So'rovnoma

Imom Muslimni bilasizmi?


Yo'q
  0 (0%)
Ha
  0 (0%)

Foydalanuvchilar ovoz berdi: 0



Imom Muslim. Sahihi Muslim (1-jild)  ( 257390 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 57 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 B


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:53:02

592/4. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Habiba Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qon haqida so‘radi. Oisha: «Men uning tog‘orasi qonga to‘lganini ko‘rdim», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilib namoz o‘qiyvergin», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:53:11

593/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Abdurahmon ibn Avfning xotinlari Ummu Habiba binti Jahsh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga (oqayotgan) qonidan shikoyat qilganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: «Hayz qoning keladigan vaqt miqdoricha o‘zingni (unda man etilgan narsalardan) to‘xtatib turgin-da, so‘ngra g‘usl qilgin», dedilar. U har namoz oldidan g‘usl qilardi.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:53:21

15-bob Hayz ko‘rgan xotin namozning qazosini o‘qimasdan, balki ro‘zaning qazosini tutishi shart ekani haqida

594/1. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Oisha roziyallohu anhodan «Bizlardan birortamiz hayz kunlarida namozini qazo qiladimi?»   deb   so‘raganida,   Oisha   roziyallohu   anho:   «Sen   haruriy  (xavorijlar tarqagan qishloq)likmisan? Bizlardan birortamiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam davrlarida hayz ko‘radigan bo‘lsak, unga namozning qazosini o‘qish buyurilmas edi», dedilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:53:30

595/2. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol Oisha roziyallohu anhodan «Hayz ko‘rgan ayol namozini qazo qiladimi?» deb so‘raganida, Oisha roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan? Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xotinlari agar hayz ko‘radigan bo‘lsa, ularni qazo qilishga buyurardilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:53:39

596/3. Muoza roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. «Men Oisha roziyallohu anhoga «Nima uchun hayz ko‘rgan ayol ro‘zasini qazo qiladi-yu, namozni qazo qilmaydi?» desam, Oisha roziyallohu anho: «Sen haruriylikmisan?» dedilar. Men: «Haruriylik emasman, lekin bu haqda so‘ramoqdaman, xolos», dedim. Shunda Oisha roziyallohu anho: «Bizda bu narsa sodir bo‘lsa, ro‘zaning qazosini tutishga buyurilib, namozning qazosini o‘qishga buyurilmas edik», dedilar».

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:08

16-bob G’usl qiluvchi kishi (avratini) kiyim va shunga o‘xshash narsalar bilan to‘sishi haqida

597/1.  Ummu Xone’  binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi.   Bu   sahobiya   ayol:   «Rasululloh   sollallohu   alayhi   vasallam huzurlariga  fath  yili  borsam,  u  zot  g‘usl  qilayotgan  ekanlar,  qizlari Fotima esa kiyim bilan to‘sib turgan ekanlar», leb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:17

598/2. Ummu Xone’ binti Abu Tolib roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu sahobiya ayol fath yili Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borsalar, u zot Makkaning yuqori qismida ekanlar. G’usl qilish uchun turganlarida qizlari Fotima to‘sib turdilar. Keyin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kiyimlarini olib unga o‘randilar-da, so‘ngra nafl namozi bo‘lgan zuhoni sakkiz rakat o‘qidilar.

Said ibn Abu Hind roziyallohu anhudan mana shu yuqoridagi sanad bilan rivoyat qilinib, hadisning davomida aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam g‘usl qilganlarida qizlari Fotima roziyallohu anho kiyim bilan to‘sib turardilar. G’usl qilib bo‘lib kiyimga o‘randilar-da, so‘ngra sakkiz sajdali zuho namozi o‘qidilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:25

599/3. Maymuna roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga suv quyib to‘sib turdim. U zot esa g‘usl qildilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:35

17-bob Avratga nazar solishning haromligi haqida

600/1. Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Erkak kishi erkak kishining avratiga qaramaydi. Ayol kishi ayol kishining avratiga qaramaydi. Bir kiyim ichida erkak kishi erkak kishiga badanini tekkizmaydi. Bir kiyim ichida ayol kishi ayol kishiga badanini tekkizmaydi», dedilar.

Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat arabchadagi «avrat» so‘zi o‘rniga «uryatu» so‘zi kelgan.

Qayd etilgan


Laylo  20 Oktyabr 2006, 12:54:45

18-bob Yakka turilganda yalang‘och g‘usl qilish joiz ekani haqida

601/1. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bani Isroil (qavmi) yalang‘och yuvinib, bir-birlarining avratlariga qarayverishar edi. Muso alayhissalom esa yakka o‘zlari g‘usl qilardilar. Qavmdagilar: «Muso alayhissalomning biz bilan birga yuvinishdan faqatgina dabba ekani man qiladi, xolos», deyishdi. Kunlarning birida g‘usl qilayotib, kiyimlarini tosh ustiga qo‘ygandilar, tosh kiyimlarini olib qochdi. Muso alayhissalom: «Kiyimimni tosh (olib ketdi), kiyimimni tosh (olib ketdi)», deb uning ortidan tez yugurdilar. Bani Isroil qavmi Muso alayhissalom avratlarini ko‘rib qolib: «Alloh nomiga qasamki, Musoda kasallik yo‘q ekan», deyishdi. Tosh qo‘zg‘algan edi, u zotga nazar solindi. Muso alayhissalom kiyimlarini olib toshni ura boshladilar», dedilar. Abu Hurayra roziyallohu anhu: «Toshning oltita (urilgan) o‘rni yoki Muso alayhissalom toshni yetti marta urdilar», deb aytdilar.

Qayd etilgan