588/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Asmo roziyallohu anho Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan hayz bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz (yuvinadigan) suvining xushbo‘y o‘simligini olib (iflos bo‘lgan joylarini) tozalab, tahoratini chiroyli tarzda ado qilib, so‘ngra boshidan suv quyadi. Va shu asnoda boshini suyagigacha yetkazib qattiq ishqalab, keyin ustidan suv quyadi. So‘ngra xushbo‘y paxtani olib, u bilan tozalaydi», dedilar. Asmo roziyallohu anho: «Qanday qilib u bilan tozalaydi?» degandilaro, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Subhanalloh! Usha paxta bilan tozalaydi-da», dedilar. Oisha roziyallohu anho go‘yoki unga maxfiy qilib: «Ana shu paxta bilan qon asoratiga yurgizib (artasan)», dedilar. Keyin Asmo roziyallohu anho janobat bo‘lgandagi g‘usl haqida so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Suv olib (iflos bo‘lgan joylarni) tozalaydi va tahoratni chiroyli suratda yoki yetuk qilib bajaradi, so‘ngra boshini ustidan (suv) quyib, ishqab boshi suyagigacha yetkazadi. Keyin yana ustidan suv quyadi», dedilar. Oisha roziyallohu anho: «Ansoriya ayollar muncha ham yaxshi ayollarki, dinda faqih (bilimdon) bo‘lishdan hayolari man etmaydi, ya’ni dindagi zaruriy narsalarni so‘rashdan uyalishmaydi», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis ikki marta kelgan. Ikkinchisida janobatdan g‘usl qilish zikr etilmagan.