So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257431 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 62 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:41:55

542/10. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mening qo‘ynimga hayzli paytimda suyanib olib, Qur’on o‘qirdilar», deb aytdilar bu onamiz.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:03

543/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Yahudiylar agar xotinlari hayz bo‘lib qolsa, ular bilan birga ovqatlanmas va uyda birga aralashib yurmas edi. Nabiy alayhissalomning sahobalari u zotdan (bu haqda) so‘rashganida, Alloh taolo quyidagi oyatni nozil qildi: «Sizdan hayz haqida so‘raydilar. Ayting, u ko‘ngilsiz - nopok narsadir. Bas, hayz paytida ayollaringizdan chetlaningiz va to poklanmagunlaricha ularga yaqinlashmangiz! Pok bo‘lganlaridan keyin ularga Alloh buyurgan tarafdan kelingiz! Albatta, Alloh tavba qilguvchilarni va o‘zlarini mudom pok tutguvchilarni sevadi» (Baqara surasi, 222-oyat). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hayzli xotinga nikohdan boshqa barcha narsani qilaveringlar», dedilar. Bu xabar yahudiylarga yetganida, ular: «Bu kimsa, ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizning ishlarimizning birortasini qoldirmasdan qarshi chiqadi-ya», deyishdi. Bas, Usayd ibn Huzayr va Abbod ibn Bishrlar kelib: «Ey Allohning rasuli! Yahudiylar unday va bunday deyishmoqda, biz ham xotinlarga aralashmaylik», deyishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yuzlari o‘zgarib ketdi. Hatto, u zotning g‘azablari keldi, shekilli, deb gumon qildik. U ikkovlari chiqib turishgan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga sutdan bo‘lgan hadya kelib qoldi. U zot ularning orqalaridan yuborib sut ila siyladilar. (Uni yuborganlaridan) bilishdiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, demak, u ikkovlaridan g‘azablanmagan ekanlar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:14

4-bob Maziy haqida

544/1. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men ko‘p maziy ko‘ruvchi kishilardan edim. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashga hayo qilar edim. Chunki u zotning qizlari turmush o‘rtog‘im edi. Miqdod ibn Asvadga buyurgan edim, u bu haqda Rasululloh alayhissalomdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Olatini yuvib tahorat qiladi», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:22

545/2. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qizlari Fotima mening qo‘l ostimda, ya’ni nikohimda bo‘lgani uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan maziy haqida so‘rashga uyalib, Miqdod roziyallohu anhuga buyurgan edim, u bu haqda u zotdan so‘radi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «U sababli tahorat lozim», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:30

546/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ali ibn Abu Tolib: «Biz Miqdod ibn Asvadni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga insondan maziy chiqqanda nima bo‘lishi haqida so‘rash uchun yubordik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qil va olatingni yuvgin», dedilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:40

5-bob Uyqudan uyg‘onganda yuz va ikki qo‘lni yuvish haqida

547/1. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kechasi o‘rinlaridan turib, (katta yoki kichik) hojat chiqarib, so‘ngra yuzlari va ikki qo‘llarini yuvib, keyin uxlardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:42:57

6-bob Junub bo‘lgan kishi uxlashi joizligi, agar ovkatlanishni, ichimlik ichishni, uxlashni yoki jimo’ qilishni iroda etsa, olatini yuvib tahorat qilish mahbub ekani haqida

548/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar junublik holatlarida uxlashni xohlasalar, uyqudan oldin namozga tahorat qilingani kabi tahorat olardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:12

549/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junub bo‘lib yeyish yoki ichishni xohlasalar, xuddi namozga tahorat qilingani kabi tahorat qilardilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:18

550/3. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bizlardan birortamiz junub bo‘lganida uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, bo‘laveradi, agar tahorat qilsa», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:43:26

551/4. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Umar roziyallohu anhu Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan fatvo so‘rab: «Bizlardan birortamiz agar junub bo‘lsa, uxlayveradimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha, to g‘usl qilgunicha tahorat olib, so‘ngra uxlayversin», dedilar.

Qayd etilgan