So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 209973 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 45 46 47 48 49 50 51 52 53 54 55 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:23:07

472/8. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Un narsa fitratdan, ya’ni sof tabiatdandir: 1. Mo‘ylovni qirtishlash. 2. Soqolni qo‘yib yuborish. 3. Misvok ishlatish. 4. Burunning ichiga suv olish. 5. Tirnoqni olish. 6. Bo‘g‘im joylarni yuvish. 7. Qo‘ltiq osti tuklarini yulish. 8. Jinsiy a’zodagi tuklarni qirish. 9. Istinjo. 10. ... », deb aytdilar.

Ushbu hadis roviylaridan biri Mus’ab ibn Shayba roziyallohu anhu: «Uninchisini unutdim, balki og‘iz chayish bo‘lsa kerak», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:23:31

17-bob Istinjo haqida

473/1. Salmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zotga «Payg‘ambaringiz barcha narsani o‘rgatadi, hattoki hojatxonaga borishni ham-a?!» deb aytilganida, Salmon: «Ha, o‘rgatadilar. Haqiqatda bizga qiblaga yuzlanib katta hojat chiqarishdan yoki peshob qilishdan, o‘ng qo‘l bilan uchtadan oz tosh ila yoki tezak yo suyak bilan istinjo qilishdan man etdilar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Va mushriklar so‘ragani zikr qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:23:39

474/2. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (orqani) suyak yoki tezak bilan artishdan man qildilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:23:47

475/3. Abu Ayyub roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar hojatxonaga borsangiz, peshob yoki katta hojat qilsangiz, qibla tomonga oldingizni ham, orqangizni ham qaratmang. Lekin sharq yo g‘arb tomonga qarating», dedilar. (Chunki Madina shahridagilar sharq yoki g‘arb tomonga qarab hojat chiqarishsa, o‘shanda qibladan teskari tomonga yuzlangan bo‘lishadi... - tarj.)

Abu Ayyub roziyallohu anhu aytadilar: «Biz: «Shom shahriga borib hojatxona topdik, u qibla tomonga qarab qurilgan edi. Biz (qodir bo‘lganimizcha) undan burilib o‘tirsak-da, bu qilgan ishimizga Allohdan mag‘firat qilishini so‘rasak bo‘ladimi?» desak, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:23:56

476/4. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz hojat chiqarish uchun o‘tirsa, qibla tomonga oldini ham, orqasini ham qaratmasin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:24:04

477/5. Muhammad ibn Yahyo amakilari Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhudan qilgan rivoyatlarida Vose’ ibn Habbon roziyallohu anhu aytdilar: «Men masjidda namoz o‘qiyotgan edim, Abdulloh ibn Umar qibla tomonga orqalari ila suyanib turgan ekanlar. Qachonki, namozimni tugatib bir tomonim bilan u kishiga qarasam, u zot: «Odamlar «Agar hojating uchun o‘tirsang, qibla tomonga ham, Bayt ul-maqdis tomonga ham yuzlanma», deb aytishadi. Men uyning tepasiga chiqib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki g‘isht ustiga o‘tirib, Bayt ul-maqdis tomonga yuzlanib hojatlarini chiqarayotganlarini ko‘rdim», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:24:29

478/6. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Singlim Hafsaning uyi ustiga ko‘tarilib qarasam, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Shom tomonga oldilarini va qibla tomonga orqalarini qaratib, o‘tirgan holda hojat chiqarayotgan ekanlar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:25:16

18-bob O’ng qo‘l bilan istinjo qilishdan man etilgani haqida

479/1. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda    keltirilishicha,    Rasululloh    sollallohu    alayhi    vasallam: «Sizlardan birortangiz peshob qilayotganida zakari (jinsiy olati)ni o‘ng qo‘li bilan ushlamasin, hojat chiqarganida o‘ng qo‘li bilan artmasin va idish ichida nafas olmasin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:25:23

480/2. Abdulloh ibn Abu Qatoda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan birortangiz hojatxonaga kiradigan bo‘lsa, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlamasin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:25:30

481/3. Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam idish ichida nafas olishdan, zakarini o‘ng qo‘li bilan ushlashdan va o‘ng qo‘li bilan istinjo qilishdan man etdilar.

Qayd etilgan