So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 209959 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 54 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:45:28

8-bob Erkak kishi va ayol kishi maniysining sifati hamda farzand er va xotinning suvlaridan xalq qilinishi haqida

562/1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xizmatkorlari Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida tursam, yahudiylarning olimlaridan biri kelib: «Assalomu alayka, ey Muhammad», dedi. Men uni bir itargan edim, u sabab yiqilib ketay dedi. U: «Nima uchun meni itarib yubording?» degan edi, men: «Ey Muhammad, deyish o‘rniga Allohning rasuli, deb aytmaysanmi?» dedim. Yahudiy: «Biz uni o‘z ahli nom qo‘ygan ism ila chaqiramiz», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ahlim meni ismlagan nom Muhammaddir», dedilar. Yahudiy: «Sendan (ba’zi narsalarni) so‘rash uchun keldim», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar (so‘ragan narsalaringni) aytsam, foyda beradimi?» dedilar. Shunda u: «Ikki qulog‘im bilan eshitaman», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlaridagi daraxt shoxi bilan yerga chizib, so‘rayvergin, dedilar. Yahudiy: «Yer boshqa yerga, osmonlar boshqa osmonlarga aylanib qoladigan kunda odamlar qaerda bo‘lishadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sirot ko‘prigi pastidagi zulumotda bo‘lishadi», dedilar. Yahudiy: «Birinchi bo‘lib kim o‘tadi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kambag‘al muhojirlar», dedilar.

Yahudiy: «Jannatga kirganlarida ularga nima tuhfa bo‘ladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kitning jigari atrofi», dedilar. Yahudiy: «Bundan keyin uning ortidan nima ozuqa beriladi?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Jannat xo‘kizlaridan ular uchun so‘yib beriladi, uni atrofidan yeyishadi», dedilar. Yahudiy: «Ularning ichimliklari nima?» degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Salsabil deb nomlanuvchi buloqdagi (suv)», dedilar. Shunda u: «Rost gapirding, men sendan bir narsa haqida so‘rayman. U haqida yer yuzidagi biror kishi bilmaydi, faqat bir nabiy yoki bir kishi yo ikki kishi biladi, xolos», degan edi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u haqda gapirsam, foyda beradimi?» dedilar. Yahudiy: «Ha, uni ikki qulog‘im bilan tinglayman, men farzand haqida so‘rash uchun keldim», dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishining suvi (maniysi) oq, xotinniki esa sariq bo‘ladi. Agar ikkovi jamlanganida erkak kishiniki g‘olib kelsa, Alloh izni bilan farzand o‘g‘il bo‘ladi. Agar xotinning maniysi erkakning maniysidan g‘olib kelsa, Allohning izni bilan farzand qiz bo‘ladi», degandilar, yahudiy: «Rost gapirding, sen nabiydirsan», deb, so‘ngra jo‘nab qoldi. Rasululoh sollallohu alayhi vasallam: «Yahudiy bu haqda mendan so‘radi-yu, lekin so‘ragan narsasi haqida mening ilmim yo‘q edi. Alloh u narsani menga bildirdi», deb aytdilar». Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:45:43

9-bob Janobatdan qanday g‘usl qilish haqida

563/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, (avval) ikki qo‘lni yuvishdan boshlardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chap qo‘llariga suv quyib olatlarini yuvib, keyin namozga tahorat qilganlaridek tahorat olib, so‘ngra suv olib barmoqlarini sochlari ostiga kirgizardilar. Hatto boshlarining ustidan uch hovuch suv quyib (boshning barcha qismiga) namlik yetkazib, keyin jasadlarining boshqa qismiga suv quyib, so‘ngra ikki oyoqlarini yuvardilar.

Bu   yerda   yuqoridagi   hadis   takror   kelgan,   faqat   «ikki   oyoqlarini yuvardilar» so‘zi aytilmagan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:45:52

564/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Agar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, ikki kaftlarini uch marta yuvardilar», deb yuqoridagi hadisdagi kabi so‘zni aytdilar. Lekin ikki oyoq yuvganlarini zikr etmadilar.

Oisha roziyallohu anhodan qilingan boshqa rivoyat aytilishicha esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, qo‘llarini idishga tiqishdan avval uni yuvish bilan boshlab, so‘ngra namozga tahorat qilganlari kabi tahorat olardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:46:02

565/3. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Xolam Maymuna menga: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli g‘usl qilayotganlarida huzurlarida tursam, u zot kaftlarini ikki yoki uch marta yuvib, suv bilan olatlarini yuvardilar. Yuvishlari chap qo‘l bilan bo‘lardi. So‘ngra chap qo‘llarini yerga qattiq ishqardilar. So‘ngra namozga tahorat qilgandek tahorat olib, keyin boshlaridan uch hovuch kaftlarini to‘ldirib suv quyardilar-da so‘ngra jasadlarini boshqa joyini yuvdilar. Keyin yuvingan makonlaridan o‘zlarini chetga olib oyoqlarini yuvardilar. Men (artinish uchun) ro‘molcha olib borsam, uni rad qilardilar», deb gapirib berdilar».

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, lekin «boshlari ustidan uch hovuch suv quyardilar» va «ro‘molcha» zikri kelmagan. Ammo tahoratlarining to‘la zikri, ya’ni og‘izni chayib, burunga suv olishlari zikr qilingan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:46:14

566/4. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (artinish uchun) ro‘molcha olib kelinsa, u zot: «Suv mana bunday qilinadi», deb uni silkitdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:46:25

567/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar janobat sababli g‘usl qiladigan bo‘lsalar, sut idishiga o‘xshash biror idish olib kelishni buyurib, kaftlari bilan ushlardilar-da, boshlarining o‘ng qismidan boshlab, so‘ngra chap qismiga quyib va ikki kaftlarini ushlab bosh ustidan mana bunday qilinadi, dedilar. Ya’ni, kaft bosh ustidan yurgiziladi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:47:37

10-bob Janobat sababli g‘usl qilayotganda ishlatish mahbub bo‘lgan mikdrrdagi suv, erkak va xotin bir holat sababli bir idishda yuvinishi hamda biri ikkinchisidan ortib kolgan suv ila g‘usl kilishi haqida

568/1. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga janobat yetib qolsa, faraq nomli idishda g‘usl qilardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:48:28

569/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam faraq nomli idishda g‘usl qilardilar. U zot va men bir idishda g‘usl qilar edik».

Sufyonning rivoyatlarida «bir idishdan yuvinardik» bo‘lib kelgan. Sufyon roziyallohu anhu: «Faraq - u uch so’ suv sig‘adigan idishdir», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:48:58

570/3. Abu Salama ibn Abdurahmon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men va Oisha roziyallohu anhoning emikdosh inilari Oisha onamiz huzurlariga kirdik. Inilari u onamizdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat sababli qiladigan g‘usllari haqida so‘radi. Shunda Oisha roziyallohu anho bir so’ miqdoridagi suv sig‘adigan idishni keltirishni buyurtirib, u kelganida g‘usl qildilar. Ushanda u onamiz bilan bizning o‘rtamizda parda bor edi. U onamiz boshlari ustidan uch marta suv quydilar». Roviy: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamning xotinlari boshlaridagi sochlarini bir tutam qilib olardilar», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:09

571/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar g‘usl qilsalar, o‘ng tomondan yuvishni boshlab, unga suv quyib yuvardilar. So‘ngra o‘ng qo‘llari bilan chiqargan kirlari ustiga suv quyib, uni chap qo‘llari bilan yuvardilar. Agar bundan forig‘ bo‘lsalar, boshlari ustidan suv quyardilar. Oisha roziyallohu anho: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik», dedilar.

Qayd etilgan