So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257330 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 49 50 51 52 53 54 55 56 57 58 59 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:36:25

512/3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilib bir nechta hadislarni zikr qildilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Oqmay turib qolgan suvga bavl qilma, axir u suvda yuvinasan-ku», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:36:35

29-bob To‘xtab turgan suvda g‘usl qilishdan qaytarilgani haqida

513/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz junublik holatida oqmay to‘xtab turgan suvda g‘usl qilmasin», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu ushbu hadisni aytganlarida atrofdagilar: «Ey Abu Hurayra! Unda junub bo‘lgan kishi nima qiladi?» deyishdi. Shunda Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Suvni bu yoqqa olib quyadi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:36:49

30-bob Masjidga siydik va bundan boshqa najosatlar yetsa, u yerni yuvish shart ekani hamda yerga najosat tegsa, suv  bilan pok kilib, kavlab olib tashlashga hojat yo‘kligi haqida

514/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir badaviy arab masjidga siydi. Qavmdagi ba’zi kishilar uni (to‘xtatish) uchun o‘rinlaridan turishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uni tek qo‘yinglar, to‘xtatmanglar», dedilar. Qachonki, u bo‘shanib bo‘lganida, chelakda suv olib kelishni buyurdilar. Suv olib kelingan edi, uni najosat ustiga quyib yubordilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:37:02

515/2. Yahyo ibn Said roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Anas ibn Molik roziyallohu anhu zikr qilishlaricha, bir badaviy arab masjidning bir chekkasida tik turib bavl qildi. Odamlar esa u ishi uchun shovqin ko‘tarishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Qo‘yaveringlar», dedilar. Qachonki, u badaviy bo‘shanib bo‘lganida bir chelakda suv olib kelishni buyurdilar. U olib kelingan edi, siygan joyi ustidan haligi suvni quyib yubordilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:37:14

516/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qachonki, biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga masjidda tursak, bir badaviy kelib tik turdi-da, masjidga bavl qildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sahobalari: «To‘xtat! To‘xtat!» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa: «Uni to‘xtatmanglar, shundog‘icha tek qo‘yinglar», degandilar, ular tark qilishdi, hattoki (oxirigacha) bavl qildi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u badaviyni chaqirib, unga: «Albatta masjidlar bu kabi bavl qilish va iflosliklar sodir etish uchun durust emas. Albatta u Alloh azza va jallaning zikri, namoz va Qur’on tilovati uchun bunyod qilingan. (Yoki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunga o‘xshash so‘z aytdilar.) Va qavmdagi bir kishiga buyurgandilar, u chelakda suv olib keldi. Rasululloh sollallohu   alayhi    vasallam   u   suvni   o‘sha   najosat   ustidan    quyib yubordilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:37:24

31-bob Emizikli bola siydigining hukmi va uning qanday yuvilishi haqida

517/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga yosh go‘daklar olib kelinsa, ularga baraka tilab duo qilib, tanglayi ostiga xurmo qo‘yardilar. Bir go‘dak olib kelingan edi, u bavl qilib yubordi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelinishini buyurdilar. Bas, suv olib kelingan edi, u bavlning ustidan suvni ergashtirib quydilar, lekin yuvmadilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:37:35

518/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga emizikli bir go‘dak olib kelindi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yinlariga bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelishni buyurdilar. Bas, olib kelingan edi, u suvni siydik ustidan quyib yubordilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:37:51

519/3. Ummu Qays binti Mihsan roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga hali ovqat yemaydigan emizikli bolasini olib kelib, u zotning qo‘yinlariga qo‘ydi. U go‘dak esa bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv sepib qo‘yishdan boshqa narsani ziyoda qilmadilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:38:06

520/4. Ummu Qays binti Mihsan roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bay’at qilgan avvalgi muhojirlardan bo‘lib, Ukkosha ibn Mihsanning singlisi hamda Bani Asad ibn Huzaymaning bolalaridan biridir. Bu sahobiya hali ovqat yeyish yoshiga yetmagan o‘g‘lini Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga olib bordi. Roviylardan biri Ubaydulloh aytishlaricha, u ayolning o‘g‘li Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qo‘yinlariga bavl qilib qo‘ydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam suv olib kelishni buyurdilar. U suv olib kelingan edi, kiyimlari ustidan quyib yubordilar, lekin (ishqalab) yuvmadilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:38:36

32-bob Maniyning hukmi

521/1. Alqama roziyallohu anhu va Asvad roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Oisha roziyallohu anho oldilariga tushib kiyimini yuva boshladi. Oisha roziyallohu anho: «Agar maniyni ko‘rsang, o‘sha joyini yuvishing kifoya qiladi. Agar ko‘rmasang, atrofiga suv sepib qo‘ygin. Meni ko‘rganingda edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini ishqalab berar edim, u zot u kiyimda namoz o‘qirdilar», dedilar.

Qayd etilgan