490/3. Abu Voil roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu bavl to‘g‘risida qattiq yo‘l tutib, butilkaga bavl qilardilar va «Bani Isroildan biror kishining badaniga siydik tegadigan bo‘lsa, qaychi bilan kesishar edi», deb aytardilar. Huzayfa roziyallohu anhu: «Men sohibingizni, ya’ni Abu Musoni bu xususda qattiq yo‘l tutmasliklarini yaxshi ko‘raman. Chunki mening Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga yurib borganimni ko‘rganingizda, u zot devor orqasidagi axlatxona oldiga borib, xuddi sizlardan biringiz tik turgani kabi tik turib bavl qildilar. Uzimni chetga olgan edim, u zot menga ishora qildilar, men esa u zotning orqalarida tik turganimda bavl qilib bo‘ldilar», dedilar.