhu ham kirib, u onamiz huzurlarida tahorat qildilar. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Ey Abdurahmon! Tahoratingni mukammal qil! Chunki men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitdim», dedilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis uch marta takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:22:49

443/2. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga Makkadan Madinaga qaytayotib, yo‘ldagi suv ustida to‘xtasak, qavmdagilar asr vaqtiga shoshib, tahoratni ham shoshqaloqlik bilan bajarishdi. Biz borsak, ularning tovonlariga suv tegmagani ko‘rinib qoldi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oyog‘iga suv tegmagan joylarga do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin. Tahoratingizni mukammal qilinglar», deb aytdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «Tahoratingizni mukammal qilinglar» so‘zi aytilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:22:58

444/3. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Biz safarga chiqqanimizda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizdan ortda qoldilar. Biz, qachonki, u zotni topganimizda asr vaqti kirib qolgan edi. Biz (tahorat qilayotib) oyoqlarimizga mash tortganimizda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tovoniga suv tegmaganlar uchun do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb nido qildilar».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:24:10

445/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tovonini yuvmagan kishini ko‘rib: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar) uchun do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:24:19

446/5. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot suv idishda tahorat qilayotgan qavmni ko‘rib: «Tahoratni mukammal qilinglar, chunki men Abulqosim, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Tovon tepasiga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», deb aytganlarini eshitganman», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:25:16

447/6. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tovoniga (suv yetkazmaganlar uchun) do‘zaxdagi eng kuchli olov bo‘lsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:25:28

10-bob Tahorat kilayotganda tahorat o‘rinlari bo‘lgan barcha a’zolarga suv etkazish shartligi haqida

448/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Umar ibn Xattob menga xabar berishlaricha, bir kishi tahorat olib, oyog‘idagi tirnoq o‘rnini yuvmasdan tark qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qaytib tahoratingni chiroylilab qilgin», dedilar. U kishi qaytib ( tahoratini qaytadan oldi-da), so‘ngra namoz o‘qidi».

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:25:40

11-bob Tahorat suvi bilan birga xatolarning chiqib ketishi haqida

449/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar musulmon yoki mo‘min banda tahorat qilib yuzini yuvsa, ko‘zi bilan qarab sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan chiqib ketadi. Agar ikki qo‘lini yuvsa, qo‘li bilan sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan chiqib ketadi. Agar ikki oyog‘ini yuvsa, oyog‘i bilan sodir etgan barcha xatolari suv bilan yoki oxirgi qatra suv bilan birga chiqib ketadi, hattoki gunohlardan pok holda chiqib ketadi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:25:51

450/2. Usmon ibn Affon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tahorat qilib, uni chiroyli suratda ado etsa, jasadidan xatolari chiqib ketadi, hattoki tirnoqlari ostidan ham chiqib ketadi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  19 Oktyabr 2006, 20:26:03

12-bob Tahorat sababli hosil bo‘ladigan peshona, oyoq va qo‘ldagi oq qashqani uzaytirish, ya’ni tahorat qilayotganda a’zolarni yuqori qismigacha yuvish mahbubligi haqida

451/1. Nu’aym ibn Abdulloh al-Mujmir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abu Hurayra roziyallohu anhuning tahorat olib, yuzlarini yuvib, tahoratni mukammal qilib, so‘ngra o‘ng qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishganlarini ko‘rdim. So‘ngra chap qo‘llarini yuvib, hatto yelkadan bilakkacha bo‘lgan qismini yuvishga kirishib, so‘ngra boshlariga mash tortib, keyin o‘ng oyoqlarin yuvib, hatto boldirni ham yuvdilar. Keyin chap oyoqlarini yuvib, hattoki boldirni ham yuvganlarini ko‘rdim. So‘ngra Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning mana shunday tahorat qilganlarini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlar tahoratni mukammal qilganingiz uchun qiyomat kuni peshonasi, oyoq va qo‘li oq qashqa bo‘luvchisizlar. Sizlardan qaysi biringiz peshonasidagi va oyoq hamda qo‘lidagi qashqani uzun qilishga qodir bo‘lsa, uzaytiraversin, ya’ni a’zolarini teparoq qismigacha yuvib, oq qashqasini uzaytiraversin», dedilar».

Qayd etilgan