So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257414 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 68 B


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:26

43/21. Sha’biy: «Horis al-A’var al-Hamdoniy menga (hadis) aytib berar edi. Va u yolg‘onchi edi», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:45

44/22. Mug‘iyra aytadilar: «Sha’biyning: «Horis al-A’var menga hadis aytdi», deganini eshitdim. Holbuki, Sha’biy uni yolg‘onchilarning biri, deb guvohlik berar edi».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:52

45/23. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Alqama: «Qur’onni ikki yilda o‘qidim», dedilar. Horis esa: «Qur’on yengil, yozish undan murakkabroqdir», dedi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:32:58

46/24. Ibrohimdan rivoyat qilinadi. Horis: «Qur’onni uch yilda, yozishni esa ikki yilda ta’lim oldim», dedi. Yoki «Yozishni uch yilda, Qur’onni esa ikki yilda"¦», deb aytdi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:04

47/25. Ibrohim: «Horis (hadis rivoyat qilishda zaif, deb) ayblangan», dedilar.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:11

48/26. Hamza az-Zayyotdan rivoyat qilinadi. Murra al-Hamdoniy Horisdan bir narsa eshitib, unga eshik oldida o‘ltirib tur, dedi. Murra uyiga kirib qilichini olganida, Horis yomonlikni sezib jo‘nab qoldi.

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:17

49/27. Ibn Avndan rivoyat qilinadi. «Ibrohim bizga: «Mug‘iyra ibn Sa’id va Abu Abdurahimlardan chetlaninglar. Chunki u ikkovi yolg‘onchilardir», dedilar».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:24

50/28. Osim aytdilar: «Biz Abu Abdurahmon as-Sulamiyning huzurlariga yosh yigitlik paytimizda borar edik. U zot bizga: «Qissa aytuvchilar bilan birga o‘tirmanglar. Abu al-Ahvas u toifadan emas. Ammo Shaqiq (al-Kufiy)dan ehtiyot bo‘linglar», dedilar. Chunki Shaqiq xavorij toifasi fikrlarini ma’qullar edi. Lekin u mashhur tobe’in Abu Voil Shaqiq emas».

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:33

51/29. Abu G’asson Muhammad ibn Amrdan rivoyat qilinadi. Jarir: «Jobir ibn Yazid al-Ju’fiy bilan uchrashdim. Lekin bu kishidan hadis yozib olmadim. Chunki bu kishi raj’aga ishonar edi», dedilar.

(Izoh: «Raj’a» rofiza toifasining «Ali roziyallohu anhu o‘lmagan, balki u bulutlar ustida», degan botil e’tiqodidir.)

Qayd etilgan


Doniyor  16 Oktyabr 2006, 06:33:39

52/30. Mis’ar aytdilar: «Jobir ibn Yazid bo‘lib o‘tgan hodisalar yuz berishidan oldin bizga hadis aytib berar edi».

Qayd etilgan