So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 209963 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 48 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:32:37

25-bob (Besh) vaqt namozning barchasini bir tahorat ila o‘qish joizligi haqida

502/1. Sulaymon ibn Burayda roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam (Makka) fath etilgan kuni bir tahorat ila (barcha) namozni o‘qidilar va mahsilari ustiga mash tortdilar. Umar roziyallohu anhu u zotga: «Bugun bir narsa qildingizki, uni (avval) qilmagan edingiz», deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ey Umar, men uni qasddan qildim», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:33:19

26-bob Tahorat kiluvchi yoki boshka kishi najosat tekkanlikda shak kilgan kulini uch marta yuvishdan oldin idishga tikishining karohiyati haqida

503/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onadigan bo‘lsa, qo‘lini uch marta yuvmagunicha idishga tiqmasin, chunki qo‘li qaerda tunni o‘tqazganini bilmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:33:27

504/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringiz uyqusidan uyg‘onsa, qo‘lini idishga kirgizishidan oldin uch marta o‘sha qo‘liga suv quysin, chunki qo‘li nimada tunni o‘tqazganini bilmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «uch marta» so‘zi zikr qilinmagan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:34:01

27-bob It yalab qo‘ygan narsaning hukmi

505/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, u idishga suv oqizib qo‘ysin, so‘ngra yetti marta uni yuvsin», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «suv oqizib qo‘ysin» so‘zi keltirilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:34:50

506/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar sizlardan biringizning idishidan it suv ichib qo‘ysa, u idishni yetti marta yuvsin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:35:03

507/3. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvib, bir marta tuproq ila ishqash orqali poklanadi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:35:17

508/4. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir necha hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringizning idishini it yalab qo‘ysa, yetti marta yuvish ila pok bo‘ladi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:35:33

509/5. Ibn Mug‘affal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam itlarni o‘ldirishga buyurdilar. So‘ngra u zot: «Ularga nima bo‘ldi va itlarga nima bo‘ldi?» deb, keyin ov qiluvchi va qo‘ylarni qo‘riqlovchi itlarni boqishga ruxsat berdilar. Va yana u zot: «Agar idishlarni yalasa, uni yetti marta yuvib, sakkizinchisini tuproq bilan ishqalanglar», deb aytdilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat ekinzorni qo‘riqlovchi itni ham boqishga ruxsat berganlari ziyoda qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:35:43

28-bob Oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan qaytarilgani haqida

510/1. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oqmay turib qolgan suvga bavl qilishdan man etdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:36:13

511/2. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan birortangiz doimiy oqmay turib qolgan suvga bavl qilmasin, axir u suvda yuvinadi-ku», dedilar.

Qayd etilgan