7-bob Ayollardan ham maniy chiqsa, g‘usl qilish shart ekani haqida
556/1. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Ishoqning momolari Ummu Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli, xotin kishi ham tushida erkak kishi ko‘radigan (tushni) ko‘rib, erkak kishiga yetadigan (maniy) u xotinda ham sodir bo‘lsa, nima qiladi?» deganlarida, o‘sha payt Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida Oisha onamiz ham bor edilar. U onamiz: «Ey Ummu Sulaym, ayollar haqida noqulay gapni aytding, ey qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Oisha roziyallohu anhoga: «Balki sen qurmagursan, ey Oisha. Ha, ey Ummu Sulaym, agar u narsani ayol kishi ham ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar.