So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 256903 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:17

572/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam uch mud suv sig‘adigan yoki shunga yaqin idishda birgalikda g‘usl qilishar edi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:25

573/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat yetganida bir idishda g‘usl qilar edik. Unda qo‘limiz (u idishga) farqli ravishda (kirib-chiqar) edi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:32

574/7. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam junublik paytimizda bir idishda g‘usl qilar edik. U idish men bilan u zotning o‘rtalarida turar edi. U zot tezlashib ketsalar, menga ham qoldiring, menga ham qoldiring, deb aytar edim».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:42

575/8. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Maymuna roziyallohu anhoning menga xabar berishlaricha, u onamiz va Nabiy sollallohu alayhi vasallam bir idishda g‘usl qilardilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:50

576/9. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Maymuna roziyallohu anhodan ortib qolgan suv ila g‘usl qilardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:49:57

577/10. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lib qolishganida bir idishda g‘usl qilishar edi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:50:05

578/11. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam besh mud o‘lchovli idishda g‘usl qilib, bir mud o‘lchovli idishda tahorat qilardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:50:12

579/12. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir mud o‘lchovidagi suvda tahorat qilib, bir so’, ya’ni besh mudgacha bo‘lgan suvda g‘usl qilardilar.

Safiyna roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam janobat bo‘lsalar bir so’ suv bilan g‘usl qilib bir mud suv bilan tahorat olardilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:50:23

580/13. Abu Bakr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir so’ suvda g‘usl qilib, bir mud suvda tahorat qilardilar», deb aytdilar.

Ibn Hujrning rivoyatlarida «bir mud suv u zotni pok qilar edi» bo‘lib kelgan.

Roviylardan biri Abu Rayhona: «Ushbu hadisni eshitgan shaxs Safiynaning yoshi ulg‘ayib qolgani uchun u aytgan hadislarga ishonmayman», deb aytdi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:50:41

11-bob Bosh va undan boshqa a’zolarga uch martadan suv quyishning mahbubligi haqida

581/1. Jubayr ibn Mut’im roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlarida g‘usl haqida tortishib qolishdi. Qavmdagi ba’zi kishilar: «Men boshimni unday va bunday qilib yuvaman», deyishdi. Buni eshitgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men esa boshim ustidan uch hovuch suv quyaman», dedilar.

Qayd etilgan